Referendum — 2023

O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasida ovoz berish jarayoni o‘tkazilmoqda

Diplomatik missiyada 51-referendum uchastkasida ovoz berish jarayoni davom etmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Bugun O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasida mahalliy vaqt bilan soat 08:00 da (Toshkent vaqti bilan 07:30) O‘zbekiston madhiyasi yangradi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Referendum uchastkasini qanday aniqlash mumkin?
Ta’kidlanishicha, Hindistonda vaqtincha istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari referendumda qatnashish konstitutsiyaviy huquqidan foydalanish maqsadida diplomatik vakolatxonada tashkil etilgan 51-referendum uchastkasiga kela boshladi.
“Elchixona xodimlari va Hindistonda vaqtincha bo‘lib turgan yurtdoshlarimiz vakillaridan iborat referendum o‘tkazish bo‘yicha uchastka komissiyasi bugungi muhim tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rdi”, – deydi O‘zbekiston elchisi Dilshod Axatov.
Diplomatik missiyada 51-referendum uchastkasida ovoz berish jarayoni davom etmoqda.
Bugun O‘zbekiston Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendumda ovoz berish jarayonlari o‘tkazilmoqda. Respublika bo‘yicha tashkil etilgan jami 10758 ta referendum uchastkasi soat 08:00 da ochildi.