TOShKENT, 29 okt – Sputnik. Huawei kompaniyasi Rossiya bilan innovatsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha barqaror axborot kommunikatsiya texnologiyalar sohasida hamkorlik olib boradi. Shuningdek, mamlakatda yuqori malakali IT-mutaxassislarni tayyorlab berishda amaliy yordam ko‘rsatadi, bu haqda Huawei kompaniyasining Yevroosiyo mintaqasidagi prezidenti Deniyel Chjou ma’lum qildi.
U Huawei kompaniyasining “Raqamli birlashma 2021” (Huawei Digital Community Conference2021, HDCC) onlayn tarzda o‘tgan konferensiyasini ochib bergan yalpi majlisida nutq so‘zladi. Bu yirik anjumanda tadbirkorlar, ekspertlar va siyosatchilar axborot kommunikatsiya texnologiyalar sohasidagi raqamlashtirish tendensiyalarini muhokama qilishdi.
O‘zgarishlar bilan hamohang bo‘lish
Deniyel Chjou xabar berishicha, 2020-yil mart oyidan boshlab Huawei kompaniyasi 1,1 milliard dollarga teng sanoat qurilmalarini RFga eksport qilgan.
RFning axborot-texnologiyalar tarmog‘i uchun 15.200 nafar mutaxassislarni tayyorlab bergan, bundan tashqari, 1,5 ming 5G texnologiyasi ekspertlari va 5 ming nafar sertifikatlangan IT/IP mutaxassislarni tayyorlab berdi.
“Huawei xalqaro miqyosda operatorlar bilan hozirgi kundagi 5G tarmog‘ini yaratish bo‘yicha yaqin hamkorlik olib boradi. Dunyo bo‘ylab 700 dan ortiq shaharlar va 267 ta kompaniyalar Huawei’ni hamkor siftida tanlab, raqamlashtirishni trasformatsiya qilinishida sherik sifatida ko‘rmoqda, qolaversa, 5GtoB ekosistemasi ham yaratish jaraniyoda turibdi”, – dedi u.
Bundan tashqari, bu yo‘nalishdagi jadal rivojlanish, Huawei Cloud ikkinchi o‘rinni egallashi ham maqdovga sazavordir. Xitoyda esa 5 o‘rinda muqim joy oldi.
“Joriy yilning birinchi yarmida o‘sish ko‘rsatishlarida barqarorlik saqlanib qolindi: tushim 49,6 mlrd dollarga teng bo‘ldi, undagi sof foyda esa 9,8 foizni tashkil qildi”, – dedi Chjou.
Chjou so‘zlariga ko‘ra, 2020-yil mart oyida Huawei “yagona raqamli kelajak hamjamiyati” nomlangan o‘z strategiyasini taqdim qildi, uning realizatsiyasi kompaniyaga va uning rossiyalik hamkorlariga yagona raqamli hamjamiyatini tashkil etishga yordam qiladi, buning asosiy maqsadi, Rossiyaning AKT-sanoatini ravnaq topishiga va raqamli iqtisodiyotni yo‘lga qo‘yish va sohalarni raqamlashtirishdagi transformatsiyasi uchun xizmat qiladi”.
Mazkur strategiyaning amalda tadbiq etish bo‘yicha, Covid-19 pandemiyasi bo‘lishiga qaramasdan bir yarim yil tinimsiz harakatlar oqibatida Huawei va uning rossiyadagi hamkorlari yaxshi natijalarga erishdilar.
AFK “Sistema”ning bir bo‘limi bo‘lgan Sitronics Group bilan birgalikda Huawei negizida birinchi server yaratdik. Shuningdek, oylik ishlab chiqarish hajmi 1,5 ming birlikka teng bo‘lgan 3 ta serverlar modelini yaratdik”, – deya ta’kidladi Chjou.
“Qolaversa, Huawei va “Sber” birgalikda “aqlli kampus”ning kompleks yechimini hosil qilishdi, ofisdagi ishlarni va boshqaruvni unumdorligini oshirishga xizmat qiladi. “Misol tariqasida ovozli yordamchini olishimiz mumkin, “Sber Salyut”, “aqlli” soatlari Huawei ekranlariga o‘rnatilgan, yoki bo‘lmasam, “aqlli” soatlarni misol qilamiz, ularda geolokatsiya, musiqa, ijtimoiy tarmoqlar va elektron to‘lovlarni amalga oshirish mumkin”, – dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 5G’ni litsenziyalash jarayoni va beshinchi avlod tarmoqlarini qurilishi yaqinlashayotgan bir paytda, sanoat va operatorlar biznes va foydalanuvchilar uchun kelajakdagi ssenariylarni sinab ko‘rish uchun xizmat qiladigan 5G, sinov poligonlariga muhtojlik sezmoqda.
