TOShKENT, 16 okt — Sputnik. Texnik sabablarga ko‘ra, DV-2019 (Grin karta) uchun qaytadan ro‘yxatdan o‘tish boshlanmoqda, deb xabar berdi AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi sayti.
2017 yil 18-oktabrga qadar ariza bergan ishtirokchi o‘z arizalari ko‘rib chiqilishi uchun ularni qaytadan topshirishi lozim.
Elchixona xabariga ko‘ra, texnik muammoga qandaydir tashqi aralashuv yo xakerlik hujumi sabab bo‘lmagan. "Texnik muammo" shuki, ariza topshirgan ishtirokchi o‘zi tug‘ilgan mamlakatdan boshqa mamlakatni tanlab, o‘zi muvofiq keladigan mamlakatni hisobga olmagan, deya izoh berilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, DV-2019 uchun elektron ariza topshirish davri 2017-yil 18-oktabr, seshanba kunduz soat 11:00 da boshlanib, 2017-yil 22-noyabr, chorshanba kunduz soat 11:00 da tugaydi.
Ariza topshiruvchilar elektron ariza shakliga ro‘yxatdan o‘tish davrida rasmiy vebsayt, ya’ni dvlottery.state.gov da kirishlari mumkin.
Muvofiqlik borasidagi boshqa barcha talablar o‘zgarishsiz qolgan.
2019 yil dasturi uchun arizalarni tanlab olish 2018-yil 15-maydan boshlanadi.