https://oz.sputniknews.uz/20210901/ei-afgon-qochoqlarini-qabul-qilish-evaziga-ma-davlatlariga-moliyaviy-yordam-bermoqchi---oav-20330075.html
YeI qochoqlarni qabul qiladi Afg‘oniston qo‘shnilariga moliyaviy yordam bermoqchi - OAV
YeI qochoqlarni qabul qiladi Afg‘oniston qo‘shnilariga moliyaviy yordam bermoqchi - OAV
Sputnik O‘zbekiston
Yevropa Ittifoqi afg‘on qochoqlarini qabul qilish evaziga Afg‘oniston qo‘shnilari - O‘zbekiston, Tojikiston, Pokiston va Eronga moliyaviy yordam bermoqchi – OAV. 01.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-01T16:53+0500
2021-09-01T16:53+0500
2021-09-01T16:59+0500
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi
o‘zbekiston
pokiston
tojikiston
afg‘oniston
qochoq
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/16/20184417_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_6604b0316ddc9364b2f398b91eaf0c34.jpg
TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Yevropa ittifoqi Afg‘onistonning qo‘shnilariga, agar ular afg‘on qochoqlariga boshpana bersa, 600 million yevro miqdorida moliyaviy yordam taklifini tayyorlamoqda. Bu haqda Brusseldagi rasmiylarga asoslanib, Financial Times xabar berdi.Ko‘plab Yevropa davlatlari Afg‘onistonda tolib*larning hokimiyat tepasiga kelishi 2015-yilda yuz minglab suriyalik qochoqlar Yevropa Ittifoqi davlatlariga yopirilib kelgani singari inqirozni keltirib chiqarishidan xavotir bildirdi.O‘sha vaqtda YeI noqonuniy migrantlarni o‘zida ushlab turish va Yevropaga kiritmasligi uchun Turkiyaga mablag‘ taklif qilgandi. Gazeta yozishicha, endi Yevropa Ittifoqi rasmiylari Pokiston, O‘zbekiston, Tojikiston va hatto xalqaro sansiyalar ostida bo‘lgan Eronga moliyaviy yordam ko‘rsatishga tayyor.Bugun YeI ichki ishlar vazirlari favqulodda yig‘ilish o‘tkazib, Amerika to‘liq qo‘shinlari olib chiqilgandan keyin Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilishdi. Uchrashuvdan so‘ng, "hozir eng muhimi - mintaqaga to‘g‘ri signal yuborish: u yerda qoling - va biz odamlarga yordam berish uchun mintaqaga yordam ko‘rsatamiz", - deb aytishdi Avstriya, Daniya va Chexiya vazirlari.* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik harakati.
https://oz.sputniknews.uz/20210831/tiv-afgon-qochoqlari-uchun-chegara-ochilganini-rad-etdi-20301822.html
o‘zbekiston
pokiston
tojikiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/16/20184417_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_2f4e83197447a1363a601636845dd6dc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi, o‘zbekiston, pokiston, tojikiston, afg‘oniston, qochoq
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi, o‘zbekiston, pokiston, tojikiston, afg‘oniston, qochoq
YeI qochoqlarni qabul qiladi Afg‘oniston qo‘shnilariga moliyaviy yordam bermoqchi - OAV
16:53 01.09.2021 (yangilandi: 16:59 01.09.2021) Yevropa Ittifoqi afg‘on qochoqlarini qabul qilish evaziga Afg‘oniston qo‘shnilari - O‘zbekiston, Tojikiston, Pokiston va Eronga moliyaviy yordam bermoqchi – OAV.
TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Yevropa ittifoqi Afg‘onistonning qo‘shnilariga, agar ular afg‘on qochoqlariga boshpana bersa, 600 million yevro miqdorida moliyaviy yordam taklifini tayyorlamoqda. Bu haqda Brusseldagi rasmiylarga asoslanib,
Financial Times xabar berdi.
Ko‘plab Yevropa davlatlari Afg‘onistonda tolib*larning hokimiyat tepasiga kelishi 2015-yilda yuz minglab suriyalik qochoqlar Yevropa Ittifoqi davlatlariga yopirilib kelgani singari inqirozni keltirib chiqarishidan xavotir bildirdi.
O‘sha vaqtda YeI noqonuniy migrantlarni o‘zida ushlab turish va Yevropaga kiritmasligi uchun Turkiyaga mablag‘ taklif qilgandi.
Gazeta yozishicha, endi Yevropa Ittifoqi rasmiylari Pokiston, O‘zbekiston, Tojikiston va hatto xalqaro sansiyalar ostida bo‘lgan Eronga moliyaviy yordam ko‘rsatishga tayyor.
Bugun YeI ichki ishlar vazirlari favqulodda yig‘ilish o‘tkazib, Amerika to‘liq qo‘shinlari olib chiqilgandan keyin Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilishdi.
Uchrashuvdan so‘ng, "hozir eng muhimi - mintaqaga to‘g‘ri signal yuborish: u yerda qoling - va biz odamlarga yordam berish uchun mintaqaga yordam ko‘rsatamiz", - deb aytishdi Avstriya, Daniya va Chexiya vazirlari.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik harakati.