Narkotiklar, soliqlar va sirli homiylar. Toliblar milliardlarni qayerdan oladi

Sputnik
TOShKENT, 1 sen — Sputnik, Kseniya Melnikova. Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga kelgan "Tolibon"* mamlakat iqtisodiyoti ustidan ham nazoratni qo‘lga oldi. Narkotrafikning intensivligiga qaramay, so‘nggi o‘n yilliklar davomida uyushma mablag‘larni faqatgina afun va geroin savdosi orqali topayotgani yo‘q.
Tolibon o‘zlari nazoratga olgan hududlarga soliq joriy qildi, transport kompaniyalari va uyali aloqa operatorlaridan o‘lpon talab qilishdi, shuningdek Pokiston va Fors ko‘rfazi mamlakatlaridan pul olib turardilar. Bu yiliga bir yarim milliard dollardan oshardi. Davlat xazinasini to‘ldirish uchun bu yerli bo‘ladimi-yo‘qmi, RIA Novosti materialida o‘qing.

Faqat narkotiklarmas

"Narkotiklar ishlab chiqarilishi ham, kontrabanda ham bo‘lmaydi. Afg‘oniston boshqa opium yetishtiriladigan mamlakat emas", — dedi "Tolibon"* harakati vakili Dabixulla Mojahed. Bunda chet el ko‘magi kerak bo‘ladi, deb qo‘shimcha qildi u.
Bunday va’dalar birinchi bor yangrayotgani yo‘q. 2000-yilda islomchilar xalqaro maydonda tan olinishni istab, opiy yetishtirishni ta’qiqlashgan edi. Dalalar yo‘q qilinardi. O‘shanda narkotrafik chindan ham qisqargan edi. Ammo AQSh Afg‘onistonga bostirib kirib, jangarilar hokimiyatni qo‘ldan boy bergach, opium, geroin va metamfetamin savdosi yana gullab-yashnay boshladi.
Tolibon* harakati O‘zbekiston xalqini Mustaqillik bayrami bilan qutladi
BMTning narkotiklar va jinoyatlar ustidan nazorat boshqarmasi Afg‘onistonni dunyodagi eng yirik opiy yetishtiruvchilardan biri deb hisoblaydi. O‘tgan yili ko‘knori hosili u yerda 37 foizga ko‘paydi. 263 ming gektar maydon ushbu o‘simlik bilan qoplab olingan — bu mutlaq rekord ko‘rsatkichdir.
Narkotiklar toliblarga, BMTning narkotiklar va jinoyatlar ustidan nazorat qilish boshqarmasi hisob-kitobiga ko‘ra, yiliga 400 million dollar daromad keltiradi.
Ular uchun uzoq vaqt asosiy daromad manbai bo‘lmagan. Ammo so‘nggi yillarda vaziyat o‘zgardi - islomchilar o‘z iqtisodiyotini diversifikatsiya qilishdi.

Turfa daromadlar ko‘pligi

Harakat yetakchilaridan biri, guruh asoschisi mulla Umarning o‘g‘li mulla Muhammad Yoqub pul topishning boshqa yo‘llarini izlashga chaqirdi. Jangarilar maqsadli ravishda mineral resurslarga boy hududlarni egallay boshladilar.
Afg‘onistonda juda ko‘p foydali qazilmalar bor - mis, boksit, temir rudasi, marmar, kamob litiy. Oltin ham bor. Bularning barchasi bir necha trillion dollarga baholanmoqda. Ko‘plab qazilma joylar hali ham teginilmagan. Jangarilar qo‘liga o‘tganlari esa yiliga 460 million dollardan ko‘proq daromad olib keladi. The Financial Times ma’lumotlariga ko‘ra, xaridorlar - bu asosan Xitoy, Pokiston va BAAdan kelgan xususiy kompaniyalardir.
“Tolibon” Kobul aeroportini o‘z nazorati ostiga olish muddatini belgiladi
"May oyida BMT toliblarning yillik daromadi — 300 milliondan 1,6 milliard dollargacha ekanligini ma’lum qilgan edi. Faqat birgina soliqning o‘zidan ular o‘tgan yili 160 million dollar yig‘ib olishgan. Provinsiyalarni bosib olar ekan, islomchilar birinchi galda mahalliy g‘aznani o‘marar, qurol va bronetexnikani o‘ziniki qilib olar, shuningdek, korxonalar va aholidan pul yig‘ardi.
O‘n foizli soliq va kommunal to‘lovlar uchun yig‘im kiritardilar (faqat elektr energiyasining o‘zi yiliga ikki million daromad keltirardi), shuningdek, yuklar tranziti uchun o‘lpon talab qilib, har qanday biznesga qo‘l suqishga urinishardi. Yoqilg‘i, sigaret, oziq-ovqat mahsulotlari, dorilar, birinchi zarurat predmetlarini yetkazib berish haqidaku alohida maqola yozish kerak.
Boz ustiga toliblarga chetdan yordam berishadi. BBC News jurnalistlarining aniqlashlaricha, Fors qo‘ltig‘i mamlakatlari - Saudiya Arabistoni, BAA va Qatardagi xususiy homiylardan 500 million dollarga yaqin pul tushib turadi.

