Qorabog‘, toliblar va saylovlar: Putinning MDH yubiley majlisidagi nutqidan iqtiboslar

Putinning fikricha, toliblarni tan olishda shoshmashosharlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, ammo ular bilan hamkorlik qilish kerak
Sputnik
TOShKENT, 15 okt - Sputnik. O‘tgan 30-yil davomida MDH katta yo‘lni bosib o‘tdi, obro‘li mintaqaviy integrallashgan birlashma sifatida yanada mustahkamlandi, birlashma doirasida a’zo-davlatlar axil qo‘shnichilik, sheriklik, o‘zaro manfaat tamoyillari asosida hamkorlikni mustahkamladilar, deb bayonot qildi Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun, juma kuni bo‘lib o‘tayotgan MDH Davlat rahbarlari kengashining yubiley majlisida.
Putinning ta’kidlashicha, eng asosiysi, Hamdo‘stlik tufayli ba’zi yo‘nalishlarda mamlakatlar hatto ko‘p yillar davomida yagona davlat maqomida yashagan davrda orttirilgan iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va gumanitar aloqalarni nafaqat saqlashga, balki rivojlantirishga muvaffaq bo‘lgan.
O‘zbekiston va YeOII
Mirziyoyev YeOII va MDH sammitlarida nutq so‘zlaydi
"Albatta, ba’zida kelishmovchiliklarsiz ham kechmaydi. Eng yomoni. ushbu ziddiyatlar MDHga a’zo ayrim davlatlar o‘rtasida ro‘y berib, vaziyat o‘tkir tus olayotgani", - dedi Putin o‘tgan yili Tog‘li Qorabog‘da ro‘y bergan voqeani misol keltirar ekan.
Putin shu o‘rinda faol hamkorlik tufayli bu mojaro to‘xtatilgani, Rossiya tinchlikparvar kontingenti esa tuzilgan sulh rejimi kafolatchisi bo‘lib qolishini alohida qayd etdi.

Saylovlar

Fuqarolarning saylov huquqlari va suverenitet MDH mamlakatlari uchun dolzarb mavzudir, dedi Putin.
"Men Rossiyaning yana bir tashabbusini, ya’ni fuqarolarning saylov huquqlarini himoya qilish va saylov suvereniteti kafolatlariga bag‘ishlangan bugungi sammitga tayyorlangan qo‘shma bayonotni eslatib o‘tmoqchiman. Bu bayonotda MDH mamlakatlari xalqaro huquqning mustaqil davlatlar suverenitetini hurmat qilish va ichki ishlariga, jumladan, saylov jarayonlariga aralashmaslik borasidagi asosiy tamoyillariga sodiqliklarini bildiradi. O‘ylaymanki, siz ushbu juda mavzu dolzarb, barcha davlatlar uchun dolzarb, degan fikrga qo‘shilasiz", - dedi Putin MDH davlat rahbarlari kengashining yig‘ilishida.
Putin navbatdagi prezident saylovi, dollar va kriptovalyuta haqidagi savollarga javob berdi
RF prezidenti Rossiyada Davlat Dumasi saylovlari 17-19 sentabr kunlari bo‘lib o‘tganini eslatib o‘tdi. Davlat rahbari bu kampaniya qonun talablariga to‘liq rioya qilingan holda o‘tkazilganini ta’kidladi. "Barqaror demokratik institutlar va qonun ustuvorligi tamoyillarini qo‘llab-quvvatlash orqali saylov huquqlari va erkinliklarini qat’iy himoya qilish va rag‘batlantirishni davom ettirish muhim", - deya ta’kidladi Putin.

"Toliblarni tan olishga shoshilish kerak emas"

Putin shuningdek, o‘z chiqishi davomida toliblarni tan olishga shoshilmaslikka chaqirdi.
Toliblar (Rossiyada taqiqlangan harakat) bilan hamkorlik qilish tushunchasi mavjud, ammo ularni rasman tan olishga shoshilmaslik kerak, deb bayonot qildi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
"Ularni tan olishga shoshilish kerak emas. Ular bilan hamkorlik qilish kerakligini tushunamiz. ammo shoshilish kerak emas. Birgalikda muhokama qilamiz, maslahatlashamiz", -dedi Rossiya yetakchisi.
Rossiya prezidenti shuningdek, Afg‘onistondagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha oktabr oyida Moskvada o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqida xabar berdi. Putin MDH bo‘yicha hamkasblardan "kengaytirilgan uchlik (Rossiya, AQSh, Xitoy va Pokiston) formatidagi ishni qayta tiklanishida yordam so‘radi.
O‘zbekiston hukumatining toliblar bilan muzokaralari qoldirildi
"Afg‘onlararo yarashuv jarayonini qo‘llab-quvvatlash va umuman olganda ushbu mamlakatda vaziyat normallashuviga intilish kerak. Shu bilan biz "kengaytirilgan uchlik" ishi qayta tiklanishiga yordam bergan bo‘lar edik. Men sizlardan buni qo‘llab-quvvatlashlaringizni so‘rardim. Gap Pokiston ishtirokidagi Rossiya, AQSh, Xitoy formati haqida bormoqda. Shuningdek, mintaqaning asosiy mamlakatlari, jumladan, Markaziy Osiyo mamlakatlari ishtirokidagi "Moskva formati" haqida ham", - dedi Putin o‘z nutqi davomida.
15 oktabr kuni esa Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining yubiley majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Uning ishida Armaniston, Belarus, Moldova, Ozarbayjon, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekiston yetakchilari ishtirok etapti.
Belarus raisligida o‘tkaziladigan tadbirda tashkilotning 30-yillik faoliyatidagi ko‘p tomonlama hamkorlik yakunlari, shuningdek, savdo, investitsiyalar, sanoat kooperatsiyasi, transport, migratsiya, madaniy-gumanitar almashinuv sohalaridagi sheriklikni yanada kengaytirish borasidagi qo‘shma rejalar ko‘rib chiqilmoqda.
Shuningdek, xavfsizlikka tahdid solayotgan zamonaviy xavf-xatarlarga qarshi kurashish hamda keng mintaqada barqaror taraqqiyotni ta’minlash masalalari muhokama qilinadi.
Hamdo‘stlikda hamraislik qilayotgan O‘zbekiston prezidenti MDHni rivojlantirishning uzoq muddatli konsepsiyasi maqsad va vazifalariga erishish bo‘yicha qator muhim tashabbuslarni ilgari suradi.
Tadbir yakunida MDH makonida o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan ko‘p tomonlama hujjatlar to‘plami qabul qilinadi.