"Ushbu laboratoriya operator va hamkorlar bilan ilovalar ishlanmalari va tarmoqlarini integratsiya qilish va ularni innovatsiyalarini amalga tadbiq etish, 5G tarmog‘ini testdan o‘tkazish, tekshirish, shuningdek, yangi serdaromad modellarini o‘rganib chiqishdir”, – dedi Chjou.
Uch millionlik bozor
Anjumanda SberData boshqaruvchi direktori Boris Rabinovich ta’kidlaganidek, Huawei bilan hamkorlik “Sber” va uning mijozlari uchun keng istiqbollarni ochmoqda.
“Biz ma’lumotlarni saqlash narxini to‘rt barobarga qisqartirib, foydalanuvchilar sonini ko‘paytirmoqchimiz. Bu juda yuksak maqsadlardir. Huawei bilan hamkorligimiz tufayli biz SberCloud bulut platformasining xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini yaratdik va haftadagi yetti kunning, tunu-kunida, uning qo‘llab-quvvatlashni tashkil etdik. Biz Rossiyada birinchi bo‘lib bunday yordamni taqdim etdik. Biz barcha xizmatlardan foydalanmaymiz. Bu faqat boshlanishi. Hammasi bo‘lib, 50 dan ortiq xizmatlar bo‘ladi ”, – dedi Rabinovich.
O‘z navbatida, AFK “Sistema”ning strategiyalar bo‘yicha ijrochi direktori Ilya Etko xalqaro hamkorlikning rossiyalik dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilari uchun afzalliklarini ta’kidlab o‘tdi.
“Keyingi o‘n yil ichida yangi xizmatlar soni ko‘payadi. Ularning barchasini bitta kompaniya tomonidan ishlab chiqish imkoniyati bo‘lmaydi. Shu sababli, mijozga turli xil xizmatlarni taqdim etishda, ham mintaqaviy, ham xalqaro hamkorlikning roli muhim bo‘ladi. Bozor juda yuqori raqobatdosh va juda murakkabdir. Lekin, bunga arziydi, albatta, chunki o‘n yil ichida u qariyb 3 trillion dollarga baholangan. Ushbu bozorda raqobatdosh ustunlikni shakllantira oladigan kompaniyalar juda katta o‘yinda ishtirok etadilar ”, dedi Etko.
"Rostelekom" OAJning strategiya va rivojlanish bo‘yicha direktori Olesya Mamchur raqamlashtirish nafaqat biznes, balki davlat, ayniqsa tibbiyot va sog‘liqni saqlash kabi sohalar uchun ham muhimligini ta’kidladi.
“Raqamlashtirishning muqobil yo‘li – bu sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa sohalarda yuqori sifatli davlat xizmatini yo‘lga qo‘yishdir.
Fuqarolarning ma’lumotlarini bitta servisda saqlash va ularni Rossiyaning istalgan joyidan olish imkoniyatidir. Bu yerda biz yechimini topishimiz lozim bo‘lgan muammo yotadi ", – dedi Mamchur.
Munozaralarda Daniyel Chjouning qo‘yidagilarni ta’kidladi,
“Rossiyaning asosiy muammosi – masofalardir. Taxminan 20% Moskva va Sankt-Peterburgda yashaydigan fuqarolarning hayotini raqamlashtirish darajasi yuqori bo‘lsa, Uzoq Sharq yoki Shimolda ko‘plab servislar hali mavjud emas”.
“Bizlar, Rostelekom, MTS bilan butun Rossiyani qamrab olish uchun hamkorlik qilishimiz mumkin. Biz ishlaymiz va uning masofalarini hisobga olgan holda Rossiya uchun eng mos keladigan tarmoqni yaratishda eng samarali yechimlarni topamiz ”, – dedi u.
Yangi texnologiyalarni starti
Yalpi majlis doirasida Rossiyada Nof+ texnologiyasining ramziy boshlanishi bo‘lib o‘tdi. Huawei kompaniyasining ma’lumotlar, kommunikatsiyalar, marketing va sotish bo‘yicha vitse-prezidenti Lyu Chjanminning so‘zlariga ko‘ra, Nof+ – bu tarmoq, ma’lumotlarni saqlash tizimining yechimidir.
