Qo‘shma Shtatlar Ukraina ichida va Ukraina uchun, o‘z manfaatlariga va hududlariga zarar keltirmagan holda, Ukraina bilan birgalikda uki Ukraina uchun Rossiya bilan kurashga yetadigan texnologik imkoniyatga ega emas.
Pentagon va NATOning Ukraina (Gruziya, Moldova) qurolli kuchlari bilan birgalikda Chernomorsk hududida o‘tkazayotgan provokatsion harakatlari - kuch namoyishi emas, balki kuchsizlik, logistik, taktik va strategik zaifliklarini ko‘rsatishdir.
AQSh Harbiy dengiz floti(HDF)ning USS Arleigh Burke raketa tashuvchi esminetsi (kichik, tezurar harbiy kema) va boshqa kemalarining Qora dengizda olib borayotgan navbatchiligi - bu shunchaki Vashington tomonidan Rossiya suveren siyosatiga nisbatan soxta harbiy qudrat namoyishi bilan geosiyosiy ta’sir ko‘rsatishga urinishdir.
Bu kulguli axir: yaqindagina Afg‘oniston toliblari tomonidan mag‘lub etilgan AQSh harbiy koalitsiyasi va ularning yo‘ldoshlari raketa va yadro quroliga ega bo‘lgan Rossiyaga o‘z tartib- qoidalarini “kuch yo‘li bilan” o‘tkazmoqchi. Darvoqe, 26-noyabr kuni Qora dengiz flotining “Shuya” raketali kateri mashg‘ulotlar vaqtida amerika esminetsini nishonga olishni mashq qilgan edi.
Moskva o‘zining barcha “hamkorlari” bilan o‘zaro manfaat, halol raqobatga asoslangan holda savdo-sotiq olib borish tarafdori. Ammo ular “dushman”ini har qanday uydirma bahonalar to‘qib harbiy kuch bilan bostirishga harakat qilishmoqda. Muayan vaziyatlarda Rossiya G‘arbning provokatsiyalariga keskin tarzda javob berishga majbur. AQSh va NATOning Qora dengizda, Rossiya Federatsiyasi chegaralari yaqinida, faolligining oshishi - Yevropa va Amerikada keng ko‘lamdagi qurolli to‘qnashuvlar ehtimolini oshiradi.
AQSh HDFining 6 floti ma’lumotlariga ko‘ra, USS Arleigh Burke esminetsi 25-noyabr kuni “mazkur muhim xalqaro suv yo‘lida xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash” uchun “patrullik” qilishni boshladi. E’tiborlisi, mazkur yo‘l somalilik dengiz qaroqchilaridan mutlaq xoli. Qo‘shma Shtatlar va NATOning Qora dengizdagi faoliigi va ushbu jarayonga mintaqadagi boshqa davlatlarning ham jalb qilinishi - hech nima bilan asoslanmagan va Rossiya Federatsiyasining strategik barqarorligi hamda mintaqaviy xavfsizligiga rahna solmoqda. Rossiya Mudofaa vazirligi AQSh harbiy-dengiz kuchlari kemalarining Odessa va Batumiga borishi va u yerda qo‘shma manevrlar o‘tkazishi - vaziyatni beqarorlashtiruvchi omil va amerikaliklarning asosiy maqsadi - sobiq Ittifoq hududini (Ukraina va Gruziya)ni harbiy yo‘l bilan qo‘lga kiritish, deb hisoblaydi.
Rossiya Federatsiyasining Qora dengiz floti va Janubi harbiy okrugi kuchlari Amerika harbiy kemalarining harakatini to‘xtovsiz kuzatib turibdi va dushmanlik harakatlari kuzatilsa, (masalan, Rossiya chegalarini buzish) zudlik bilan javob berishga doimo tayyor.
Arleigh Burkeni dengizda suv usti va suv osti kemalari tomonidan, havodan esa qiruvchi-aviatsiya uchuvchilari tomonidan, quruqlikda esa potensial dushmanni Qora dengiz flotining qirg‘oq radarlari ziyraklik bilan kuzatib turibdi.
Shunday qilib, AQShning NATOdagi hamkorlari bilan birgalikda Qora dengizdagi “dengiz harakati erkinligi” va “amerikancha eksklyuzivlik” shiori ostida o‘tkazilayotgan qo‘shma manevrlari - 24 soat davomida Rossiya raketa tizimlari nishoni ostida bo‘lib o‘tmoqda.
