JST O‘zbekiston uchun yangi bozorlar, yoxud milliy ishlab chiqaruvchiga zarba

© AFP 2023 / FABRICE COFFRINILogotip VTO
Logotip VTO - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga kirishidan qaysi tarmoqlar foyda va qaysi biri ziyon ko‘rishini Sputnik O‘zbekiston muxbiri o‘rganib chiqdi.

JST – O‘zbekiston sanoati uchun imkoniyatlar

Dunyoning aksariyat davlatlari jahon savdo tashkilotiga kiradi. Ozarbayjon, Belarus, Turkmaniston va O‘zbekiston hali JSTga a’zo emas.

Rossiya hukumati qoshidagi Moliya universiteti prorektori, iqtisod fanlari doktori Aleksey Zubesning fikriga ko‘ra, tashkilot hanuzgacha mamlakatlar o‘rtasidagi savdo oqimlarini jiddiy ravishda osonlashtiradigan vosita bo‘lib qolmoqda.

Perviy zamestitel predsedatelya Senata Oliy Majlis Sadik Safayev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev bosim ostida egiladigan siyosatchi emas - Safoyev YeOII muzokaralari haqida

“O‘zbekistonda sanoat tez sur’atlar bilan o‘sib bormoqda – yiliga qariyib 7 foizga. Albatta, respublika sanoat mahsulotlarining tashqi bozorlarida yanada qulay savdo rejim balansini ta’minlashdan mafaatdor bo‘lardi. Shu sababli JSTga a’zo bo‘lish - iqtisodiyotni rivojlantirishga yordam beradigan ijobiy omil hisoblanadi”, - deydi Zubes.

Bundan tashqari, ekspertning fikriga ko‘ra, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo sharoitlari yaxshilanadi, chunki Rossiya respublikani JSTga kirishda yordam berishga tayyor.

“So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston savdo balansida jiddiy muammolarga duch kelmoqda: ayni damda mamlakat eksport qilishga nisbatan ko‘proq import qilmoqda. JTSga kirish esa O‘zbekiston tashqi bozorlarga chiqishni osonlashtiradi, savdo balansini to‘g‘rilashga yordam beradigan omillardan biri bo‘lishi mumkin”, - deb qo‘shimcha qildi mutaxassis.

MDH davlatlari instituti iqtisodiyot bo‘limi boshlig‘i Aza Migranyan ta’kidlashicha, JSTga kirish qayta ishlangan mahsulotlarning harakatini sezilarli darajada tartibga soladi.

Flag s simvolikoy Yevraziyskogo ekonomicheskogo soyuza (YeAES) - Sputnik O‘zbekiston
Yevropa ittifoqi Toshkentning YeOII va JSTga qo‘shilishida muammoni ko‘rmayapti

“Va aynan shu - JSTga kirish, O‘zbekiston iqtisodiyotiga qayta ishlangan mahsulot eksport hajmini oshirish uchun rag‘batlantiruvchi omil bo‘lib xizmat qilishi mumkin, umuman olganda, bu har qanday davlat rivojlanishi, xususan O‘zbekiston maqsadlariga mos keladi, chunki qo‘shilgan qiymatning oshishi doimo daromad ko‘payishiga olib keladi”, - deb hisoblaydi ekspert.

Migranyanning fikriga ko‘ra, JTS a’zo bo‘lishi O‘zbekiston iqtisodiyotining quyidagi tarmoqlariga ijobiy ta’sir qiladi: avtomobilsozlik, kimyo sanoati, metallni qayta ishlash va to‘qimachilik.

JST – O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilar uchun tahdid

Ma’no tadqiqot tashabbuslari markazi direktori Baxtiyor Ergashev JSTga kirishga tanqidiy qaramoqda.

Uning fikriga ko‘ra, tashkilotga a’zo bo‘lishdan milliy ishlab chiqaruvchi zarar ko‘rishi mumkin.

“Masalan, jug‘rofiy omil tufayli, O‘zbekiston avtomobilsozligi dastlab zaif raqobatbardosh ustunliklarga ega edi. JTSning birinchi qurbonlaridan biri avtomobilsozlik bo‘ladi. Hozirda esa mahalliylashtirish dasturlari doirasida turli butlovchi qismlarni ishlab chiqaradigan avtomobilsozlik klasterida 50 dan ortiq korxona ishlamoqda va u yerda 50 ming ishchi ishlaydi”, - deydi mutaxassis.

Predsedatel Soveta Federatsii RF Valentina Matviyenko - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev iqtisodchi sifatida YeOII foydasi va xatarini tushunadi - Matviyenko

Bundan tashqari, O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lishi jarayonida boshqa davlatlar kirish uchun noqulay sharoitlarni yaratadi, va respublika o‘z ishlab chiqaruvchilarini himoya qilishi qiyin bo‘ladi, deya qo‘rqmoqda ekspert.

“O‘zbekiston yirik to‘qimachilik davlatlari - Xitoy, Hindiston, Bangladesh orasida yana bir raqobatchi sifatida paydo bo‘ladi. Ushbu bozorda yana bir o‘yinchini hech kim ijobiy qarshi olmaydi va bu haqiqat”, - deb hisoblaydi ekspert.

Baxtiyor Ergashev ta’kidlashicha, O‘zbekiston eksport salohiyati JSTdan tashqarida ham rivojlanishi mumkin. U JST a’zosi bo‘lgan mamlakatlar: Rossiya va Qozog‘iston bozorlarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan charm, to‘qimachilik mahsulotlarini misol tariqasida keltirdi.

“O‘zbekistonga yangi bozorlar kerak, buning uchun JSTga kirish shart emas, chunki mamlakat hozir ham tashkilot a’zolari bilan hech qanday muammosiz ishlamoqda”, - deb ta’kidladi mutaxassis.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tashqi iqtisodiy faoliyatda O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari, shuningdek, uchta kuchayotgan "kuch markazlari": Rossiya, Xitoy va Hindiston bilan hamkorlik qilishi kerak. JSTga a’zo bo‘lish yoki bo‘lmaslik katta ahamiyatga ega emas.

Xulosa yakunida ekspert, JST arbitraj funksiyalari hatto tashkilotga a’zo davlatlar tomonidan tan olinmayotgan vaziyatda, uning obro‘si va ahamiyati pasaymoqda, JST istiqbollari yildan-yilga tobora noaniq bo‘lib qolmoqda, bu yarim o‘lik tashkilotga qo‘shilish – bu davlat uchun eng maqbul variant emasligini ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0