https://oz.sputniknews.uz/20211015/ozbekiston-hukumatining-toliblar-bilan-muzokaralari-qoldirildi-20922195.html
O‘zbekiston hukumatining toliblar bilan muzokaralari qoldirildi
O‘zbekiston hukumatining toliblar bilan muzokaralari qoldirildi
Sputnik O‘zbekiston
Ilgariroq muzokaralar 15-oktabr kuni Termizda o‘tkazilishi xabar qilingan edi. 15.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-15T13:54+0500
2021-10-15T13:54+0500
2021-10-15T13:54+0500
siyosat
afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/0f/20921463_632:889:2607:2000_1920x0_80_0_0_75e3a8b018aef0bba4a68a62bba2bc20.jpg
TOShKENT, 15 okt — Sputnik. O‘zbekiston va Afg‘oniston hukumatlari o‘rtasida juma kuni chegaradosh Termiz hududida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan muzokaralari qoldirildi.Ehtimol, muzokaralar shanba kuni bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilgan RIA Novostiga O‘zbekiston tomonidan muzokaralar ishtirokchisi."Bugun Termizda uchrashuv bo‘lmaydi. Ehtimol, u shanba kuni ro‘y beradi", — degan agentlik suhbatdoshi.Manba muzokaralar muddati nega o‘zgargani sababini keltirmagan.O‘tgan haftada O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov Qobulda Afg‘oniston muvaqqat hukumati vakillari bilan muzokaralar o‘tkazgan edi.Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, yaqin kelajakda Termizda birgalikdagi muzokaralarni o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishilgan edi.Tomonlar savdo-iqtisodiy xarakterdagi masalalarni muhokama qilishni rejalashtirgandi. Gap o‘zaro savdo aylanmasi oshishida mavjud to‘siqlarni yo‘qotrish, shuningdek, "Surxon-Puli-Xumri" elektr uzatish liniyalari ishga tushirilishi hamda Mozori-Sharif-Qobul-Peshovar marshruti bo‘yicha rejalashtirilgan temir yo‘l qatnovi haqida bormoqda.Toliblar tomonidan Afg‘onistonda hukumatning bosib olinishiAvgust oyining o‘rtalarida "Tolibon"* a’zolari mamlakat poytaxti Qobulga bostirib kirib, prezident saroyini egallab olishdi.31 avgustga o‘tar kechasi AQSh harbiylari Qobul aeroportini batamom tark etishdi va bu bilan Afg‘onistondagi qariyb 20-yillik amerika kampaniyasi o‘z yakuniga yetdi.Jangarilar Afg‘onistonning muvaqqat hukumati tarkibini e’lon qildi.Muvaqqat hukumatni "Tolibon"* birinchi bor hukumat tepasiga kelganida TIV rahbari kursisini egallagan va hozirga qadar BMT sanksiyalari ostida qolib kelayotgan Muhammad Hasan Oxund boshqarishi ma’lum bo‘ldi.* — Rossiyada va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.
https://oz.sputniknews.uz/20211015/termizga-bmtning-afgoniston-uchun-komagi-ortilgan-birinchi-bort-etib-keldi-20920359.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/0f/20921463_174:0:2903:2047_1920x0_80_0_0_e0530a06df9db187984ef38124c62ab7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
siyosat, afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
O‘zbekiston hukumatining toliblar bilan muzokaralari qoldirildi
Ilgariroq muzokaralar 15-oktabr kuni Termizda o‘tkazilishi xabar qilingan edi.
TOShKENT, 15 okt — Sputnik. O‘zbekiston va Afg‘oniston hukumatlari o‘rtasida juma kuni chegaradosh Termiz hududida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan muzokaralari qoldirildi.
Ehtimol, muzokaralar shanba kuni bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilgan
RIA Novostiga O‘zbekiston tomonidan muzokaralar ishtirokchisi.
"Bugun Termizda uchrashuv bo‘lmaydi. Ehtimol, u shanba kuni ro‘y beradi", — degan agentlik suhbatdoshi.
Manba muzokaralar muddati nega o‘zgargani sababini keltirmagan.
O‘tgan haftada O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov Qobulda Afg‘oniston muvaqqat hukumati vakillari bilan muzokaralar o‘tkazgan edi.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, yaqin kelajakda Termizda birgalikdagi muzokaralarni o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishilgan edi.
Tomonlar savdo-iqtisodiy xarakterdagi masalalarni muhokama qilishni rejalashtirgandi. Gap o‘zaro savdo aylanmasi oshishida mavjud to‘siqlarni yo‘qotrish, shuningdek, "Surxon-Puli-Xumri" elektr uzatish liniyalari ishga tushirilishi hamda Mozori-Sharif-Qobul-Peshovar marshruti bo‘yicha rejalashtirilgan temir yo‘l qatnovi haqida bormoqda.
Toliblar tomonidan Afg‘onistonda hukumatning bosib olinishi
Avgust oyining o‘rtalarida "Tolibon"* a’zolari mamlakat poytaxti Qobulga bostirib kirib, prezident saroyini egallab olishdi.
31 avgustga o‘tar kechasi AQSh harbiylari Qobul aeroportini batamom tark etishdi va bu bilan Afg‘onistondagi qariyb 20-yillik amerika kampaniyasi o‘z yakuniga yetdi.
Jangarilar Afg‘onistonning muvaqqat hukumati tarkibini e’lon qildi.
Muvaqqat hukumatni "Tolibon"* birinchi bor hukumat tepasiga kelganida TIV rahbari kursisini egallagan va hozirga qadar BMT sanksiyalari ostida qolib kelayotgan Muhammad Hasan Oxund boshqarishi ma’lum bo‘ldi.
* — Rossiyada va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.