Yangi trend: Rossiyada migrant-ayollar soni ko‘paydi

Migrant-ayollarning Rossiyaga kelish holatlari ko‘paymoqda.
Sputnik
TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Rossiyada migrantlar orasida yangi trend kuzatilmoqda, mamlakatga nafaqat erkaklar, balki ayollarning ham kelishi ko‘paydi. Bu haqda URA.RU nashri "Migratsiyaning ayol chehrasi" xalqaro konferensiyasi e’lon qilingan ma’lumotga asosan.
Endi nima qilish kerak? Rossiya 150 ming o‘zbekistonlikka qo‘yilgan “zapret”ni bekor qildi
Rossiya Federatsiyasi hududiga asosan Markaziy Osiyo davlatlaridan ayollar kelmoqda.
"Qirg‘izistondan Rossiya Federatsiyasiga kelganlarning 50 foizini ayollar tashkil qilmoqda. Tojik yoki turkman ayollarining ulushi esa bu mamlakatlardan kelgan migrantlarning kamida 10 foizini tashkil qiladi", - deyilgan xabarda.
Bu sohadagi mutaxassislar yangi trendning sababini tushuntirishdi.
Agar ilgari migrant ayollar Rossiyaga oila a’zolari sifatida kelgan va deyarli ishlamagan bo‘lsa, bu yil ularning mehnat migratsiyasida faol ishtirok etish tendensiyasi kuzatilmoqda.
O‘n ming ishchi yollash yanvar o‘rtalarigacha davom etadi - TMMA
Asosan migrant-ayollar sotuvchi, farrosh va ko‘cha supuruvchi sifatida ishga joylashadi.
Bundan tashqari, ular jismoniy kuch talab qilinmaydigan sohalarda erkaklar o‘rnini bosmoqda. Masalan, kuryerlik yoki sanoat korxonalarda muvaffaqiyatli mehnat qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Miss Rossiya migrantlar federatsiyasi" go‘zallik tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Final bosqichida Rossiya, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistondan jami 10 nafar qiz qatnashdi.
Birinchi o‘rinni o‘zbekistonlik Rushana Karimova egalladi.