Qirg‘izistondagi O‘zbekiston elchisi: uy bekasi bilan suhbatim diplomatlarni lol qoldirgan

© Sputnik / /Tabildi KadirbekovPosol Uzbekistana v Kirgizstane Komil Rashidov
Posol Uzbekistana v Kirgizstane Komil Rashidov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchisi Komil Rashidovning Boom g‘origa safari juda unutilmas bo‘lgan. Rashidov u yerda diplomatlar uchun kechki ovqatni tayyorlayotgan uy bekasi bilan tanishib qolgan. U ayol bilan suhbatga berilib ketgan va kutilmaganda ikkalasining suhbati atrofdagilarni hayratda qoldirganini payqagan…

Qirg‘izistondagi olti yillik faoliyati davomida O‘zbekistonning Favqulodda va Muxtor Elchisi Komil Rashidov ushbu unchalik katta bo‘lmagan tog‘li mamlakat hayoti haqida ko‘p narsalarni bilib oldi. Elchi Sputnik Qirg‘izistonga bergan intervyusi davomida ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning nozik jihatlari, Qirg‘izistonda xaridlarni amalga oshirish borasida nimalarga e’tibor qaratish lozimligi hamda o‘z vatanida qanday qirg‘iz mollarining bozori chaqqonligi borasida so‘zladi.

Flagi Kirgizstana i Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston O‘zbekistonga Rossiya bozorini hamkorlikda zabt etishni taklif qilmoqda

— O‘zbekistonda Qirg‘izistonning qaysi tovarlarini yaxshi xarid qilishadi? Shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi savdo munosabatlari istiqbollari haqida bilishni istardik?

— So‘nggi ikki yilda respublikalarimiz o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar sifat jihatdan yangi bosqichga chiqdi. O‘zingiz baho bering: bu vaqt mobaynida savdo aylanmasi ikki barobar oshdi va 2018-yilning yanvar-noyabr oylarida 360 milliondan ortiqni tashkil etdi. Shu bilan birga prezidentlarimiz bu raqamlarni yarim milliardgacha oshirish topshirig‘ini qo‘ygan va bu uchun salohiyat yetarli.

Hozirgi kunda O‘zbekistonda Qirg‘iziston tovarlariga talab yuqori. Misol uchun hozirda bizda qurilish ishlari avj olgan, va o‘zbek sement zavodlari quvvati yetishmayapti. Shu bois quruvchilarimiz katta miqdorlarda sementni Qirg‘izistondan olib kirishmoqda.

Meshki s kartofelem. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston O‘zbekistonga kartoshka sotish imkoniyatini qidirmoqda

Shuningdek, o‘zbekistonliklar hozirda Qirg‘iziston elektr quvvatidan foydalanishmoqda. Aksariyat energetika korxonalarimiz hozirda rekonstruksiyada bo‘lgani uchun mamlakatda elektr quvvati yetishmayapti.

O‘zaro almashishimiz mumkin bo‘lgan tovarlar ham ko‘p. Misol uchun, O‘zbekiston bu yerga o‘zi ishlab chiqaradigan avtomobillarni, paxta va bug‘doy urug‘ini, santexnikani, matolarni, kiyim-kechaklarni va boshqa ko‘plab mollarni yetkazib berishi mumkin.

Ikkala mamlakat uchun qo‘shma korxonalarni tashkil qilish va hamkorlikda boshqa davlatlar bozorlariga chiqish foydalidir. Ana shunday ikkita ishlab chiqarish allaqachon tashkil etilgan: ulardan biri O‘sh viloyatida joylashgan.

U yerda metall-platik romlar va eshiklar ishlab chiqariladigan zavod ishga tushirilgan. Shuningdek, yarimavtomat kir yuvish mashinalarini ishlab chiiarish zavodi ishga tushirildi. Bularning barchasi yuqori texnologik ishlab chiqarishlar bo‘lib, ular nemis texnologiyalari asosida ishlaydi.

— Qirg‘izistonliklar mana bir yildirki, mahalliy bozorda o‘zbek avtopromi paydo bo‘lishini kutishmoqda, ammo bu ro‘y bermadi.

— Hozirda iqtisodiy idoralarimiz va UzAutoSanoat kompaniyasi rahbariyati o‘rtasida chuqur muzokaralar olib borilmoqda. Hozirda Qirg‘iziston hududida yirik hajmda avtomobil yig‘ish iqtisodiy jihatdan qay darajada o‘zini oqlashini hisoblab chiqmoqdamiz.

Bundan tashqari, korxonaning o‘zida ham muammolar mavjud edi. Lekin hozir vaziyat yaxshilanmoqda, muhim yangiliklar paydo bo‘ldi. Misol uchun, ilgarilari mashina xarid qiladiganlar o‘rtasida navbat qoidalariga amal qilinmayotgani haqida ko‘p shikoyat tushar edi. Endi esa bu soha shaffof bo‘lgan, elektron navbat joriy qilingan. Shuningdek biz O‘zbekistondagi mashinalar assortimentini ko‘paytirish uchun Xitoy, Koreya va Fransiyadan avtomobil konsernlarini jalb qilishni rejalashtirmoqdamiz.

Qirg‘izistonga keladigan bo‘lsak, hamkorlikda qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarish bo‘yicha ham loyihamiz bor. Bu bizlarning fermerlarimiz uchun katta ko‘mak bo‘ladi va biz uchminchi davlatlarga meva-sabzavorlar yetkazib berish hajmini oshirishimiz mumkin.

