Rossiya harbiylari chegarani buzgan NATO kemasiga ogohlantiruvchi o‘t ochdi

© Sputnik / Sergey Petrosan / Mediabankka o‘tishChernomorskiy flot RF
Chernomorskiy flot RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.06.2021
Obuna bo‘lish
Qora dengiz floti chegarachilar bilan birgalikda Fiolent burnida Buyuk Britaniyaning Defender kemasi tomonidan Rossiya chegarasini buzish holatini to‘xtatdi,
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. Qora dengiz floti chegarachilar bilan birgalikda Fiolent burnida Buyuk Britaniyaning Defender kemasi tomonidan Rossiya chegarasini buzish holatini to‘xtatdi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi.
Rossiya harbiylari ta’kidlashicha, soat 11:52 da ingliz kemasi Rossiya chegarasini kesib o‘tib, Fiolent burni yaqinidagi hududiy dengizda 3 kilometrga kirdi. Kema chegara buzilgan taqdirda qurol ishlatilishi to‘g‘risida ogohlantirildi, ammo esmines ekipaji buni e’tiborsiz qoldi.
Rossiya Qora dengizning qator hududlarini chet el kemalari uchun yopmoqda
12:06 va 12:08 da chegara qo‘riqlash kemasi ogohlantiruvchi o‘t ochdi. Yana to‘qqiz daqiqadan so‘ng Su-24m samolyoti esmines yo‘nalishi bo‘ylab to‘rtta OFAB-250 ogohlantiruvchi raketa uchirdi.
12: 23da Buyuk Britaniya kemasi Rossiya Federatsiyasining dengiz hududiy chegaralarini tark etdi.
Voqeadan keyin Buyuk Britaniya elchixonasidagi attashe harbiy idoraga chaqirildi.
14 iyun kuni Buyuk Britaniyaning "Defender" esminetsi va "Everton" fregati Qora dengizga kirishdi. Bir kun oldin amerikalik esmines ham hududga keldi.
Yangiliklar lentasi
0