Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Mirziyoyev YeOII va MDH sammitlarida nutq so‘zlaydi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishFlagi stran-uchastnis YeAES i gosudarstv-nablyudateley pri soyuze
Flagi stran-uchastnis YeAES i gosudarstv-nablyudateley pri soyuze - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2021
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev 14-15 oktabr kunlari YeOII va MDHning videoaloqa shaklidagi sammitlari ishida ishtirok etadi.
TOShKENT, 13 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-15 oktabr kunlari YeOII va MDHning videoaloqa shaklidagi sammitlari ishida ishtirok etadi.
14 oktabr kuni davlat rahbari Qozog‘iston raisligida o‘tkaziladigan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdan tashqari majlisida kuzatuvchi maqomida nutq so‘zlaydi.
Rossiya, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston prezidentlari, Armaniston Bosh vaziri Kengash a’zolari hisoblanadi. Yig‘ilishda kuzatuvchi sifatida Kuba prezidenti ham so‘zga chiqishi kutilmoqda.
 Flagi YeEAS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.09.2021
O‘zbekiston va YeOII
Prezident: O‘zbekiston YeOII bilan samarali aloqalarni yo‘lga qo‘yishga erishdi
Yig‘ilish kun tartibiga muvofiq Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasidagi ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekiston yetakchisi o‘z nutqida YeOII bilan amaliy hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab beradi.
Tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlat maqomi mamlakatga o‘tgan yil dekabr oyida berilganini ta’kidlash joiz. Joriy yil aprel oyida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum hamda 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan Qo‘shma tadbirlar rejasi qabul qilindi.
Zaveduyushiy otdelom Sredney Azii i Kazaxstana Instituta stran SNG Andrey Grozin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.06.2021
O‘zbekiston va YeOII, MOdagi chegaralar, migrantlar va MDH taqdiri - Andrey Grozin
15 oktabr kuni esa Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining yubiley majlisi bo‘lib o‘tadi. Uning ishida Armaniston, Belarus, Moldova, Ozarbayjon, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekiston yetakchilari ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
Belarus raisligida o‘tkaziladigan tadbirda tashkilotning 30-yillik faoliyatidagi ko‘p tomonlama hamkorlik yakunlari, shuningdek, savdo, investitsiyalar, sanoat kooperatsiyasi, transport, migratsiya, madaniy-gumanitar almashinuv sohalaridagi sheriklikni yanada kengaytirish borasidagi qo‘shma rejalar ko‘rib chiqiladi.
Xavfsizlikka tahdid solayotgan zamonaviy xavf-xatarlarga qarshi kurashish hamda keng mintaqada barqaror taraqqiyotni ta’minlash masalalari muhokama qilinadi.
Hamdo‘stlikda hamraislik qilayotgan O‘zbekiston prezidenti MDHni rivojlantirishning uzoq muddatli konsepsiyasi maqsad va vazifalariga erishish bo‘yicha qator muhim tashabbuslarni ilgari suradi.
Tadbir yakunida MDH makonida o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan ko‘p tomonlama hujjatlar to‘plami qabul qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0