Qamchi yoki pechenye: Viktoriya Nuland Rossiyaga nima bilan kelmoqda

Nulandning tashrifidan asosiy maqsad - Rossiyaning Ukraina "fronti"dagi rejalarini razvedka qilish, rahbariyat kayfiyatini ilg‘ab olish. Foydasi bo‘larmikan.
Sputnik
AQSh davlat kotibining Moskvaga tashrifi mehmonning diplomatik mavqeyidan ortiq darajada diqqat jalb etmoqda. Bir necha kun oldin Jenevada strategik barqarorlik bo‘yicha Rossiya-Amerika maslahatlari bo‘lib o‘tgan edi. O‘shanda AQSh delegatsiyasiga davlat kotibining birinchi o‘rinbosari Uendi Sherman boshchilik qilgan edi. U uchrashuvga AQSh va Rossiyadan bo‘lak hech kimning qiziqishini uyg‘otmagan edi.
Viktoriya Nuland uzoq vaqtdan beri Rossiyada “AQShning Ukraina ustidan nazorati” timsoliga aylangan. Uning Kiyevda qo‘zg‘olonchilarga pechenye tarqatgani hammaning esida qolgan. O‘sha vaqtlar Nuland davlat kotibi yordamchisi edi, Yanukovich prezidentlikni tark etganidan so‘ng bir necha bor Rossiya-Amerika muzokaralarida ishtirok etgan, jumladan Moskvaga ham tashrif buyurgan edi. Tramp prezidentlik vaqtida Nuland o‘z lavozimidan mahrum bo‘lgan edi, lekin Bayden uni Oq Uyga qaytardi va yuqoriroq lavozim berdi. Hozir Nuland davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari.
Umuman Bayden jamoasi tarkibida Nuland Rossiyani eng yaxshi biladigan mutaxassis hisoblanadi va shuning uchun ham unga AQSh siyosatining Rossiya yo‘nalishini topshirishgan. Nuland Rossiyada jami 3-yil yashagan. Uning birinchi tashrifi Andropov davrida bo‘lgan, o‘shanda u baliqchilar kemasida yashagan. Keyin 1990-yillar boshida AQSh elchixonasida ishlagan.
Bayden ma’muriyatida Rossiyani yaxshi biladigan mutaxassislardan Uilyam Berns bor, lekin hozir u MRB direktori lavozimida ishlmoqda. Bu lavozim muzokaralar olib borish uchun unchalik to‘g‘ri kelmaydi. Shuning uchnu ham Nuland.
Ukrainaga AQSh qurollari yetkazib berildi: buyog‘i nima bo‘ladi?
Lekin 2019-yilda, AQSh sanksiyalariga javob sifatida unga Rossiyaga kirish ta’qiqlangan edi. O‘shanda AQSh bir qator rossiyalik amaldorlarga AQShga kirishni ta’qilab qo‘ygan edi. Jumladan Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi Nikolay Patrushevga ham. Oqibatda xavfsizlik borasida o‘tkazilayotgan barcha Rossiya-AQSh uchrashuvlarini haligacha Yevropada yoki Moskvada o‘tkazishga to‘g‘ri kelmoqda.
Nulandning Moskvaga tashrifi bir necha oy davomida muhokama qilingan edi. Dastlab Rossiya AQSh fuqarosiga kirishni ochishga ruxsat berishga rozi bo‘lmagan. Keyinchalik esa rossiyalik amaldorlardan birini AQSh qora ro‘yxatidan chiqarish evaziga rozi bo‘ldi. Ayrimlar “Shu ayolni kiritish kerak emasdi” degan fikrni bildirishi mumkin, lekin bunda u blan boshqa davlatda uchrashishga to‘g‘ri kelardi. Bu esa Rossiyaning o‘ziga noqulaylklar tug‘dirar edi.
