TOShKENT, 28 okt – Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov mamlakatda o‘z faoliyatini boshlayotgan qator davlatlarning elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Serbiyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Momchilo Babich bilan uchrashuv chog‘ida siyosiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalardagi do‘stlik va hamkorlikni yanada mustahkamlashga ikki tomonlama tayyorlik bildirildi.
Baxtiyor Saidov prinyal veritelnie gramoti ot rada vnov naznachennix poslov
© press-slujba MID
Shuningdek, vazir Yaponiyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Kenji Xirataning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi. Suhbatda ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik kun tartibining o‘zaro manfaatli tashabbuslar va loyihalar bilan kengayib borayotgani qayd etildi.
Baxtiyor Saidov prinyal veritelnie gramoti ot rada vnov naznachennix poslov
© press-slujba MID
Baxtiyor Saidov Dominikan Respublikasining O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Alexandro Arias Sarsuela bilan ham uchrashdi. Unda uzoq masofaga qaramay, barcha sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama etildi.