TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Milliy xavfsizlik xizmati tezkor xodimlari O‘zbekiston fuqarolarining "Grin kard" lotereyasida ishtirokiga doir firibgarlik sxemasini fosh qildilar, deb xabar berishdi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga kuch tuzilmasida.
"Go‘zal to‘qimalarga mahliyo bo‘lgan tinglovchilarga shu ondayoq "Amerikancha orzu"ga erishishda o‘zini sinab ko‘rish taklifi kiritilgan. Jumladan, Naxangov "Grin kard" lotereyasini o‘ynab ko‘rishni taklif qilgan. Firibgar ushbu lotereya Qo‘shma Shtatlarda vaqtinchalik yashashga ruxsat beruvchi hujjatni rasmiylashtirish imkonini berishini qo‘shib qo‘yardi. Firibgarlik sxemasi aynan mana shu yerda avj olgan: Naxangov saytda formani to‘g‘ri to‘ldirib berish uchun haq olib, shu bilan birga mijoz g‘olib bo‘lgan taqdirda kiritilishi lozim bo‘lgan tasdiqlovchi kodni o‘zida qoldirgan", — deb qayd etdi kuch tuzilmasi xodimi.
Firibgar mijozlaridan kimdir g‘olib bo‘lgan-bo‘lmaganini muntazam ravishda tekshirib borgan. Agar kimgadir omad kulib boqqan bo‘lsa, g‘olibdan qo‘shimcha mablag‘larni undirish bilan shug‘ullangan.
Firibgarning navbatdagi "o‘ljasi" Jizzax viloyatida yashovchi U.Sh bo‘ldi. Aynan u huquq tartibot organlariga murojaat qilgan. "Amerikancha orzu"ni uddarrolik bilan pullaydigan savdogar Naxangov joriy yilning may oyida U.Shdan 200 dollar va 100 ming so‘m olgan. G‘oliblar nomlari e’lon qilingach esa Naxangov Toshkentdagi AQSh elchixonasida zarur kodni olish bahonasida U.Shdan 15 million so‘m talab qilgan.
MXX Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi IIB xodimlari bilan hamkorlikda Naxangovni 15 million so‘m olayotgan vaqtda qo‘lga olishgan.
Oybek Naxangovga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 168 (firibgarlik) moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov ishlari davom etmoqda.