Bayden Avstraliya bosh vazirining ismini unutib qo‘ydi

© AFP 2023 / MANDEL NGANPrezident SShA Djo Bayden
Prezident SShA Djo Bayden - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2021
Obuna bo‘lish
Ilgari Oq uy rahbari AQSh mudofaa vaziri va Pentagon nomini unutib qo‘ygan edi.
TOShKENT, 16 sen – Sputnik.AQSh prezidenti Jo Bayden muzokaralar davomida Avstraliya bosh vaziri Skot Morrisonning ismini unutib qo‘ydi. “RIA Novosti: SShA” Telegram-kanal bu holat aks etgan videoni chop qildi.
15 sentabr kuni Bayden, Morrison va Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson onlayn mudofaa va xavfsizlik sohasida “AUKUS” yangi sheriklik tashkil etilganini rasman e’lon qilishgan.
Taqdimotda AQSh rahbari Jonsonni ismi bilan atadi, biroq Baydenning Avstraliya bosh vaziriga qanday yuzlangani qiziq bo‘ldi.
“Tashakkur, Boris. Men anavi pastda turgan yigitga ham minnatdorchilik bildirmoqchiman. Katta rahmat, og‘ayni. Men buni qadrlayman, janob bosh vazir”, - dedi Bayden uchrashuvda.
Qayd etish joizki, bu Jo Bayden bilan yuz bergan birinchi noqulay holat emas. Ilgari Oq uy rahbari AQSh mudofaa vaziri va Pentagon nomini unutib qo‘ygan edi.
Yangiliklar lentasi
0