Moskva yetib kelganidan so‘ng Nuland birinchi bo‘lib muzokaralarning bosh maqsadi “ikki davlat orasidagi munosabatlarni barqaror va oldindan aytib bo‘ladigan qilish” ekanini ta’kidladi. Ya’ni o‘sha eski gapni takrorladi. Bu gapni Baydenning o‘zi ham bir necha bor aytgan edi.
Rossiya va AQSh prezidentlarining Jeneva sammitidan 4 oy o‘tgan bo‘lsa ham “AQSh – Rossiya” munosabatlarini yaxshilash borasida haligacha hech narsa o‘zgargani yo‘q. Aniqrog‘i, tomonlar bir biri bilan gaplashishni boshlashdi. Rabkova - Sherman maslahatlashuvlarning ikki raundi bo‘lib o‘tdi. Mana endi Nuland keldi. Ho‘sh 3 kunlik tashrifning natijalari qanday bo‘ladi?
Yangi amaliy natija – ikki davlat orasida “elchixonalar urushi”ni yumshatish haqida kelishuv bo‘lishi mumkin. Lekin Nuland bilan bu haqida kelishuvga erishishning kafolati yo‘q. Lekin ayni damda ikki tomon elchixonalar ishini shunchalik murakkablashtirib qo‘ygan-ki, ularni sal-pal yumshatish ham ayni damda katta yutuq deb qabul qilinishi mumkin.
NATO tufayli Ukraina o‘z yeridan ayrilib qolishi mumkin – UXX generali
Nuland asosiy muzokaralarni tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari rabkov bilan o‘tkazsa-da, undan tashqari AQShlik siyosatchi Putin yordamchisi Ushakov va prezident ma’muriyati rahbari Kozak bilan ham uchrashadi.
Ushakovga Nuland, “jamoaviy Bayden” gapini yetkazadi. Ya’ni Amerika ma’muriyati Kremlga nimalarni yetkazmoqchi ekanini aytadi. Bunda mavzular ikki davlat munosabatlaridan tortib, Yaqin Sharqdan tortib Uzoq Sharqqacha bo‘lgan turli xalqaro mavzulargacha bo‘lishi mumkin.
Albatta eng og‘riqli mavzulardan biri Ukraina bo‘ladi. Buni Nuland Dmitriy Kozak bilan muhokama qiladi. Ushbu mavzu nafaqat Rossiya va AQSh uchun og‘riqli, balkim Ukrainaning o‘zi uchun ham. Chunki Kiyev amerikalik homiylariga mutlaq ishonmay qo‘ygan, hatto “jonkuyar” Nulandga ham.
Nulandning Moskvaga tashrifidan oldin, OAVda Dmitriy Medvedevning Ukraina mavzusiga bag‘ishlangan maqolasi paydo bo‘lgan edi. Unda Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari mustaqil bo‘lmagan Ukraina rahbarlari, jumladan Zelenskiy bilan har qanday muzokaralar o‘tkazish – ma’nosiz, dedi.
“Bizga vassallar bilan ish tutish mutlaq mantiqsiz. Ishni suzeren bilan olib borish kerak", - degan edi Medvedev.
Bu Rossiya Ukraina masalasini amerikaliklar bilan muhokama qilishiga aniq nishona bo‘ldi. Shundoq ham oxirgi vaqtlarda Moskva kiyevlik hokomiyatni ikki tomonlama munosabatlar subyekti sifatida tan olmayotgan edi.
Darhaqiqiqat, Rossiya Ukraina uchun kurashni bugungi Kiyev elitasi bilan emas – Amerika bilan, anglosakslar bilan olib bormoqda. Xo‘sh, bundan nima kutish mumkin? Vashington bir kun kelib Ukrainani atlantizatsiya qilishdan voz kechadimi? Albatta - yo‘q, va bu borada hech qanday almashuv ham bo‘lishi mumkin emas. Ya’ni AQSh Ukraina – shunchaki Rossiya milliy manfaatlari tarqalgan hudud emas, balkim Rossiyaning tarixiy bo‘lagi ekanini va bir kun kelib u Rossiya bilan ittifoqqa qayishidek faktni tan olishni istamaydi.
