TOShKENT, 12 fev - Sputnik. Toshkent shahrida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
12 fevral kuni O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligida Qirg‘iziston delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida tomonlar ikkiyoqlama hamkorlikning ayni holatini muhokama qildilar va ikki davlat o‘rtasida ko‘pqirrali hamkorlik jadal rivojlanayotganini e’tirof etdilar.
Qirg‘iziston qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati va melioratsiya vaziri respublika O‘zbekiston bozoriga kartoshka, mol go‘shti va boshqa mahsulotlarni yetkazib berishdan manfaatdorligini aytdi.
Shuningdek, uchrashuv davomida mashinasozlik, chorvachilik, urug‘ yetishtirish va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni hayotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, Qirg‘iziston sanoat, energetika va yer osti boyliklaridan foydalanish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari O‘zbekiston tomoniga Rossiya bozoriga hamkorlikda ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi texnikasini yetkazib berishni taklif etdi.
"Biz agrar sanoati sektorida O‘zbekiston va Qirg‘iziston ega bo‘lgan raqobatbardosh afzalliklaridan samarali foydalanish tarafdorimiz", - deya ta’kidlagan O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikda ishchi guruhini tashkil etish va 2019-yilga rejalarni aniqlab olishga kelishganlar.