Ekspertlar Huawei konferensiyasida raqamlashtirishdagi trendlarni muhokama qilishadi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishLogotip kompanii Huawei
Logotip kompanii Huawei - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.10.2021
Obuna bo‘lish
Kompaniya vakillari “Yagona raqamlashtirilgan kelajak uyushmasini” rivojlanish strategiyasi bilan tanishtirishmoqchi
TOShKENT, 22 okt – Sputnik. Huawei kompaniyasi 26-27 oktabr kunlari har yilgi “Raqamli birlashma 2021” (HuaweiDigitalCommunityConference2021, HDCC) konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston tahririyatiga kompaniya vakillari xabar berdi.
“Konferensiya – bu mijozlarga raqamlashtirishdagi o‘zgarishlar borasida yordam beruvchi, qolaversa, AKT-ekosistemasini rivojlanishida tajribalar almashinuvi maydonidir.
Odin iz ofisov AO Kazaxtelekom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.07.2021
"Kazaxtelekom" Huawei ko‘magida birinchi maxsus FWA tarmog‘ini ishga tushirdi
“Tomoshabinlar jonli ravishda HDCC 2021 forumlarini va yalpi majlisdagi chiqishlarini tomosha qilib, o‘zlarini raqamlashtirish bo‘yicha AKT ekspertlari va ishtirokchilariga o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berib, muhokama qilishlari mumkin bo‘ladi”, – deyilgan xabarda.
"HDCC 2021-da ishtirok etish - bu dunyoda ham, Rossiyani o‘zida ham axborot kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish tendensiyalari bilan tanishish, shuningdek, raqamli energetika, bulutli texnologiyalar va mobil ekotizimidagi so‘nggi yangiliklar bilan tanishish uchun yana bir imkoniyatdir.
“AKT sohasidagi yetakchi mutaxassislar bilan biz birgalikda raqamli biznes modellarini turli sohalarda qo‘llashning amaliy holatlarini o‘rganamiz va raqamlashgan asrda, biznesni rivojlantirishning eng yangi yechimlarini muhokama qilamiz", – dedi Huawei’ning Yevroosiyodagi prezidenti Deniyel Chjou.
Tadbirda AKT sanoatining turli jihatlarini muhokama qilish uchun oltita tematik forum o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Forumning birinchi kunida, "Kengaytirish ishlari ko‘rib chiqiladi: Rossiya AKT- sanoatining dasturiy va apparat ta’minotidagi lokalizatsiya qilishdagi muvaffaqiyati muhokama qilinadi.
Konferensiyaning ikkinchi kunini “Yevrosiyoning raqamli energetikasi” sammiti ochib beradi. U yerda Huawei vakillari birinchi marta kompaniyaning Yevroosiyadagi raqamli energiya strategiyasi bilan ulashib, ma’lumotlarni qayta ishlash infrastrukturasidagi “yashil” innovatsiyalarni tayyorlashadi.
Bundan tashqari, elektr energiya sohasidagi yangi generatsiya texnologiyasi - SmartPV’ taqdim etiladi.
“Yevroosiyodagi AKT-servislari” hamkorlik forumida Huawei va uning sotuvchilariga sifatli ulanishni ta’minlaydigan tarmoqlarni yaratish uchun qanday hamkorlik qilishlari mumkinligi muhokama qilinadi.
Huawei Developer Day doirasida ekspertlar Huawei mobil ekotizimini yaratish natijalari, AppGallery ilovasining yutuqlari haqida gapirishadi, shuningdek, HarmonyOS 2.0 operatsion tizimi va yangi EMUI foydalanuvchi interfeysi bilan tanishadilar.
Shuningdek, ishtirokchilar uchun virtual ko‘rgazmaga yo‘l ochiladi. U yerda Huawey va uning hamkorlarining muvaffaqiyatlari bilan tanishish imkoni paydo bo‘ladi, kompaniyaning mahsulotlari va raqamlashtirish sanoatidagi ishlari bilan tanishib chiqib, jonli muloqot qilishga sharoit tug‘iladi.
Yangiliklar lentasi
0