TOShKENT, 24 okt - Sputnik. Qirg‘iziston Qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘zbekiston bilan kartoshka va boshqa savzavotlarni eksport qilish masalasi bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston qishloq xo‘jaligi vaziri Nurbek Murashevga tayangan holda xabar qildi.
Vazir so‘zlariga ko‘ra, ichki bozorda narxlar keskin pasayganligi tufayli Qirg‘iziston qishloq xo‘jaligi vazirligi fermerlar yetishtirgan mahsulotlarni Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekistonga yetkazib berish imkoniyatlarini qidirmoqda.
2018 yilda kartoshkaning narxi 2017-yil bilan solishtirilganda deyarli ikki baravar tushib ketdi va ichki bozorda bir kilosi taxminan 5-7 som sotilmoqda.
“Bozor tahlil qilindi. Har yili oktabr oyida kartoshka narxi boshqa oylarga qaraganda bir oz pastroq bo‘ladi. Noyabr oyilari o‘rtalarida oshishini taxmin qilyapmiz. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston bilan kartoshka va boshqa savzavotlarni eksport qilish masalasi bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda”, - dedi vazir mamlakat prezidenti bilan uchrashuv chog‘ida.
Vazir so‘zlariga qaraganda, narxlar pasayishi bu fermerlar kartoshka yetishtirish yer maydoni qariyib 1,5 ming gektargacha kengayganligi va 2018-yilda bu sabzavotning yaxshi hosili bo‘ldi.
Qirg‘izistonda jami 1,5 million tonna kartoshka terib olindi. Ichki bozordagi talab esa 800-900 ming tonnani tashkil qiladi.
Qirg‘iziston prezidenti bozorda narx siyosatini prognoz qilish bo‘yicha ishlarni tanqid qildi.
O‘zbekiston yozda Qirg‘izistondan kartoshka olib kiritilishiga cheklov joriy qilgandi. Biroq bu chora kuzda terilgan kartoshkaga amal qilmaydi. Bu qarorni o‘zgartirilishi O‘zbekistonda kuzda kartoshka yetishmovchiligi bilan bog‘liq.
Qirg‘iziston deputati Irina Karamushkina ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda kartoshka yetishmovchiligi yilga yarim million tonna bo‘lishi mumkin.