Xafa bo‘ldi. NATO bloki qudratli harbiy kuchga ega bo‘lgan a’zosidan ayrilishi mumkin

AQSh bilan bo‘lib o‘tgan qizg‘in keskin bahs-munozaralardan so‘ng Parijda NATOdan chiqish haqida o‘ylab qolishdi.
Sputnik
TOShKENT, 06 okt – Sputnik, Kseniya Melnikova. AQSh bilan bo‘lib o‘tgan keskin bahs-munozaralardan so‘ng Parijda NATOdan chiqish haqida o‘ylab qolishdi.
Bayden qo‘ng‘irodan keyin vaziyat biroz yumshaganday bo‘ldi. Lekin Emanuel Makron Angela Merkeldan keyingi Yevropa Ittifoqining vorisi bo‘lishni istab, stategik mustaqillik g‘oyalarini faol tarzda targ‘ib qilib kelmoqda.
Fransuzlar o‘z manfaatlarini hurmatda bo‘lishiga harakat qilishmoqda. Lekin bunga uzoqdagi emas, balkim Yevropaning o‘zidagi hamkor davlatlar yo‘liga g‘ov bo‘lishi mumkin.
Fransiya ilk bor AQSh va Avstraliyadan o‘z elchilarini chaqirib olmoqda

Chiqish vaqti keldi

Fransiya o‘zini-o‘zi aldamasdan NATOdan chiqib ketishi lozim. Va shu bilan Shimoliy atlantika alyansini kosmik xavfsizlik yo‘nalishi bo‘yicha “mukammallik tajribasi” markazini Fransiyaning Tuluza shahrida qurish rejasini chippakka chiqarish kerakligini Milliy Majlis deputati, chap qanot "Itoatsiz Fransiya" rahbari Jan-Lyuk Melanshon aytib o‘tdi. Uning bu boradagi fikrlarini "Milliy birlashma" rahbari Marin Le Pen ham qo‘llab-quvvatlaydi. Amerikaga nisbatan bo‘lgan adovat siyosiy raqiblarni birlashishiga olib keldi.
Axir ularning bunday keskin gaplarini tushunish qiyin emas: chunki hozirda Fransiya va AQShning diplomatik mojarolari eng qizg‘in pallasidadir. Fransiyaning Naval Group kompaniyasi Avstraliya bilan 12 suv osti kemalarini qurish bo‘yicha juda katta kontraktga imzo chekishi ko‘zda tutilgan edi, ammo lekin Avstraliya amerika submarinalarini afzal ko‘rib AQSh bilan shartnoma tuzdi va bu Fransiyaning qattiq arazlab qolishiga sabab bo‘ldi.
Zaxarova: AUKUS hamkorligi tuzilishi NATO uchun shok bo‘ldi
Yaraga tuz sepib, AQSh, Buyuk Britaniya va Avstraliya mudofaa va xavfsizlik sohasida yangi AUKUS alyansini tuzganliklarini e’lon qilishdi - Fransiyani taklif qilish nari tursin – ogohlantirib ham qo‘yishmadi. Axir Parij o‘zini Tinch okeani mintaqasida Vashington bilan teppa-teng muhim o‘yinchi deb hisoblardi.
Demak, 56 milliard yevroga baholangan kontrakt muzokaralari buzilishi Fransiya uchun chinakamiga kuchli zarba bo‘ldi. Ular buni AQSh tomonidan “orqadan pichoq sanchish” va “tarsak” qo‘yish deb qabul qilishdi hamda Parijning boshqa anglosakson ittifoqdoshlari bilan aloqalarini mavhumlikka olib kelib hattoki og‘ir oqibatlarni ham keltirib chiqarishi mumkin.
NATO Qora dengiz bo‘yicha aniq qarorga keldi - Rossiya javobi qanday bo‘ladi?
Fransiya AQShdagi elchisini Vashingtonga qaytarishga ko‘rsatma berdi. Avstraliyadagi elchilarini ham qaytarib oldi. Bu orada Fransiya mudofaa vaziri Florans Parli chiqish qilib, Vashingtonni ancha yillardan beri ishonchli sherik deb hisoblamasligini ta’kidladi.
Emamanuel Makron ham bu orada jim o‘tirmadi, AQSh bilan birgalikda Chesapik dengiz jangining 240-yilligini nishonlashni bekor qilib, hattoki dekabr oyida AQShda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan demorkatiya forumidi ham qatnashishni xohlamadi. Makron ochiqchasiga aytdi: u sodir bo‘lgan voqeani shaxsiy haqorat deb qabul qildi, shuning uchun u NATOda qolishning mantiqiyligini muhokama qilish niyatida.
Rossiya harbiylari chegarani buzgan NATO kemasiga ogohlantiruvchi o‘t ochdi
Fransiya tarixiga nazar solsak, bunday hodisa ilgari boshidan o‘tganiga guvoh bo‘lish mumkin. 1966-yilda general Sharl de Goll amerikaliklardan hurmat talab qilib o‘z mamlakatini shimoliy alyansning harbiy strukturalaridan olib chiqib ketgan, faqat siyosiy ishtirokini qoldirgan holda. Nikolya Sarkozi qudratga kelganda mamkalat 2009-yilda yana qayta NATOga qo‘shildi. Aytgancha, o‘sha davrda bunga qarshilar ham bo‘lgan, ey ko‘zlaringni ochinglar NATOga a’zo bo‘lish mamlakatimizni AQShga qaram qilib qo‘yishi mumkin degan iddaolar bilan sotsialistlar Milliy majlisga o‘zlarining vakillarini ham yuborishgan.

