"Eronga hujum qilingan taqdirda, ham bosib olingan hudud (Isroil - AP), ham mintaqadagi barcha Amerika harbiy markazlari, bazalari va kemalari bizning qonuniy nishonlarimiz bo‘ladi", dedi u yakshanba kuni favqulodda parlament sessiyasida.
2025 yil dekabr oyi oxirida rialining qadrsizlanishi tufayli boshlangan norozilik namoyishlarida, keyinchalik siyosiy tizimga qarshi tartibsizliklarga aylanib ketdi.
8 yanvar kuni Tehron va boshqa shaharlarda namoyishchilar tez yordam mashinalari va shahar avtobuslari, metro bekatlari, masjidlar, banklar va do‘konlarni vayron qildi. 100dan ortiq poliziya xodimi qurbon bo‘ldi.
Eron rahbariyati ushbu voqealarning siyosiy tomonga burilishida Isroil va AQShni aybladi.
Rasmiy manbaalarga ko‘ra, tartibsizliklar qurbonlari soni 500dan oshgan, ularning aniq soni tergov tugaganidan so‘ng e’lon qilinadi.
Tartibsizliklar uyushtirishda ayblanib uch ming kishi qo‘lga olingan, ularning turar joylaridan qurol-aslaha topilgan.