Brussel Kiyevga do‘st emas
AQSh harbiy kemalarining Qora dengizdagi vaqti-vaqti bilan manevrlar o‘tkazib turishi Vashington tomonidan Kiyev rejimini qo‘llab-quvvatlab turish belgisidan o‘zga narsa emas. Biroq, AQSh harbiy-dengiz kuchlari dengizlarning ayrim hududlarini Rossiyaga tegishli deb tan olmaydi va ana shunday hududlarda atayin mojaroli vaziyatlarni keltirib chiqarishga harakat qiladi.
Aviatsiyasi va dengiz flotining mamlakat qirg‘oqlari yaqinida Pentagon manevrlariga muqarrar ravishda faol qarshilik ko‘rsatishi - Rossiya xavfsizligining muhim sharti bo‘lib, AQSh harbiy-dengiz kuchlari faolligining oshishi bilan harbiy harakatlar ehtimoli ham ortadi.
Ayni paytda AQShning Yevropada Rossiya bilan “cheklangan” urush olib borish haqidagi xavfli illyuziyalari – NATO ittifoqchilari qo‘li bilan kartalardan qurilgan uy kabi parchalanib ketapti. Vashington va Kiyev tomonidan Rossiyaning "qishgi hujumi" haqida tajovuzkor dezinformatsiya tarqatilayotgan vaqtda, Brussel, go‘yoki o‘limning sovuq nafasini his qilgandek, oldindan "Ukraina frontidan" o‘zini olib qochdi.
NATO bosh kotibi Yens Stolenberg 26-noyabr kuni tashqi ishlar vazirlarining Latviyada bo‘lib o‘tgan sammitida “Rossiya kuchlarini Ukraina chegaralarida to‘plash” masalasi ko‘rib chiqilishini, biroq jamoaviy mudofaa (NATO Nizomining 5-moddasi) hatto boshqa davlatlar tomonidan hujumga uchragan bo‘lsa ham Ukrainaga taaluqli emasligini ma’lum qildi. Alyans Kiyevni “to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi”, ammo uni deb Moskvaga qarshi kurashmaydi.
Demak, Ukrainaning “tajovuzkor davlat” bilan tahminiy janglarida USS Arleigh Burke esminetsi va AQSh VMS 6- flotining boshqa kemalari Yevropa ittifoqchilarining himoyasisiz harkat qilishga majbur bo‘ladi. Yoki 2008-yil avgust oyida Gruziya agressiyasi vaqtida bo‘lgani kabi, faqat siyosiy yordam berib turadi.
Amerika qarshi raketalarining Rossiya raketalarini yo‘q qilishi imkoniyatlari haqida Ukraina ancha bo‘rttirib yuborgan. “Tomagavk” raketasining birinchi uchirilishi har qanday amerika kemasi uchun oxirgisi bo‘lishi mumkin. Nima bo‘lganda ham jang qisqa bo‘ladi. Chindan ham qurolli qarama-qarshilik bo‘lgan taqdirda, “ittifoqdoshlarning hamkorligi” Rossiya tomonidan yuqori texnologiyali hujum ostida bo‘ladi.
Amerikaliklarning fikriga ko‘ra, AQSh harbiy-dengiz kuchlarining Rossiya chegalari yaqinidagi “tegib bo‘lmas” raketa tashuvchi kemasi borligining o‘zi Moskvani qo‘rqitib qo‘yishi kerak. USS Arleigh Burke esminetsi jangovor axborotni boshqarish tizimi, PRO "Idjis" raketaga qarshi mudofaa tizimining tarkibiy qismlari bilan jihozlangan va 60 dan ortiq uzoq masofali “Tomogavk” qanotli raketalarini tashishga qodir. Ularning ba’zilari yadroviy kallaklarga ega. Shuningdek, kema bortida ASROC suv osti kemalariga qarshi raketalari va "Standart" zenit raketalarini olib yuradi.
Shunga qaramay, 6 flotdan ajralgan Arleigh Burke Qora dengiz operatsion maydonida hech qanday ahamiyatga ega emas. Rus dengizchilari va uchuvchilari bunday nishonlarni yo‘q qilishni "avtomatik darajagacha" mashq qilishgan. Arleigh Burke esminetsi tomonidan har qanday raketa qo‘llanishi Rossiya tomonidan AQSh hududida joylashgan qaror qabul qilish markazlariga javob zarbasi keltirib chiqarishi mumkin.
