Urush boshlamasin tag‘in: AQSh prezidentidan yadro tugmachasini olib qo‘yishdi

Yanvar oyida legitim saylangan AQSh prezidenti amerika yadro qurollarini nazorat qilmagan. Mazkur olamshumul yangilikni taniqli tergovchi - yarim asr avval prezident Niksonga qarshi "Uotergeyt" ishlariga bosh bo‘lgan Bob Vudvord olib chiqdi.
Sputnik
Jurnalistika olamining 78 yoshli oqsoqoli o‘zining "Tavakkal" ("Peril") nomli kitobida AQShning Birlashgan qo‘mita qo‘shma shtablari boshlig‘i Mark Milli so‘zlaridan iqtibos keltirgan. Millining Vudvordga aytishicha, u 6-yanvar voqealaridan keyin, Tramp o‘z iste’fosidan oldin allaqanday tartibsizliklarni keltirib chiqarishi mumkinligidan havotirga tushib, yadroviy zarba berish qarori algoritmini o‘zgartirgan.
Bayden Avstraliya bosh vazirining ismini unutib qo‘ydi
Tabiiyki, mavzu shu qadar "portlovchiki", Milli bu haqda gapirganda o‘ta uzoqdan, ezop tilida gapiradi. Biroq, u nimaga qo‘l urganini tushunish qiyin emas. Amerika qonuniga ko‘ra, mamlakat prezidenti Yadroviy raketalarni uchirish to‘g‘risida buyruq berishdan oldin, qo‘mondonlar bilan jumladan, AQShning Birlashgan qo‘mita qo‘shma shtablari boshliqlari Raisi bilan maslahatlashishi lozim. Harbiylar ovozi bunda muhim rol o‘ynamaydi, ular faqat muhokama qilishlari mumkin. Biroq Milli mazkur yo‘nalishda Tramp tomonidan beriladigan har qanday buyruqlar birinchi bo‘lib unga yetkazilishi lozimligi, nima qilish kerakligi haqida esa uning o‘zi qaror qabul qilishi haqida ofitserlarni ogohlantiradi.
Biroq bu ham kamlik qildi. Trampga hech narsa demasdan general Milli xitoylik hamkasbi Markaziy Harbiy Komissiya Birlashgan shtabi boshlig‘i Li Szochenga qo‘ng‘iroq qilib, agar biror nima yuz beradigan bo‘lsa, hayajonlanmasligini so‘ragan. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, shunday degan: "General Li, agar biz hujum qilmoqchi bo‘lsak, sizga qo‘ng‘iroq qilaman. Bu siz uchun surpriz bo‘lmaydi".
Hozir esa respublikachilar va demokratlar bu qo‘ng‘iroq davlatga xiyonatmi yoki yo‘qligi ustida qizg‘in bahslashmoqdalar.
Putin Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarining chiqarilishini qoraladi
Ko‘pchilikning ovozi bu harakatni davlatga xiyonat deb tan olgan bo‘lsada, biroq, oliy darajadagi AQSh hukumati boshqaruv tizimida hamma narsa shu qadar chigallashib ketganki, demokratlar: "siz tushunmayapsiz, bu boshqa narsa!" — deya baqirishmoqda va ko‘pchilik ularga ishonmoqda ham.
Bayden kelishi bilan vaziyat yaxshilandimi? Hech narsa o‘zgarmadi. AQSh Bosh qo‘mondonini Afg‘oniston haqida savollar berish uchun Kongressga taklif qilishdi, xolos. Biroq, Baydenning boshqa ishlari chiqib qoldi. Uning o‘rniga, kongressmenlar oldida, vaziyat haqida tushunchaga ega bo‘lmagan davlat kotibi Blinken javob berdi.
"Bizda hammasi uchun kim javob beradi o‘zi? Karorlarni kim qabul qiladi?" - deb uni so‘roqqa tutdi senator Rish. Senator Blinkenga shuningdek, prezident yaqinda Kaliforniya shtatlarida bo‘lgan yong‘inlar masalasida mutasaddilar bilan uchrashuv o‘tkazayotganda jonli efirdan uzib qo‘yilgani, davlat rahbarining gapi chala qolgani haqida ham eslatib qo‘ydi. “U qo‘g‘irchoqku axir, uni darxol o‘chirib qo‘ymasliklari haqida Oq uydagilarga bir og‘iz gap ham aytolmaydi", - dedi Rish.
Klinton spichrayteri va AQShning yangi Davlat kotibi: Toni Blinken haqida nimalar ma’lum
Mayliga edi, agar bularning hammasi 200 ta landovurdan iborat armiyaga ega bo‘lgan birorta banan respublikasida sodir bo‘lganida. Haqiqatdan ham kulgili holat emasmi, agar davlatning bosh shtabi boshlig‘i dushman-mamlakat shtabidagi oshnasiga qo‘ng‘iroq qilib: "Bro, biror nima bo‘lsa, havotir olmay tur. Yadroviy qurolni sen tomonga uchirishdan oldin qo‘ng‘iroq qilib ogohlantirib qo‘yaman", desa.
