AQSh Ukraina masalasida Yevropa Ittifoqiga bosim o‘tkazmoqda - Rossiya tashqi razvedkasi

© SputnikPloshad Nezavisimosti v sentre Kiyeva
Ploshad Nezavisimosti v sentre Kiyeva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.11.2021
Obuna bo‘lish
AQSh Ukraina masalasida Yevropa Ittifoqiga bosim o‘tkazmoqda, deb ma’lum qildi Rossiya tashqi razvedka xizmati.
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. RF Tashqi razvedka xizmati (TRX) ma’lumotlariga ko‘ra, Buyuk Britaniya va AQSh emissarlari Kiyevda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari elchilari bilan uchrashuvda “Rossiyaning Ukrainaga yaqinlashib kelayotgan keng ko‘lamli hujum va keyinchalik Rossiyaning Ukraina hududini bosib olishi haqidagi yolg‘on ma’lumotlarni manipulyatsiya qilish orqali vahimaga solishga uringan".
Ukrainskie voyennoslujashie vedut ogon iz 152-mm pushki-gaubisi D-20 na artilleriyskom poligone v sele Devichki Kiyevskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.11.2021
AQSh Donbassda qaytadan mojaroni qo‘zg‘atishga urinmoqda - RF tashqi razvedka rahbari
Amerika va Britaniya vakillari Yevropa Ittifoqi davlatlaridan Kiyev rejimini saqlab qolish uchun birdam yondashuvini ko‘rsatishni qat’iy talab qilishdi, deb xabar berdi TRX.
Yevropa vakillarini "bu mamlakatda misli ko‘rilmagan korrupsiya, energetika infratuzilmasi eskirganligi va energiya narxining ko‘tarilishi sharoitida" Ukrainaga muqobil manbalardan energiya olishda yordam berishga chorlashmoqda.
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari elchilari sarosimaga tushib qolgan: ular "amerikaliklar va inglizlar agar Kiyev avanturistlari Donbassga hujum qilishsa, Rossiyani barcha musibatlarga aybdor sifatida ko‘rsatish uchun sun’iy ravishda vasvasa qo‘zg‘atayotganini tushunishmoqda"
"Diplomatlar Ukraina hukumatining o‘zi Donesk va Lugansk viloyatlarida keskinlikni qo‘zg‘atayotganini ko‘rmoqda. O‘zlari keskin muammolarga duch kelayotgan Yevropa Ittifoqi davlatlarida Ukrainaning korrupsion hukumatini boqishni istamaydi".
Yangiliklar lentasi
0