Grin-karta haqidagi "Amerikancha orzu"ni terrorchi Soipov pikapda bosib o‘tdi

© AFP 2023 / LOIC VENANCEFlag SShA na fone goroda
Flag SShA na fone goroda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Grin-karta orzusi sabablari va ro‘yobga chiqarish yo‘llari haqida armanistonlik ekspert Arman Vaneskegan o‘z fikrlarini bayon qildi

TOShKENT, 7 noya — Sputnik, Arman Vaneskegan. Sobiq Ittifoq mamlakatlari orasida grin-kartaga eng ko‘p buyurtmalar bergan mamlakat — bu O‘zbekiston ekan. "Zoriqib kutilgan orzu"ning sabablari va ro‘yobga chiqarish yo‘llari haqida ekspert Arman Vaneskegan fikrini e’tiboringizga havola qilamiz.

31 oktabr kuni Nyu-Yorkda terrorchilik aktini sodir etgan o‘sha muhojirdan Armaniston xalqi qanchalik nafratlanayotganini tasavvur qilib ko‘ring-a. Nega deganda aynan shu tufayli bugun AQSh prezidenti Donald Tramp Amerikaga ko‘chib o‘tmoqchi bo‘lgan muhojirlarni tanlash dasturini murakkablashtirish bo‘yicha topshiriq berdi.

Teraktlarga baribir ko‘nika olishmadi

Yo‘q, O‘zbekistonlik Sayfullo Soipovdan birgina armaniston xalqi emas, balki dunyo aholisi nafratlanadi. Buning sabablari bor, albatta: Soipov o‘z pikapini Manxettendagi velosiped yuradigan yo‘lakka burib, katta tezlikda haydashi natijasida 8 kishi halok bo‘ldi va 15 kishi jarohatlandi — bu g‘azablanish uchun yetarli bahona, deb o‘ylayman.

Prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Tramp: grin-karta lotereyasi orqali AQShga "unchalik yaxshi odamlar" kelmaydi

Armanistonda ham ko‘pchilik insonlar shu kecha televizor qarshisiga "mixlanib" Amerikadagi fojia qanday yechim topishini kuzatib bordilar. Biz har ne bo‘lganda ham — insonlar o‘limiga olib keluvchi — terakt singari holatga ko‘nika olmadik. Ayniqsa, gap aynan Amerika haqida boradigan bo‘lsa, deb yozadi Sputnik Armaniston.

Axir AQShda yaqin yoki uzoq qarindoshlari, tanish-bilishlari, do‘stlari bo‘lmagan insonni Armanistonda topish qiyin… Qo‘shma Shtatlardagi Armaniston diasporasi son jihatdan eng yirik deb hisoblanadigan Rossiya diasporasidan keyingi o‘rinda turishini ham yoddan chiqarmaslik lozim. Har ikkalasida 2 yarim milliondan ziyod kishi mavjud.

Ammo hozir gap bu haqdamas. Gap shundaki, mahalliy OAVlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, Armanistonda "amerikancha orzu" bilan yashaydigan aholi son jihatdan nihoyatda ko‘pligini ko‘rsatdi. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, ushbu orzuni ro‘yobga chiqarishga yordam beradigan — grin-karta yutish orzusi bilan yashaydiganlar juda ko‘p ekan.

Goroda mira. Nyu-York - Sputnik O‘zbekiston
Texnik muammo: Green Card lotereyasi uchun ro‘yxatga olish yangitdan amalga oshirilmoqda
Aynan shu orzuni — grin-karta tufayli AQShga kelib qolgan, kelib chiqishi o‘zbekistondan bo‘lgan amerikalik — terrorchi Sayfullo Soipov o‘z yuk mashinasida bosib o‘tdi. Terrorchilik aktidan so‘ng Tramp muhojirlar tanlovini murakkablashtirish haqida topshiriq bergan edi. Bu esa endilikda AQShga ketish bo‘yicha qulay imkoniyatlar yanada kamayadi degani.

Ekspertlar firkriga ko‘ra, oldinlari yashil karta 240 kishidan bittasiga berilgan bo‘lsa, endilikda ushbu raqamga ma’lum tuzatishlar kiritilishi turgan gap. 