Axir Qo‘shma Shtatlar – an’anaviy, yadroviy, biologik va kimoviy qurollar zaxiralari bo‘yicha shak-shubhasiz dunyo chempiondir. Vaqti-vaqti bilan efirdan uzib qo‘yiladigan, jinnisifat keksa janob dunyodagi eng qudratli armiyani boshqarmoqda.
Qolaversa, AQSh harbiy mashinasi hozirda qiziqarli transformatsiya bosqichida turibdi. Ayrim tahlilchilarning fikricha, Afg‘onistondan qochish va AQShning Saudiya Arabistoni ko‘rsatadigan harbiy ko‘magidan favqulodda voz kechgani tasodif emas. Bu bema’ni va hammani toliqtirgan "Xalqaro terrorizmga qarshi kurash"ning yakunidir. Oxirgi vaqtlarda u nanay yigitchalarining o‘zaro kurashi va ancha ko‘lamdor bo‘lgan xalqaro agressiyani avj oldirish dasturi ko‘rinishini olayotgan edi.
Rand korporatsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, 2014-yilda Pentagonda "Uchinchi tiklanish" (The Third Offset) deb nomlangan maxfiy rejani muhokama qilishni boshlashgan. Reja AQShning asosiy harbiy raqibi taxminan teng kuchlarga ega bo‘lgan - Xitoy va Rossiya bo‘lishini nazarda tutardi. Ular ustidan g‘alaba qozonish Amerikaning yangi, ko‘p qutbli dunyoda gegemonligini ta’minlashi kerak edi.
Afg‘oniston yoki Iroq kabi barcha mayda-chuydalarni unutish taklif etilib, kuchlarni buyuk derjavalarga qarshi jamlash taklif etilgan edi. Buning uchun super texnologiyali armiya talab etilardi. Robotlar, sun’iy intellekt, kosmik texnologiyalar, kiber qo‘shinlar - mana shularning hammasi.
Rossiya yangi jangovar robotlarning kuchini ko‘rsatdi - video
Nima uchun "Uchinchi tiklanish"? Gap shundaki, AQSh armiyasi birinchi marta Koreya urushida mag‘lubiyatdan so‘ng texnologik qayta tiklanishni boshdan kechirgan edi. Ikkinchi texnologik ilgarilash Vyetnamdagi mag‘lubiyatdan keyin yuz bergan. Uchinchi tiklanish terrorizmga qarshi urushda muqarrar mag‘lubiyatdan keyin amalga oshirilishi rejalashtirilgandi.
Fikr birdaniga qo‘llab-quvvatlanmagan. Biroq, 2018-yilda, Tramp davrida, milliy mudofaa strategiyasi qabul qilingandi. Unda AQShning asosiy raqiblari etib aynan Xitoy va Rossiya belgilangan - Hind va Tinch okeani esa bo‘lajak harbiy harakatlarning asosiy teatri sifatida belgilangan edi.
"Uchinchi tiklanish", albatta, bu sizga sahro bo‘ylab toliblarni quvish emas. Boshqa strategiya, boshqa qurol, boshqa pullar. Tramp davrida Pentagon budjeti 700 milliard dollardan oshib ketdi. Bayden 2022-yilda armiyaga 753 mlrd mablag‘ ajratishni rejalashtirmoqda. Jumladan, yuz milliarddan ko‘prog‘i yangi harbiy texnologiyalar flagmani - AQSh Mudofaa vazirligining istiqbolli tadqiqotlar boshqarmasiga yo‘naltiriladi. 10,4 milliarddan ortig‘ini kiber qo‘shinlar oladi.
Qizig‘i shundaki, bu ulkan rejada eng katta rolni sun’iy ong o‘ynaydi. Google egasi Erik Shmidt, Palantir egasi Piter Til va boshqa raqamli oligarxlar uzoq vaqtlardan beri Pentagonga o‘z ishlanmalarini muvaffaqiyatli pullab kelishmoqda.
Ularning qanday ishlashi boshqa masala. Xuddi o‘sha sun’iy ong bir necha bor katta xatolarga yo‘l qo‘ygan. Masalan, 2003-yilda, Iroq urushi avvalida odamlar aralashuvisiz uchirilgan amerika "Petriot" raketalari xatolik tufayli avval britan, keyin esa amerika qiruvchilarini urib tushirgan. Uchuvchilar halok bo‘lgan.
Yaqinda esa oldindan ogohlantirish tizimi Amerikaning Germaniyadagi Ramshtayn bazasida yolg‘on trevoga signalini berdi. O‘sha paytda Boltiq dengizida Rossiya harbiy -dengiz kuchlarining mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tayotgan edi. Kompyuter mashg‘ulotlar vaqtida uchirilgan raketalarni haqiqiysi bilan adashtirgan.