Ilk qiyinchiliklar

"Toliblar moliyaviy imperiyani qurdilar, lekin ular hukumat tepasiga kelganida, hammasi darz ketadi", - deya bashorat qildi G‘arb matbuoti. Shunday bo‘ldi ham. Ilgari iqtisodiyotning soyadagi sektoridagina xo‘jayinlik qilgan islomchilar hozirdanoq birinchi qiyinchiliklariga duch kelishdi.
Yangi hukumat va’dalariga ishonmay, aholi banklarga o‘z jamg‘armalarini olish uchun yugurishdi, deydi Qobulda ishlaydigan Bloomberg muxbirlari. Bu iqtisodiyotga jiddiy zarba berdi. Bankomatlarda naqd pul qolmayapti, narxlar shiddat bilan osmonga ko‘tarilmoqda. Jumladan, un va yog‘ uch baravar qimmatladi. Ko‘chalar kimsasiz, aksariyat dorixonalar esa yopiq.
Toliblar Fransiya va Germaniya saylovlariga aralashishdi
"Bank tizimi falaj holatga kelgan. Afg‘oniston — importga tobe bo‘lgan mamlakat. 870 million dollar olib chiqiladi, 8,6 milliard dollar olib kiriladi. Toliblar endi xalqni boqishi, davlat apparatini ta’minlashi kerak", — deya tushuntirdi RIA Novosti bilan suhbatda RFA sharqshunoslik instituti ilmiy xodimi, zamonaviy Afg‘onistonni o‘rganish markazi direktori Omar Nessar.
Davlat harajatlarining yetmish besh foizi odatda xalqaro yordam hisobiga qoplangan. Qobul yiliga to‘rt milliard dollardan ko‘p mablag‘ olgan. Endi esa bunga umid qilib bo‘lmaydi.
Mamlakatdan qochib ketgan Afg‘oniston Markaziy banki rahbari Ajmal Ahmadiyning so‘zlariga ko‘ra, oldingi hukumat tomonidan to‘plangan mablag‘larning kattagina qismi respublika tashqarisida. To‘qqiz milliard valyuta zaxirasidan yetti milliardi AQShda saqlanmoqda. Bayden ma’muriyati bu aktivlarni muzlatishni rejalashtirgan.
YeI qochoqlarni qabul qiladi Afg‘oniston qo‘shnilariga moliyaviy yordam bermoqchi - OAV
Afg‘onistonga inflyatsiya "sakrashlari", milliy pul birligining qadrsizlanishi va qashshoqlikning kuchayishi xavf solmoqda. Agar yangi hukumat jahon hamjamiyatining tan olishiga erisha olmasa — mamlakat izolyatsiyada qolishi mumkin. Ammo Omar Nessarni fikricha, mintaqa mamlakatlari tez orada toliblar bilan muzokaraga kirishadi. Demak-ki, toliblar rejimida daromad olishning yangi manbalari paydo bo‘lishi mumkin.
* Rossiyada ta’qiqlangan terrorchi tashkilot.