Deniyel Chjou: Huawei kompaniyasi rossiyalik olimlar ishlanmalaridan manfaatdor

© Press-slujba kompanii HuaweiDeniyel Chjou
Deniyel  Chjou - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.10.2021
Obuna bo‘lish
Huawei hozir nimaga faol sarmoya kiritmoqda, kompaniyaning Rossiya va jahon bozorlarida qiziqishlari nimadan iborat – batafsil maqolada.
TOShKENT, 26 okt – Sputnik. Huawei kompaniyasi rossiyalik olimlarning izlanishlari uchun investitsiya kiritishga tayyorligini Huawei kompaniyasining Yevroosiyo mintaqasidagi prezidenti Deniyel Chjou jurnalistlarga ma’lum qildi.
U Huawei kompaniyasining 26-27 oktabr kunlari onlayn tarzda bo‘lib o‘tayotgan “Raqamli birlashma 2021” (Huawei Digital Community Conference2021, HDCC) anjumanida nutq so‘zladi.
Bu yirik anjumanda tadbirkorlar, ekspertlar va siyosatchilar axborot kommunikatsiya texnologiyalar sohasidagi raqamlashtirish tendensiyalarini muhokama qilishadi.

Yaqin kelajakdagi raqamlashtirish trendlari

Chjou so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda kompaniya sarmoya kiritayotgan ikki yo‘nalish bor. Jumladan, bu trendlar ishlanmalari uchun yangi bo‘limlarni ochmoqda.
“Birinchi navbatda bu raqamli energetika. Hozirda dunyo bo‘ylab keng muhokamalarga sababchi bo‘layotgan narsa bu uglerod neytralligidir, shuning uchun biz raqamli energetika bilan shug‘ullanadigan bo‘linma tashkil qildik”, – dedi Deniyel Chjou.
Investitsiyaning ikkinchi yo‘nalishi – bu energetika unumdorligi bilan bog‘liq.

“Bizning innovatsiyalarimiz yordamida tayanch stansiyalari energetika unumdorligi, ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari faoliyatining samaradorlik darajasini oshirmoqchimiz. Bundan tashqari, avtomobillarning elektrik tortish faoliyatini 86 foizdan 89 foizgacha ko‘tarishga qodir M-Power qurilmani ishlab chiqmoqdamiz. Shu tariqa, bir quvvatdagi marshrut davomiyligi 4,5 foizga oshiriladi”, – qo‘shimcha qildi Chjou.

Bu yangi ishlanmalarni HDCC konferensiyasi doirasida bo‘lib o‘tadigan virtual ko‘rgazmada ko‘rish mumkin bo‘ladi. Shu bilan birga ayrim texnologiyalar omma va ekspertlar uyushmasiga ilk marta namoyish etiladi.

Hukumat va biznesning raqamlashga bo‘lgan talablari

“Rossiya to‘rtinchi raqamli inqilob sari olg‘a surib, bulutli platforma, sun’iy intellekt, blokcheyn, internet mahsulotlari va katta ma’lumotlar bazalari yo‘nalishlarida katta yutuqlarga erishmoqda. Huawei Rossiya hukumati va tadbirkorlari bilan hamkorlik qiladi. Biz ko‘rib turganimizdek, xususiy va hukumat sektorida ham raqamli transformatsiya uchun katta talablar qo‘yilgan”, – deb ta’kidladi Chjou.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Huawei’ning ko‘plab rossiyalik hamkorlari allaqachon raqamlashtirish sohasida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishgan.

"Misol tariqasida bizning hamkorimiz – “Sber”ni keltirishim mumkin. Ular boshqa global moliyaviy tashkilotlar bilan solishtirganda, juda yaxshi natijalarni ko‘rsatishmoqda. Shuningdek, Federal soliq xizmatini ham ko‘rsatish mumkin. U integratsiya va ilovalarni ishlab chiqish sohasidagi yutuqlari tufayli dunyodagi eng yaxshi natijalardan birini namoyish etishmoqda”, – dedi Huawei kompaniyasining Yevroosiyo mintaqasidagi prezidenti.

Chjou Huawei kompaniyasi Rossiyaning raqamli transformatsiyasiga salmoqli hissa qo‘shmoqchiligini ham ta’kidladi.
"Rossiyalik hamkorlarimiz bilan birgalikda biz yagona raqamli kelajak hamjamiyatini qurmoqchimiz. Huawei kompaniyasi raqamli mahsulotlari bilan turli sohalarni raqamlashtirishni ta’minlaydigan va xizmatlarni yetkazib beruvchi hisoblanadi", – dedi u.
Logotip kompanii Huawei - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.10.2021
Ekspertlar Huawei konferensiyasida raqamlashtirishdagi trendlarni muhokama qilishadi
Uning qo‘shimcha qilishicha, eng qiziqarli dasturiy ishlanmalar mualliflari bo‘lgan kompaniyalar Huawei bilan birgalikda xalqaro bozorga chiqadi.

Iste’dodlar uyda qolishlari mumkin

Chjouning so‘zlariga ko‘ra, kompaniyaning yana bir maqsadlaridan biri, Rossiyada 5G simsiz tarmoqlarini rivojlantirish.
"Dunyoda beshinchi standart bo‘yicha 176 ta tarmoq faoliyat ko‘rsatmoqda, abonentlar soni esa 500 milliondan oshgan. Va biz abonentlar o‘n barobargacha oshgan tezlikni olayotganligini ko‘rmoqdamiz. Hozir dunyoda 10 mingdan ortiq 5G2B loyihalari mavjud. Ular Rossiya bozori uchun qiziqarli bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, Xitoyda 5G2B sohasida tog‘-kon sanoati, port inshootlari va ishlab chiqarishda inson ishlashi uchun xavfli bo‘lgan joylarda qiziqarli loyihalar mavjud", - dedi Deniyel Chjou.
Chjou aytishiga ko‘ra, Huawei har yili yoshlar o‘rtasida axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida tanlov o‘tkazadi.
Kompaniya uchun keyingi qadam ham hukumat, ham uyali aloqa operatorlari ehtiyojlarini qondiradigan va maqbul narx-navo nisbatiga ega bo‘lgan uskunalarni ishlab chiqish bo‘ladi.
“Oxirgi yetti yil ichida Yevroosiyo hududida 60 mingdan ziyod insonlar ishtirok etishgan. Rossiyaning 97 OTMlarida AKT-akademiyalarini tashkil etilgan bo‘lib, dunyoning har bir chekkasidagi talabalar Xitoyga borib Huawei kompaniyasining ilg‘or texnologiyalari bilan tanishishlari mumkin”, – deydi Chjou.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yuqori texnologiyalar bilan tanishish uchun vatanni tark etish, Yevropa yoki Amerikaga borishning zaruriyati yo‘q.
"Yosh mutaxassislar o‘z mamlakatida qolib, yuqori texnologiyalarni rivojlantirishga hissalarini qo‘shishlari mumkin", - deya xulosa qildi Huawei kompaniyasining Yevroosiyo mintaqasidagi prezidenti Deniyel Chjou.
Yangiliklar lentasi
0