Birlashgan front bilan AQShga qarshi

Bu mojaroda Yevropa Ittifoqi Fransiya tomonida bo‘ldi. Brussel ham bunga o‘zining fikrini bildirdi: Parij bilan shartnomani yo‘q qilinishi – bu butun boshli Blok uchun chaqiriq. Baydenning Yevropadagi ittifoqchilari bilan yarashishga bo‘lgan harakatlari, Tramp davrida ancha buzilgan munosabatlarni yumshatishga bo‘lgan sa’yi-harakatlari chipakka chiqdi.
Shunday bo‘lsada, submarina voqealaridan so‘ng Donald Tramp yevropaliklar uchun maqbul suhbatdosh bo‘lib chiqdi – har holda u o‘zining muddaosini berkitmasdi. Yevropa kengashining rahbari Sharl Mishel fikriga ko‘ra, hozirda Vashington unchali bir ishonli shekik emas, shuning uchun unga kamroq tayanib o‘z shaxsiy mudofaa kuch-qudratini barqarorlashtirish lozim.
Rossiya harbiylari Qora dengizda NATO kemasiga ogohlantiruvchi o‘t ochishdi - video
Ayni bir paytda Bruselda mustaqil qurolli kuchlar yaratishni anchadan beri orzu qilinayotganligini yashishirmayapti. Lekin rejalar rejaligicha qolib ketmoqda, chunki: har safar Polsha, Buyuk Britaniya va Baltiya mamlakatlari bunga qarshi chiqishadi. Amerik Qo‘shma Shtatlari ham bunga o‘z sabablariga ko‘ra qarshi: axir bu ularning Yevropadagi ta’sirini zaiflashishiga olib keladi.
Buyuk Britaniyaning The Telegraph nashri hozir shu ishlarni qilishni ayni payti ekanligiga ishonch bildirmoqda, xususan, Makronni bu vazifani uddalay oladigan – eng maqbul lider nomzod sifatida ko‘rmoqda.
Angela Merkelning Germaniya kansleri lavozimidan ketishi, Fransiya prezidentiga birlashgan Yevropada birinchi raqamli siyosatchi bo‘lishiga zamin yaratmoqda, keyin esa harbiy integratsiya g‘oyasini ilgari surish imkonini paydo qilmoqda.
Fransiya 1-yanvardan boshlab Yevropa Ittifoqida raislik etadi. Shuningdek, kelasi yilda mudofaa masalalari bo‘yicha sammit ham bo‘lib o‘tadi. Unda tezkor munosabat kuchlari borasida aniqlik kiritilishi kutilmoqda.

Saylov oldidan tayyorgarlik

Ayni paytda Fransiyaning o‘zida prezidentlik kampaniyasi boshlangan. Saylovlar 7 oydan so‘ng bo‘lib o‘tadi. Hozircha Prezidentlikka ehtimoliy nomzodlar sifatida Makronning o‘zini hamda Melanshona va Le Penlarni ko‘rsatishmoqda. Shuningdek, jurnalist va siyosatshunos Erik Zemmur nomzodi ham bor. U allaqachon teledebatlarda muntazam qatnashib kelmoqda, lekin u saylov poygasiga qo‘shilganini hali tasdiqlamadi.
NATO harbiy mashqlari Qrim yaqinida provokatsiyalar bilan boshlandi - video
"Makronning hozirgi tashqi siyosatdagi qadamlari uning mashhurligiga hissa qo‘sha olmadi. Lekin jamoatchilik so‘rovlarida u haligacha peshqadamlik qilib kelmoqda. Mamlakatning ko‘plab ichki muammolari bor: ko‘p islohotlar oldinga siljimagan. Prezident esa tashqi kuzrlarni maksimum o‘ynatishga harakat qilmoqda", – deb tushuntirdi Rossiya Fanlar Akademiyasi Yevropa institutining yetakchi ilmiy xodimi Sergey Fedorov.
Rossiya Xalqaro ishlar kengashi bosh direktori Andrey Kortunov uning fikriga qo‘shilmoqda: "Mamlakat ichki siyosatida deyarli hech narsa oldinga qarab siljimayapti. Bu esa o‘z navbatida muammolarni tashqi siyosatdagi muvaffaqiyatlar bilan qoplashga urinishlarga olib kelmoqda, buyuk davlat maqomi - bu fransuz saylovchisi uchun qandaydir bo‘sh tovush emas".
Qora dengizga NATOning ikkita harbiy kemasi kirib keldi
Hozir Parij uchun judayam qulay sharoitdir. "Britaniya ITdan chiqib ketgandan so‘ng, Fransiya Yevropa Ittifoqidagi yagona yadroviy kuch bo‘lib turibdi va BMT Xavfsizlik Kengashining Yevropa Ittifoqidagi yagona a’zosi bo‘lib qoldi. Bu esa fransuz ambitsiyalarini hosil bo‘lishiga olib kelmoqda. Makron bezijga ma’lum sharoitlar yuzaga kelsa, Yevropa Ittifoqidagi sheriklarini Fransiya yadroviy arsenali yordamida himoya qilishi mumkinligini aytmagan.", – deb qo‘shimcha qildi ekspert.
Biroq, Kortunov bir narsaga aminki: munosabatlar keskinlashganiga qaramay, 50-yil oldingi vaziyat takrorlanmaydi va Fransiya baribir NATOdan chiqmaydi. AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken allaqachon Parijga yetib kelgan, Fransiya elchisi Filipp Etyen esa Vashingtonga qaytib jo‘nab ketgan. Bu orada respublikada yetkazilgan zararlarni qolpanishini kutishmoqda, shu jumladan ma’naviy zararlarni ham.