“Bugungi kunda ilovalar katta hajmdagi axborotlarni generatsiya qiladi, bu esa tarmoqlar va ma’lumotlarni uzatish tizimlariga katta yukdir. So‘nggi 5-yil ichida saqlash platformalarining jadal o‘sishi, bulutli yechimlarning dinamik rivojlanishi kuzatilgan. Tezkor flesh-to‘plagichlar, qattiq disklarni samarali ravishda almashtirdi. Saqlash tizimlarini yangilagandan so‘ng, ko‘plab mijozlar tarmoq resurslarining yetishmaslik muammosiga duch kelishmoqda", – dedi Chjanmin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Nof+ tizimi nafaqat katta ma’lumotlarni saqlashni ta’minlabgina qolmay, an’anaviy tarmoqlardan, potensial bo‘yicha ham, tezligi bo‘yicha ham sezilarli darajada o‘zib ketadi. Katta ma’lumotlar Ethernet tarmog‘i orqali yo‘qotishlarsizuzatiladi.
“Biz duch keladigan ba’zi qiyinchiliklarda tarmoqning o‘tkazishdagi qobiliyatini oshirish va ma’lumotlarni uzatishga ehtiyoji mavjud. Huawei saqlash tizimlari va boshqa saqlash qurilmalari uchun o‘z yechimini taklif qildi. Mutaxassislarimiz keng qamrovli test o‘tkazdilar va juda qiziqarli natijalarga erishdilar. Nof+ hozirda bozordagi eng yangi texnologiya. Biz uni birinchi bo‘lib sotib oldik”, – dedi Merlion kompaniyasining texnik direktori Migel Antonov.
Xalqaro miqyosga qanday sakrash mumkin
HDSS ko‘rgazmasi doirasida ekspertlar, rasmiylar va dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilari muhokama maydonchalarida uchrashib, sohani rivojlantirish istiqbollarini, jumladan, AKT sohasida mahalliylashtirish muammolarini muhokama qilishdi.
Avval xabar qilinganidek, bosh vazir Mixail Mishustin avgust oyi oxirida Rossiyaning radioelektron mahsulotlariga talabni shakllantirishga bag‘ishlangan yig‘ilishda so‘zga chiqib, yil oxiriga qadar kamida 10 platformalararo tarmoq loyihalari amalga oshirilishini aytib o‘tgan. Elektron sanoatni rivojlantirish va iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga joriy etishning mahalliy yechimlarini aytib qo‘shimcha qilgan.
“Loyihalar Bosh vazir o‘rinbosari Dmitriy Chernishenko boshchiligidagi komissiya prezidiumi huzurida tuzilgan Jamoatchilik ekspert kengashida ko‘rib chiqilmoqda. Ushbu kengash tarkibiga 30 nafar biznes vakillari kiradi. Ayni paytda turli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘n ikkita malaka markazlari yaratilgan bo‘lib, ular allaqachon mavjuddir va ular hali ham shakllantirilmoqda (aqlli uy, robototexnika). Ko‘rib chiqilayotgan va ma’qullangan loyihalar 50 foizgacha subsidiya olish imkoniyatiga ega”, — dedi raqamli rivojlanish, kommunikatsiyalar va ommaviy axborot vositalari vaziri o‘rinbosari Andrey Zarenin.
Yuqori sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarishga shiddat bilan kirish usullaridan biri Sotronics Group tomonidan taklif qilingan.
“Biz ishlab chiqaruvchilar nazarida ancha yosh kompaniyamiz. Bizda sifatli ilmiy-tadqiqot markazini yaratish va raqobatbardosh mahsulotlar yaratish uchun vaqtimiz yo‘q edi, shuning uchun biz Huawei bilan hamkorlikka kirishdik. Endi bizda bozorga tezda kirish, intellektual mulkka sarmoya kiritish imkoniyati mavjud. Endi hamma ham bir xil rus protsessorlariga juda ko‘p sarmoya kirita olmaydi, chunki yetkazib berish muddati uzoq va siz buyurtmalaringizni olish uchun pulni "muzlatib qo‘yishingiz" kerak ", – dedi Sitronics Group kompaniyasining axborot-kommunikatsiyalar vaaloqa bo‘yicha vitse-prezidenti Aleksandr Troxin.