https://oz.sputniknews.uz/20210903/putin-rossiya-i-ukraina-rano-ili-pozdno-vosstanovyat-otnosheniya-20354416.html
Putin: Rossiya va Ukraina ertami-kechmi munosabatlarni qayta tiklaydi
Putin: Rossiya va Ukraina ertami-kechmi munosabatlarni qayta tiklaydi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya-Ukraina o‘rtasidagi hozirgi munosabatlarni normal deb baholab bo‘lmasligini ta’kidladi. 03.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-03T16:45+0500
2021-09-03T16:45+0500
2021-09-03T16:46+0500
siyosat
ukraina
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/10/19272470_0:0:2937:1653_1920x0_80_0_0_fa940d43e03cb9efedaab4405913fc2e.jpg
TOShKENT, 3 sen - Sputnik. Rossiya-Ukraina munosabatlari ertami-kechmi qayta tiklanadi, deb bayonot qildi juma kuni RF prezidenti Vladimir Putin Sharqiy iqtisodiy forum(VEF)ning yalpi majlisida.Rossiya yetakchisi ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning yaxshilanishi uchun sayi-harakat qilsa, kelajakda VEFda qatnashishi mumkin, degan fikrni bildirdi."Biz bugun guvohi bo‘lib turgan vaziyat mutlaqo notabiiy, normal deb bo‘lmaydi uni. Ertami-kechmi, albatta, bu qancha erta ro‘y bersa, shuncha yaxshi, biz Ukraina bilan munosabatlarni to‘liqformatli ko‘lamda qayta tiklaymiz", – deb ta’kidladi Putin, uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirmoqda.Rossiya yetakchisining ta’kidlashicha, Ukraina hukumatining qanchadan qancha avlodi RF bilan munosabatlarni qayta tiklash shiorlari bilan tepaga keladi, biroq amalda esa ular "saylovchilarni aldashdan nariga o‘tmaydi"."Bu o‘ta so‘l millatchilar ta’siri ostida ro‘y bermoqda. Shunday taassurot uyg‘onmoqdaki, saylangan yetakchilar, oliy kabinetlarga kirib olgach, ukrain jamiyatining aynan shu qismidan xavfsirashni boshlaydilar va ular ambitsiyalarini qanoatlantirish uchun hamma ishni qiladilar", - dedi Rossiya prezidenti.Sal avval Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov "Izvestiya"ga bergan intervyusida Putin va Zelenskiy uchrashuvi ro‘y berishi ehtimoli borligini, ammo unga puxta tayyorgarlik ko‘rish kerakligi haqida gapirgan edi.Shu bilan birga, Peskov, bu uchrashuv 2021-yil yakunigacha ro‘y berishi mumkinligiga shubha bildirdi.
https://oz.sputniknews.uz/20210903/putin-afgonistondagi-vaziyatni-gumanitar-falokat-deb-baholadi-20353797.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/10/19272470_373:0:2928:1916_1920x0_80_0_0_f520b00e328b2c9e24d363c0ee9b2963.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, ukraina
Putin: Rossiya va Ukraina ertami-kechmi munosabatlarni qayta tiklaydi
16:45 03.09.2021 (yangilandi: 16:46 03.09.2021) Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya-Ukraina o‘rtasidagi hozirgi munosabatlarni normal deb baholab bo‘lmasligini ta’kidladi.
TOShKENT, 3 sen - Sputnik. Rossiya-Ukraina munosabatlari ertami-kechmi qayta tiklanadi, deb bayonot qildi juma kuni RF prezidenti Vladimir Putin Sharqiy iqtisodiy forum(VEF)ning yalpi majlisida.
Rossiya yetakchisi ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning yaxshilanishi uchun sayi-harakat qilsa, kelajakda VEFda qatnashishi mumkin, degan fikrni bildirdi.
"Biz bugun guvohi bo‘lib turgan vaziyat mutlaqo notabiiy, normal deb bo‘lmaydi uni. Ertami-kechmi, albatta, bu qancha erta ro‘y bersa, shuncha yaxshi, biz Ukraina bilan munosabatlarni to‘liqformatli ko‘lamda qayta tiklaymiz", – deb ta’kidladi Putin, uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirmoqda.
Rossiya yetakchisining ta’kidlashicha, Ukraina hukumatining qanchadan qancha avlodi RF bilan munosabatlarni qayta tiklash shiorlari bilan tepaga keladi, biroq amalda esa ular "saylovchilarni aldashdan nariga o‘tmaydi".
"Bu o‘ta so‘l millatchilar ta’siri ostida ro‘y bermoqda. Shunday taassurot uyg‘onmoqdaki, saylangan yetakchilar, oliy kabinetlarga kirib olgach, ukrain jamiyatining aynan shu qismidan xavfsirashni boshlaydilar va ular ambitsiyalarini qanoatlantirish uchun hamma ishni qiladilar", - dedi Rossiya prezidenti.
Sal avval Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov "Izvestiya"ga bergan intervyusida Putin va Zelenskiy uchrashuvi ro‘y berishi ehtimoli borligini, ammo unga puxta tayyorgarlik ko‘rish kerakligi haqida gapirgan edi.
Shu bilan birga, Peskov, bu uchrashuv 2021-yil yakunigacha ro‘y berishi mumkinligiga shubha bildirdi.