“Tolibon” Kobul aeroportini o‘z nazorati ostiga olish muddatini belgiladi

© AFP / SGT GLEN MCCARTHYEvakuatsiya jiteley Kabula
Evakuatsiya jiteley Kabula  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.08.2021
Obuna bo‘lish
Toliblar Kobul aeroporti 31-avgust kuni qo‘lga olishni rejalashtirmoqda.
TOShKENT, 30 avg – Sputnik. Kobul aeroporti 31-avgust kuni Amerika o‘z harbiylarini olib chiqib ketishni yakunlagach, “Tolibon”* nazorati ostiga o‘tadi. Bu haqda Al-Jazeera telekanali xabar qilmoqda.
“Harakat Kobul aeroprti ustidagi nazoratni ertaga, 31-avgust kuni, AQSh qo‘shinlari to‘liq chiqarilgandan so‘ng o‘z nazorati ostiga oladi”, - degan manba.
Manbaning aniqlik kiritishicha, hozirda toliblar aeroport ishini ta’minlash uchun texnik ko‘mak to‘g‘risida Turkiya va Qatar bilan maslahatshuvlar o‘tkazmoqda, ammo hozircha kelishuvga erishilmagan.
Strani mira. Afganistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.08.2021
Kobulda kuchli portlash sodir bo‘ldi
Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlari olib chiqib ketilishi boshlanishi bilan toliblar faollashdi va qisqa muddat ichida mamlakatning yirik viloyatlarini egallab oldi. 15-avgust kuni Kobulni qo‘lga kiritishdi. Jangarilar Afg‘onistonning deyarli barcha chegara hududlarini nazorat qilishmoqda.
G‘arb elchixonalari bilan ishlagan xorijliklar va afg‘onlarni evakuatsai qilish Kobuldagi yagona aeroport orqali amalga oshirilmoqda. Uni AQSh va NATOning boshqa mamlakat harbiylari nazorat qilmoqda.
Oq uy rahbari Jo Bayden Amerika qo‘shinlari 31-avgustgacha Afg‘onistonni to‘liq tark etishini va’da bergan. Toliblar bu kuni “qizil chiziq” sifatida belgilashgan.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0