Toliblar Fransiya va Germaniya saylovlariga aralashishdi

© AFP 2023Fransuzskiy voyenniy v aeroportu Kabula
Fransuzskiy voyenniy v aeroportu Kabula  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.08.2021
Obuna bo‘lish
Yevropa Ittifoqi chegaralariga yaqinlashib keladigan yangi noqonuniy migrantlar oqimi (bu gal Afg‘onistondan) bilan qanday ish tutishlari kerakligini muhokama qilmoqda.
TOShKENT, 31 avg – Sputnik. Bugun YeI mamlakatlari IIV rahbarlari yuzma-yuz (munozaraning faqqulodda muhimligiga ishora qiladi) taxminan 8-12 haftadan keyin ittifoq chegaralariga yaqinlashib keladigan yangi noqonuniy migrantlar oqimi (bu gal Afg‘onistondan) bilan qanday ish tutishlari kerakligini muhokama qilishadi. “Yevropacha jannat”, yaxshi hayot va boshpana izlash ilinjida bir necha ming kilometrni bosib o‘tish uchun kamida ikki, lekin uch oydan ko‘p bo‘lmagan vaqt kerak bo‘ladi.
To‘g‘ri, chegaralar yopiq bo‘ladi.
Bu yerda hech qanaqa xom xayol bo‘lmasligi kerak: saylovlarga bir necha hafta qolgan Germaniya ham, saylovlarning birinchi bosqichi aprelga belgilangan Fransiya ham olti yillik voqealar takrorlanishidan qo‘rqadi. O‘shanda kansler Merkel nafaqat Germaniya, balki butun Yevropa Ittifoqi darvozalarini ochgandi.
Shtab operatsii Reshitelnaya podderjka v Zelenoy zone v Kabule  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.08.2021
“Ulkan mag‘lubiyat”: NATO o‘zini dafn qilmoqda
O‘shanda Parij, Berlin, asosiysi, Brusseldagi hukumat tepasida bo‘lganlarning millionlab nolegallarning Yevropa singib ketishi ehtimoli borasida xom xayollari bo‘lgandi.
Hozirda Yevropada jamiyatning bu boradagi noroziliklari ochiq-oydin yangramoqda.
Bir yil ilgari Fransiyaning nufuzli tashkiloti IPSOS o‘tkazgan so‘rovlarda keltirilgan raqamlar bunga hech qanday shubha qoldirmaydi: Fransiyaning uchdan ikki qismidan ziyod aholisi nolegallari oqimi tufayli o‘z vatanida o‘zini “o‘z uyidagidek” his qilmay qolgan.
Kecha, AQShning sharmandali onlaridan bir necha soat ilgari, Fransiya (Britaniya bilan birgalikda) “evakuatsiya rejasini” hech bo‘lmaganda ko‘rsatishni maqsadida BMT Xavfsizlik Kengashi muhokamasiga rezolyutsiyasini kiritish tashabbusini ko‘rsatdi. U “afg‘onlarni evakuatsiya qilishni sa’y-harakatlarini” davom ettirishga imkon beradigan “bufer zonani” tashkil etishga taalluqli.
Makron o‘z jumlasini durustroq aytgunicha, hozirda Afg‘onistondagi vaziyatni nazorat qilayotgan “Tolibon”* harakati vakili buni qilishni hech kimga imkon bermasliklarini bildirdi. “Shunga o‘xshash vaziyatga Fransiya tushib qolganida, Parij uning ishlariga chetdan aralashishlarini ma’qullamagan bo‘lishi” ta’kidlandi.
Yakshanba kuni kechqurun Fransiya prezidenti yana bir intervyu berayotib, o‘zining bashangligini yo‘qotganday ko‘rindi. U tushib qolgan holat o‘zining begunohligini (inson huquqlari qadriyatlari) saqlab qolish va kapital xarid qilish (bo‘lajak saylovlarda g‘olib bo‘lish) istagini ta’riflardi.
Situatsiya v Afganistane posle smeni vlasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2021
G‘arb tashvishga tushgan: toliblar AQSh iqtisodiyotini bir yoqlik qilishlari mumkin
Fransiya yetakchisi quyidagilarni aytdi: “hozirgi holatda har kim fursat belgilab berayotgan javobgarlikni o‘z zimmasiga olmog‘i shart”, Moskva va Pekinni muvofiqlashtirilgan (aytgancha, kim tomonidan) harakatlarga chorlagan holda (yoki tahdid qilgan holda?).
Muddati tugashiga 26 kun qolgan Merkel o‘ta ehtiyotkorlik pozitsiyasini egalladi. U shov-shuvli chiqish qilmaslikni afzal bildi.
Emmanuel Makronning prezidentlikka nomzodlik dasturi hozircha shunday bo‘ladi: haqiqatni qat’iyan aytishning imkon bo‘lmagani sabab yolg‘on so‘ylash, avvali bir tomonga, keyin boshqa tomonga og‘moqchi bo‘lganlarga ko‘maklashish, hech qanday prinsipning yo‘qligi, o‘z qo‘llari bilan yaratgan muammolar gunohkorlarini izlash.
Shu orada esa Marin Le Pen birinchi bosqichda oldingi o‘tib olish bor imkoniyati solmoqda.
Ministr inostrannix del RF Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.07.2021
Lavrov G‘arb Rossiya atrofida “notinchlik belbog‘i” yaratishga urinayotganini ta’kidladi
Makron undan nolegal migratsiyasi cheklovlariga oid kun mavzusini tortib olishga urinayotgan “Milliy birlashish” yetakchisi birinchi bo‘lib kelmoqda.
O‘ziga xo‘jayinlik (yoki bekalik) hissini qaytarish haqida gap ketganda, sog‘lom fikrlovchi shaxslar o‘z mamlakatlarining kelajaklari haqida o‘ylashadi va o‘zlari lozim topgan holda ovoz berishadi. Ular hamisha haqiqiy asarni afzal bilishadi, uning sariq chaqali nusxasini emas.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0