Putin navbatdagi prezident saylovi, dollar va kriptovalyuta haqidagi savollarga javob berdi

Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti 2024-yildagi prezident saylovida o‘z nomzodini qo‘yish-qo‘ymasligini hali bilmasligini xabar qildi.
TOShKENT, 14 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Amerikaning CNBC telekanali jurnalistining savollariga javob berdi.

"Hozircha hech qanday qaror qabul qilingani yo‘q"

Navbatdagi saylov haqida davlat rahbari ushbu masalada shoshilmaslik kerakligini ma’lum qildi.
"Bu mening an’anaviy javobim. Navabdagi saylovgacha hali vaqt yetarli. Ushbu mavzudagi har xil gaplar vaziyatni beqaror qiladi. Barcha davlat organlari xotirjam ishlashi, kelajakka ishonch bilan qarashlari uchun mamlakatda vaziyat barqaror bo‘lishi kerak", - dedi prezident.
Putin ikkinchi muddatga saylanish huquqi borligini, lekin hozircha bu borada hech qanday qaror qabul qilinmaganini ma’lum qildi.

Dollar istiqboli haqida

Vladimir Putin fikriga ko‘ra, dollarning umumjahon valyutasi sifatida obro‘yi kun sayin tushib ketmoqda. Dollarni sanksiya aspobi sifatida qo‘llayotgan AQSh esa, katta xatoga yo‘l qo‘ymoqda.
"Ushbu vazaiyatda , AQSh o‘zlari o‘tirgan shoxni o‘zlari kesmoqda deyish mumkin. Dollar universal dunyo valyutasi sifatida beqiyos qimmatga ega, lekin AQSh bir damlik siyosiy konyunktura deb o‘zining strategik manfaatlariga putr yetkazmoqda", - dedi Rossiya rahbari.
Rossiya prezidenti aytishiga ko‘ra, dunyoda dollarda olib borilayotgan hisob-kitoblar hajmi tobora kamayib bormoqda. Rossiya ham o‘z hisob-kitoblarida dollardan kamroq foydalishgaharakat qilmoqda. Neft savdosida dollardan foydalanish - hozircha bizn qoniqtiradi.
Putin aytishiga ko‘ra, AQSh iqtisodi sog‘lomligi butug dunyo iqtisodiga ta’sir qiladi. Rossiya dunyo iqtisodi barqaror bo‘lishidan manfaatdor.

Kriptovalyuta haqida

Kriptovalyuta hisob-kitob birligi bo‘lishi mumkin, dedi Putin. Uning yordamida mablag‘larni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish mumkin, lekin energiya resurslari savdosida undan foydalanishga hali erta menimcha, dedi Putin.
Davlat rahbarining so‘zlarga ko‘ra, kriptovalyuta hech narsa bilan ta’minlanmagan, lekin "mavjud bo‘lishga haqli".
"Biz ushbu bozor qanchalik tebranayotganini ko‘rib turibmiz. Biz uni kuzatishda davom etamiz. Balkim keljakda u jamg‘arma vositasiga aylanar. Hozircha erta", - dedi Putin.

AUKUS bloki haqida

AUKUS (Avstraliya, Britaniya, AQSh) kabi harbiy bloklar tashkil etilishi hududiy barqarorlikni barbod qiladi, dedi prezident.
"Menimcha o‘zaro do‘stlashish - bu yaxshi, lekin "birovga qarshi do‘stlashish" - bu yomon. Bu barchamiz bugun hamxo‘rlik qilayotgan, dunyo barqarorligiga putr yetkazadi.
Prezident dunyoda vaziyat kutilmagan ssenariy bo‘yicha rivojlanmasligiga va hududda qo‘shimcha tanglik yuzaga kelmasligiga umid bildirdi.

Navalniy haqida

Rossiya hukumati hech kim uchun alohida sharoit yaratib bermaydi, jumladan siyosiy faoliyat ortiga berkinishga harakat qilayotgan qonunbuzarlar uchun ham, dedi Putin Navalniy haqidagi savolga javoban.
"Siz gapirgan fuqaro ozodlikni mahrum qilish joyida", - dedi Putin.
Moskva shahar sudi 2-fevral kuni shartli qamoq jazosini o‘tash shartlariga amal qilmagani uchun Navalniyning qamoq jazosini 3,5 yil umumtartibiy koloniya muddatiga almashtirgan edi. Ayni damda u qamoqxonada jazo o‘tamoqda.
Intervyuning to‘liq shakli bilan videolavhamizda tanishing.
Yangiliklar lentasi
0