O‘zbekiston - Xitoy: debutant Babayan italiyalik maestro Lippiga qarshi

© Federatsiya futbola UzbekistanaGlavniy trener sbornoy Uzbekistana po futbolu Samvel Babayan
Glavniy trener sbornoy Uzbekistana po futbolu Samvel Babayan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
31 avgust kuni JCh-2018 turniriga saralash bosqichi 9-turida O‘zbekiston va Xitoy terma jamoalari uchrashuvi bo‘lib o‘tadi

TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 31-avgust kuni JCh-2018 turniriga saralash bosqichi 9-turida Xitoyga qarshi bahs o‘tkazadi.

Ushbu bahs O‘zbekiston termasining jahon chempionati yo‘lidagi keyingi taqdiriga aniqlik kiritib beradigan hal qiluvchi o‘yin hisoblanadi. Sababi, agarda o‘zbekistonliklar mazkur uchrashuvda g‘alaba qozonadigan bo‘lishsa, keyingi bahs 5-sentabr kuni O‘zbekistonda Janubiy Koreyaga qarshi bo‘lib o‘tadi. Maydondagi muxlislarning qo‘llab-quvvatlovi va g‘alabadan keyingi ko‘tarinki kayfiyat o‘zbekistonlik futbolchilarga qo‘shimcha kuch bag‘ishlashi mumkin.

Futbolnie bolelshiki iz Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston-Janubiy Koreya futbol o‘yiniga chiptalar sotilishi boshlandi

O‘zbekiston terma jamoasi Xitoy bilan jami 11-marta to‘qnash kelgan. Ushbu to‘qnashuvlarning 6tasida o‘zbekistonliklar g‘alaba qozonishgan, 4tasida xitoyliklar g‘olib bo‘lishgan va bir o‘yin durang bilan yakunlangan. To‘plar nisbati O‘zbekiston termasi foydasiga 18:13.

Individual jihatdan olib qaraganda, O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilari xitoylik futbolchilardan mahorat bobida ustunlikka ega. Ammo murabbiylar borasida bunday deyish qiyin. Chunki Xitoyga italiyalik taniqli murabbiy Marchello Lippi ustozlik qiladi. U turli yillarda murabbiy sifatida Italiya chempionligi, Italiya kubogi va superkubogi, Chempionlar Ligasi va UYeFA superkubogini qo‘lga kiritgan. 2006-yilda Italiya terma jamoasini jahon chempioni qilgan.

2012 yilda Xitoyning "Guanchjou Evergrand" klubiga murabbiylik qila boshlagan Lippi 2012, 2013, 2014-yillarda jamoani Xitoy chempioniga aylantirgan va Xitoy kubogi hamda OFK Chempionlar Ligasi sovrinlariga ega chiqqan. 2012-yil oktabridan Xitoy terma jamoasiga murabbiylik qilib kelmoqda.

Ushbu murabbiy oldida ilk bor terma jamoa rulini o‘z boshqaruviga olgan Samvel Babayanning yutuqlari kamtarona. Babayan hozircha "Paxtakor"ni O‘zbekiston chempioni qilganligi bilan maqtanishi mumkin xolos.

Ertangi o‘yin ko‘p jihatdan murabbiylar saviyasini ko‘rsatib beradigan, taktik jihatdan ustun murabbiy g‘alaba qozonadigan bahs bo‘ladi. O‘zbekistonlik futbolchilarning mahoratiga Babayanning to‘g‘ri ko‘rsatma va taktik rejasi hamohang bo‘lsa, O‘zbekiston terma jamoasi ertaga albatta g‘alaba qozonadi.

Babayan xitoyliklarga qarshi o‘yinga 24 nafar futbolchini jalb qildi. Ular quyidagilar: darvozabonlar — Aleksandr Lobanov ("Paxtakor"), Ignatiy Nesterov ("Lokomotiv" Toshkent), Nikita Ribkin ("Qo‘qon-1912").

Igrok Lokomotiva Vitaliy Denisov - Sputnik O‘zbekiston
Vitaliy Denisov Rossiyadagi eng yaxshi 33 futbolchi ro‘yxatidan joy oldi

Himoyachilar — Farrux Sayfiyev ("Nasaf"), Vitaliy Denisov ("Lokomotiv" Moskva, Rossiya), Anzur Ismoilov ("Chanchun Yatay", Xitoy), Sherzod A’zamov ("Paxtakor"), Yegor Krimes ("Beyjing Goan", Xitoy), Akmal Shorahmedov ("Nasaf"), Islom To‘xtaxo‘jayev ("Lokomotiv" Toshkent).

Yarim himoyachilar — Server Jeparov ("Istiqlol" Tehron, Eron), Jaloliddin Masharipov ("Lokomotiv" Toshkent), Eldor Shomurodov ("Rostov", Rossiya), Odil Ahmedov ("Shanxay SIPG", Xitoy), Fozil Musayev ("Jubilo Ivata", Yaponiya), Aziz Haydarov ("Ajman", BAA), Otabek Shukurov ("Bunyodkor"), Jamshid Iskanderov ("Paxtakor"), Sardor Rashidov ("Al-Jazira", BAA), Marat Bikmayev ("Lokomotiv" Toshkent), Sardor Mirzayev ("Lokomotiv", Toshkent).

Hujumchilar: Temurxo‘ja Abduxoliqov ("As-Sayliya", Qatar), Igor Sergeyev ("Paxtakor"), Aleksandr Geynrix ("Ordabasi", Qozog‘iston).

Xitoy — O‘zbekiston uchrashuv ertaga Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da boshlanadi.

Tovarisheskiy match sbornix Uzbekistana i Gruzii po futbolu. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston terma jamoasi Qirg‘izistonni yirik hisobda mag‘lub etdi

Mazkur o‘yinni Shri-Lanka mamlakati hakamlari boshqarib boradi. Bosh hakam vazifasini Krishanta Dilan Perera Xettikankanamge bajaradi. Unga qanotlarda Priyanga Namal Palliya Guruge hamda Palita Parrakrama Denie Gedara yordam beradi.

Zaxira hakami vazifasi Kuttiappa Rajarantam Prashant Rajakrishnaga yuklatildi. BAA vakili Ali Muhammad Bujsaim Shri-lankalik hakamlar ishiga baho beradi. O‘yin komissari — Xoay An Li (Vyetnam).

"A" guruhi yetakchilari Eron va Janubiy Koreya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin parallel ravishda boshlanadi.

Eron 8 o‘yindan so‘ng 20 ochko to‘plab mundial yo‘llanmasini naqd qilib qo‘ygan, Koreya esa 13 ochko bilan 2-o‘rindan joy olgan. O‘zbekiston terma jamoasi 12 ochko to‘plagan holda 3-o‘rinda turibdi.

Agarda jadvalning oxirgi o‘rnida joylashgan Xitoyni ertaga yengish nasib etsa, O‘zbekistonning jahon chempionatiga chiqish ehtimoli ancha oshadi.

Ertangi o‘yinda O‘zbekiston termasi barcha muxlislar ishonchini oqlaydi degan niyat bilan o‘zbekistonlik futbolchilarga omad tilaymiz.

Yangiliklar lentasi
0