AQSh bunday shartlarga hech qachon ko‘nmaydi. Ular Ukrainadan Rossiyaga qarshi imkon qadar uzoqroq foydalanishni istaydi.
Rossiya AQSh bilan “Biz sizga Ukrainani beramiz, sizlar Rossiya-Xitoy munosabatlarini bo‘shashtirsizlar” qabilida bitimlarga ham rozi bo‘lishi mumkin emas. Chunki Rossiya Ukranani baribir qaytarishiga ishonadi.
Balkim Vashington “Rossiya – Xitoy” munosabatlari buzilishi uchun Ukraina bilan to‘lashdan xursand bo‘lgan bo‘lardi, lekin Rossiya bunday taklifni qabul qilmaydi. Qabul qilgan taqdirda ham amerikaliklar bunga ishonmagan bo‘lardi.
Agar, Rossiya bunday taklifga ko‘ngan taqdirda ham u “o‘z oyog‘iga o‘zi o‘q uzgan” bo‘lardi. Chunki boshqa davlat iltimosiga ko‘ra (to‘lov evaziga bo‘lsa ham) o‘zining strategik maqsadlari va manfaatlarini o‘zgartirishga rozi bo‘lgan davlat - global siyosat subyekti bo‘lishdan voz kechdi degani. Demak bunday davlat yangi dunyo arxitekturasi me’mori bo‘lishga loyiq emas.
Putin: Rossiya va Ukraina ertami-kechmi munosabatlarni qayta tiklaydi
Albatta, Ukraina Rossiya uchun juda muhim ahamiyatga ega, lekin uni bunday baho bilan qaytarish (ya’ni Xitoyni emas, ko‘proq o‘z manfaatlarini sotish) – ma’nosiz va zararlidir. Ukrainani mustaqil ravishda, uning xalqiga ishongan holda qaytarish kerak.
Hozircha buning vaqti kelgani yo‘q. Hozir faqat atlantik homiylarning unga ta’sirini kamaytirishga harakat qilish mumkin. Aynan shuning uchun ham Moskvaga Kiyev hukumatining “suzerenlari” bilan muzokaralar kerak.
Nuland esa, okean orti hukumati vakili sifatida, Ukraina Rossiyaga bosim o‘tkazish uchun hali ham samarali vosita ekanini yana bir bor tekshirib ko‘rmoqchi. Ya’ni Ukraina mavzusida Moskva bilan gaplashganda “qamchi va pranik” uslubidan foydalanish kerakligi: dastlab Ukrainani NATOga qabul qilishni keng omma oldiada muhokama qilib, keyin esa Moskvada “xavotir olmanglar biz ularni hech qachon NATOga qabul qilmaymiz” deyish uchun.
Bu bilan Nuland Ukraina “fronti” bilan Rossiyanin yana qachongacha mazax qilish mumkinligini, “bu ruslar o‘zi kelgusi bahorda urush boshlamoqchi emasmi” qabilida Rossiya rahbariyati kayfiyatini ilg‘ab olishni ham niyat qilgan.
Lekin Nuland Rossiyani qanchalik paypaslab ko‘rmasin, Rossiya rejalarini qanchalik razvedka qilmasin, u bizning Ukrainaga bo‘lgan munosabatlarimizda asosiysini: biz Ukrainaga xuddi o‘zimizga bo‘lgandek munosabatda ekanimizni – hech qachon tushunmaydi. Biz Ukraina uchun xuddi o‘zimizdek xalq bilan jang qilmaymiz, lekin ertami kechmi o‘zimizniki qaytaramiz. Kimlardir bizga harchand xalal berishga urinsa ham.
Agar AQSh Ukraina mavzusi ularga uzoq vaqt davomida Rossiya bilan munosabatlarda kuchli kuzirga bo‘ladi deb hisoblasa, ular Afg‘onistonda bo‘lganidan ko‘ra kuchliroq umidsizlikka tushishi mumkin.