TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Qirg‘iziston terma jamoasi Toshkentda bo‘lib o‘tgan nazorat uchrashuvida O‘zbekiston jamoasiga mag‘lub bo‘ldi, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston.
"Bunyodkor" stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv 5:0 hisobida o‘zbekistonliklar foydasiga yakunlandi.
Ilgariroq uchrashuv yopiq tarzda va muxlislarsiz o‘tkazilishi e’lon qilingandi.
Qirg‘iziston futbol federatsiyasining ma’lum qilishicha, uchrashuvda terma jamoada o‘yin tajribasiga ega bo‘lmagan futbolchilar ishtirok etishgan. O‘yinga shuningdek, xorij klublarida to‘p suruvchi futbolchilar chaqirilmagan.
O‘zbekiston terma jamoasi FIFAning iyul oyidagi reytingida 64-, Qirg‘iziston esa 128-o‘rnida joylashgan.