Shunga qaramay, amerikalik sheriklar qsun’iy ongni yadro qurollari sohasida sun’iy intellektdan yanada ko‘proq foydalanishni rejalashtirmoqda. Yana qayerda deng, qurolni uchirish to‘g‘risida qaror qabul qilish kabi nozik sohada.
Rossiya va Xitoy Osiyoni o‘zgartirdi – Amerika esa uni qo‘ldan boy bera boshladi
Amerika mudofaa nashrlari, xuddi o‘sha Rand korporatsiyasi, tahdidni aniqlash va qaror qabul qilishda kompyuter qanday xatoliklarga yo‘l qo‘yishi mumkinligi haqida tushunchalar beruvchi o‘nlab ssenariylarni allaqachon chop etgan. Masalan, g‘ayrioddiy atmosfera hodisasi ham uni chalkashtirib yuborishi mumkin. Kompyuter uni dushman raketalari deb qabul qilib, javoban o‘sha tomonga raketalarni uchiradi. Dushman esa darhol haqiqiy hujum bilan javob qaytaradi. Apokalipsisga xush kelibsiz.
Biroq, bu g‘oya tobora ommalashib bormoqda. Beixtiyor, amerikalik sheriklarga sun’iy ong faqat shunchaki niqoblanish uchun kerakdek tuyuladi. Raketalarni uchirish buyrug‘ini kim bergan? Anu kompyuter. U shunchaki xatoga yo‘l qo‘yibdi. Amerikaning "Kosmik odisseya"dan tortib "Interstellar"gacha filmlarida kompyuterlar qay tarzda aqldan ozishganini kuzatganmisiz? Hech kim hech qanday javobgarlikka ham tortilmaydi. Axir kompyuterni Nyurnbergga olib bormaysizku.
Qarang, Amerika elitasida qanday ko‘rsatishga arziydigan namunali xaos hukm surmoqda. Ochiq maydonda yomon oriyentirovka oladigan prezident. Eng kerakli vaqtda hamisha qayoqqadir g‘oyib bo‘ladigan vitse-prezident. Nochorligi shundoq ko‘rinib turgan davlat kotibi.
Harbiylar deysizmi? Mana, general Mark Milli Amerika armiyasiga xilma -xillik va multimadaniyatni singdirish g‘oyasiga haddan berilgan. U transgenderlarga va jinsiy yo‘nalishi noaniq shaxslarga homiylik qilmoqda. Milli haqida aniq tasavvurga ega bo‘lish uchun amerika armiyasida xizmatni reklama qiladigan rolikni tomosha qilishning o‘zi kifoya. Ha, aytish esdan chiqayozibdi, u sal shamol essa ham, darhol xitoyliklarga qo‘ng‘iroq qilib, raketa uchirilishi haqida ogohlantiradi.
Namunaviy zaif elita. G‘alati harbiy friklar. "Bizda hammasiga kim javobgar?!" Ixtiyorsiz ravishda qo‘mondonlikni sun’iy ongga topshirgingiz keladi. Keyin esa "chuqur davlat"dan bo‘lgan noma’lum oligarxlar tomonidan qabul qilingan har qanday qarorni kompyuter xatosida yo‘yish mumkin.
Pentagon Rossiya bilan yadroviy urush yuz berishi ehtimoli haqida bayonot berdi
90-yillarda sobiq respublikalar SSSRdan ajralib chiqqan paytda, amerikalik sheriklar qanday shov -shuv ko‘tarishgan edi. Yadro qurolining tarqalishi, o‘g‘irlanishi va kontrabandasi haqida son-sanoqsiz prognozlar bo‘lgan edi. Ularning hech biri amalga oshmadi. Sovet sivilizatsiyasi so‘nggi sinovdan sharaf bilan o‘tdi: u yadro qurolini saqlab qoldi va hamma uchun to‘liq xavfsizlikni ta’minladi.
Amerikaliklarning o‘z raketalariga bo‘lgan munosabatini e’tiborsizlikdan boshqa narsa narsa deb atash mumkin emas. Shunday yangiliklar fonida, beixtiyor raketalarni uchirish kodlarini yo‘qotib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan Bill Klinton yodga tushadi. Kodlarni keyin uzoq qidirishgan edi.
Agar Amerika elitasi bunday ongni namoyish qilayotgan ekan, ularning sun’iy ongi yaxshiroq ishlashiga kim kafolat beradi? Xalqaro hamjamiyat Qo‘shma Shtatlardagi yadroviy tugmacha bilan sodir bo‘layotgan dahshatga e’tibor qaratishi vaqti kelgandir, ehtimol. Balki ular ega arsenallarni xalqaro nazorat ostiga olish kerakdir? Aytgancha, Rossiya bu borada yordam berishi mumkin.