“Rus ayig‘i”ni uyg‘otib yubormang
29 noyabr kuni Rossiya Mudofaa vazirligi yana bir bora “hamkorlar”ga ularning strategik zaifligini eslatib qo‘ydi. Strategik raketa qurollarni qayta jihozlash dasturi doirasida 11 ming km masofaga zarba berishga qodir bo‘lgan “Yars” qit’alararo ballistik raketasining qayta jihozlash jarayoninni namoyish etildi.
Eslatib o‘tammiz, uch bosqichli “Yars” raketasi 4ta har birining quvvati 500 kilotonna va alohida nishonga yo‘naltirish imkoniga ega bo‘lganjangovar kallaklar bilan jihozlanadi. Rossiyada mobil va shaxta ko‘rinishida ana shunday majmualardan 150 tasi bor. Ya’ni jami 600ta jangovor kallak.
“Sovet Ittifoqi admirali Gorshkov” fregati 29-noyabr kuni “Sirkon” gipertovushli raketasi bilan yana bir bor muvaffaqiyatli uchib, 400 kmdan ortiq masofadagi dengiz nishoniga aniq zarba berdi. Bir kun avval esa Rossiyada ushbu raketalarni ommaviy ishlab chiqarish boshlangandi.
O‘tgan hafta Qora dengizni USS Porter esminetsi tark etdi. Patrul chog‘ida kema ekipaji Rossiya harbiy vertoleti bir necha daqiqa davomida yaqin atrofda aylanib yurganida vahimani boshdan kechirgan bo‘lsa kerak.
G‘arb kuzatuvchilari esa Ukraina harbiy qurilishining qashshoqligidan tushkunlikka tushgan. Ukraina Mudofaa vaziri Aleksey Reznikov avvalroq Berdanskda yangi harbiy dengiz bazasining jadal sur’atlarda qurilayotgani haqida ma’lum qilgan edi. Biroq, CNN jurnalistlari bazani “yakunlash uchun hali ko‘p ish qilish kerakligini” va “urushgacha ulgurmay qolish mumkinligini" tushinishdi.
Yaqinda Ukraina harbiy-dengiz kuchlari Amerikaning Baltimor shahridan “Fastov” va “Sumi” nomli "Island" tipidagi ikkita patrul katerlarini oldi. Tez orada ular qirg‘oq bo‘ylab “harbiy yurish”ni boshlaydilar (chunki ular yuqori ustuvorlikka ega emas).
Kiyevdagi jiddiy siyosiy notinchlik va davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik haqidagi mish-mishlarga qaramay, Qo‘shma Shtatlar va Ukraina Qurolli kuchlari Donbassni tozalash uchun zirhli brigada va havo-desant operatsiyasini tayyorlamoqda, ular "Dobassidagi rossiyaliklar" hujumlarni qaytarishni o‘rganmoqdalar, Odessa viloyatidagi "separatistlar qo‘zg‘oloni"ni bostirmoqchilar. Amerika-Ukrainaning bunday jangovar rejalari Yevropaga yaxshilik keltirmaydi.
Norvegiyaning "TV 2 Norge" nashri ta’kidlashicha: "Rossiya o‘z siyosiy maqsadlariga erishish uchun qo‘shimcha harbiy vositalardan foydalanishga, shuningdek, majburlov diplomatiyasiga o‘tishga tayyor ekanligini bildirmoqda". Aslida ham Moskva bunday rejalarini yashirmaydi.
The Wall Street Journal Rossiyaning Ukrainaga “bostirib kirishi” munosabati bilan Oq uyning “optimistik” va “pessimistik” ikkita ssenariysini e’lon qildi - ammo barcha holatlarda Ukrainaning faqat o‘zi kurashadi. Kimdir yordam bergan taqdirda ham bu hech narsani o‘zgartirmaydi. Moskva chekinmaydi va hech qanday xarajatlar Ukraina va G‘arbni Rossiya shartlarida tinchlikka majburlash uchun to‘siq bo‘la olmaydi. Shunga qaramay, Kiyevda ham ana shunday halokat takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik AQSh va NATO qo‘shinlarining avgust oyida Qobulni tashlab ketganini unutmaslik kerak.
Harbiy sharhlovchi Aleksandr Xrolenkoning Telegram-kanaliga obuna bo‘ling