Linii elektroperedach, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazishni davom ettirmoqda

— O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan Ravon avtomobillari Qirg‘izistonda ommabop. Ammo kuzda "Jeneral Motors O‘zbekiston" kompaniyasi avtomobillar narxi 8 %ga oshishini qayd etgan edi.

— O‘tgan yil O‘zbekiston o‘z valyutasini liberallashtirishga o‘tgan va bu haqiqatda narxlar ko‘tarilishini keltirib chiqarishi mumkin edi. Ammo avtomobil xarid qilishni xohlovchilar uchun turli chegirmalar va aksiyalar mavjud. Shuningdek, mashinani kreditga olish mumkin. O‘zim ham yaqinda Ravon oldim: yarmini shu zahoti to‘ladim, qolgan to‘lovni keyin amalga oshiraman.

— O‘zbekiston fuqarolari oxirgi vaqtlarda tez-tez Qirg‘izistonga ishlashga kelishmoqda. Ular mehnat bozorida yaxshigina raqobatni yuzaga keltirishdi ham. Aytingchi, Qirg‘izistonda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun o‘zbekistonliklar nimalardan xabardor bo‘lishlari kerak?

— Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasida abadiy do‘stlik haqida shartnoma imzolangan, bu hujjatda davlatlar fuqarolar uchun qulay sharoitlarni yaratishga majburligi borasida aytilgan. Birinchi navbatda o‘z hamurtdarimni Qirg‘iziston qonunlarini, shuningdek, urf-odatlari va madaniyatini hurmat qilishga chaqirgan bo‘lar edim.

2006 yildan davlatlar o‘rtasida vizasiz tartib joriy etilgan, ammo besh ish kuni davomida vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tish lozim. Bu normaga amal qilmaslik 10 ming som (taxminan 145 dollar) miqdorida jarima to‘lashga olib keladi.

Shuningdek, ish beruvchi sizni qonuniy asosda ishga qabul qilayotganiga ishonch hosil qilish kerak. Men bunday vaziyatlarda zudlik bilan chora ko‘ra oladigan idoralar, chet el fuqarolarini ish bilan ta’minlash masalalarini tartibga solish bilan shug‘ullanadigan muassasalarni hamda Qirg‘iziston huquq-tartibot organi xodimlarini hamkorlikka chaqirgan bo‘lardim.

Seremoniya otkritiya pamatnika pisatelyu Chingizu Aytmatovu - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston elchisi Chingiz Aytmatov asaridan parcha o‘qib berdi

Mening bilishimcha, bu yerga sayyoh sifatida keladigan ham o‘zbekistonliklar soni ortgan. Birgina joriy yilda Issiq-Ko‘lda 300 mingga yaqin O‘zbekiston fuqarolari hordiq chiqarishgan.

— Siyosat mavzusidan chetlasha olmaymiz. O‘zbekiston kelajakda ODKBga qaytishi rejalashtirilganmi?

— O‘zbekistonning tashqi-siyosiy faoliyati konsepsiyasida O‘zbekiston harbiy-siyosiy bloklarga, shu jumladan, ODKBga qo‘shilmasligi haqida aytilgan. Shuningdek, bizning harbiy xizmatchilarimiz O‘zbekiston hududidan tashqaridagi tinchlik o‘rnatish operatsiyalarida ham ishtirok etmaydilar. Biz o‘z hududimizda chet el harbiy bazalarini joylashtirmaymiz.

Shu bilan birga biz davlatlar o‘rtasidagi aloqalarni yo‘lga qo‘yish uchun ikkiyoqlama munosabatlarni qo‘llab-quvvatlaymiz, xususan harbiy-texnik hamkorlikni amalga oshiramiz. Ilgarilari bizning qo‘shinlarimiz harbiy mashg‘ulotlarda ishtirok etishmas edi, ammo hozir vaziyat o‘zgargan.

 

— Siz uzoq muddat Qirg‘izistonda istiqomat qildingiz. Nima deb o‘ylaysiz, qirg‘izlar o‘zbeklardan nimasi bilan farq qiladi, ya’ni ularning o‘xshash tomonlari mavjudmi?

— Buyuk yozuvchi Chingiz Aytmatov kunlarning birida qirg‘izlar va o‘zbeklar - bitta xalq, deb aytgan. Biz urf odatlarga hurmat bilan qaraymiz, mehmondorchilik va ochiqlikni qadrlaymiz. Kimgadir yordam berish uchun oxirgi narsamizni ham berishga tayyormiz.

Axmadjon Meliboyev prinimayet pamatnie podarki - knigi ot rektora instituta vostokovedeniya A. Mannonova - Sputnik O‘zbekiston
Ahmadjon Meliboyev: Aytmatov asarlari O‘zbekistonda qirg‘iz tiliga munosabatni o‘zgartirdi

Sizga bir voqeani so‘zlab bersam. Kunlarning birida Xitoy, Rossiya va boshqa davlatlar diplomatlari bilan birgalikda ikki kunga Boom g‘origa yo‘l oldik. Kechki ovqatni bir qirg‘iz ayoli tayyorladi. Men u bilan salomlashib, o‘z yordamimni taklif qildim. Biz birgalikda salat to‘g‘radik, dasturxon bezatdik va suhbat qurdik.

Oradan qanchadir vaqt o‘tib, atrofdagilar bizga hayron qarab turganini payqadim. Ular mendan qaysi tilda gaplashishayotganimizni so‘ray boshlashdi. Men ona tilimizda dedim. Ular tushunishmadi. Shunda qirg‘izistonliklar o‘zbek tilini yaxshi tushunishlari va aksinchaligini tushuntirishga to‘g‘ri keldi. Ularni bu holat hayratga soldi.

Yangiliklar lentasi
0