O‘zbekiston va YeOII

YeOII davlatlarining Rossiya bilan hamkorligi raqobatlashish imkonini beradi — Overchuk

Bu haqda Rossiya Federatsiyasi hukumati raisining o‘rinbosari “Rossiya – Islom olami: KazanForum” forumi doirasida gapirdi.
Sputnik
TOShKENT, 20-may — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) a’zo davlatlarning energetika sohasida Rossiya bilan hamkorligi ularga tashqi bozorlarda raqobatlashish imkonini beradi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi o‘rinbosari Aleksey Overchuk "KazanForum" doirasida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
U YeOII davlatlari iqtisodiyotining o‘sish sur’atlariga e’tibor qaratdi: “Qozog‘iston – 5,1 foiz, Qirg‘iziston – 6 foizdan ortiq, Armanistonda – 8,6 foiz yuqori ko‘rsatkichlar, Belarus – 3,9 foiz”.
"Bularning barchasi Rossiya bilan energetika sohasidagi o‘zaro aloqalar tufayli mamlakatlar tashqi bozorlarda raqobatlashish, tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish uchun yaxshiroq xarajat tuzilmasini yaratish imkoniyatiga ega ekanligini ko‘rsatadi”, – dedi Overchuk.
Bundan tashqari, forum doirasida bo‘lib o‘tgan yalpi majlisda so‘zga chiqqan bosh vazir o‘rinbosari Rossiya bilan yaqin munosabatlarni saqlab turgan mamlakatlar iqtisodiyoti o‘sganini ta’kidladi. Misol tariqasida Aleksey Overchuk O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va Qirg‘iziston iqtisodlarini keltirdi.
O‘zbekiston va YeOII
O‘zbekiston va YeOII 2024-2026 yillar uchun qo‘shma tadbirlar rejasini tayyorlamoqda