Grin-karta: O‘zbekistonliklar birinchi o‘rinda

Jinoyatchi Sayfullo Soipovni chetga qo‘ya turaylik (u o‘z qilmishiga yarasha jazo oladi, degan umiddamiz). Ma’lum bo‘lishicha, sobiq ittifoq mamlakatlari orasida O‘zbekiston grin-kartaga eng ko‘p ariza tashlaydigan davlat ekan (keyingi o‘rinda Ukraina turadi). Yana qo‘shimcha tarzda aytishim mumkinki, bu holatdan xabardor odamlarning so‘zlariga ko‘ra, Samarqand aholisining sal kam 90 foizi har yili grin-karta anketasini to‘ldiradi.

Amerika grin-karta lotereyasini bekor qilmoqchi
Endi esa Armanistonga qaytamiz. Mintaqadagi mamlakatlar o‘rtasida ushbu "kard"larga eng ko‘p buyurtma beradigan Armaniston ekan. Ha, aholisi 3 baravar ko‘p bo‘lgan Gruziya va Ozarbayjondan ko‘ra Armaniston grin kartaga ko‘p buyurtma berar ekan. Raqamlarga keladigan bo‘lsak, 2014-yilda Armanistonda 2000 kishi, Gruziyada atigi 803 kishi, Ozarbayjonda 405 kishi ushbu karta sohibi bo‘lgan.

Kelgusi yilda buyurtmalar soni barcha mamlakatlarda ortib bordi. Armanistonda esa bu ko‘rsatkich — hammadan ko‘p — 5 baravar ortib ketdi. Armanistonda 56 ming kishi anketalar to‘ldirdi. Ozarbayjonda bu raqam 2 baravar kamroqni tashkil qildi. Demak, Armanistonda Ozarbayjonga nisbatan Amerikaga ketmoqchi bo‘lganlar soni 6 baravar ortiqmi? Ha, shunday ekan…

Ushbu holatning yuzaga kelishi bir nechta omillarga borib taqaladi: mamlakat aholisining turmush tarzi, yashash shart-sharoitlari, munosib ishning yo‘qligi, Amerikada qarindosh va yaqinlar borligi.

Kichik ishbilarmonlik uchun "munosib" biznes

Lekin yana bir omil bor. Negadir unga hech kim uncha katta e’tibor bermayapti. Ammo bu omil juda muhim hisoblanadi. Armanistonda grin-karta uchun buyurtma berish jiddiy biznesga aylangan. Ayniqsa, Yerevan markazida joylashgan ko‘plab ofis va tashkilotlarda grin-kartalar bo‘yicha buyurtmani rasmiylashtirish borasida ko‘mak berilishi to‘g‘risida ko‘plab e’lonlarni uchratish mumkin.

Nyu-York - Sputnik O‘zbekiston
MXX Grin karta bilan bog‘liq yirik firibgarlikni fosh etdi
Ushbu xizmat narxi atigi 15-20 ming dram atrofida. Ko‘p odamlar bunga qiziqib, pul sarflashmoqda. Qog‘ozlarni to‘ldirib, imzolashmoqda. Ayrimlar bu jarayonga o‘ta jiddiy yondashadi. To‘ldirilgan anketa tashlab yuborilmasligi va keyingi yilda o‘z navbatini kutishi haqida bir necha marta rasmiy ravishda ogohlantirilishiga qaramasdan, ayrim odamlar har yili anketani qayta-qayta to‘ldirib, jo‘natishadi.

Bundan tashqari, anketalarni to‘ldirish bepul tarzda amalga oshirilishi haqida bir necha marta aytilgan.

Mustaqil ravishda anketa fayllarini yuklab olib, uning tegishli bandlarini to‘ldirib, yuborish mumkin. Hamma narsa tushunarli, barcha savollar bandma-band keltirib o‘tilgan.

Ammo bu borada biznes gullab-yashnamoqda

Ishbilarmonlar o‘z mijozlariga ushbu xizmat AQSh elchixonasi tomonidan bepul tarzda internet manzil orqali amalga oshirilishini aytmaydi.

Nyu-York shahri - Sputnik O‘zbekiston
Nega Amerikada samarqandliklar buncha ko‘p?

Lekin odamlarimiz "to‘lamasang — bormaysan" degan matalga amal qilgan holda ish tutishadi. Bu idorada ishlaydigan xodimlarning ayrim nozik siri bor, ular tomonidan yuborilgan anketa ko‘proq imkoniyatga ega bo‘ladi, deb o‘ylaydilar…

Bilmadim, men aminmanki, bu biznes kelgusida ham rivojlanib boradi. Yildan-yilga anketa to‘ldirmoqchi bo‘lgan odamlar soni ko‘payib boradi. Lekin bu biznes qonuniymikan? Bilmadim, lekin uning qonuniyligiga shubha bor.

Yangiliklar lentasi
0