Cobiq sovet ittifoq davlatlari uchun Ukraina darslari

Mustaqillik yillarida Ukraina boshqa davlatlar uchun namuna bo‘ldi. Hech kimga ravo ko‘rmaydigan namuna bo‘ldi.
Sputnik
Zamonaviy dunyoda bir qator davlatlar (yoki davlatlar birlashmalari) qolganlarga misol bo‘la oladi. Masalan, Yevroittifoqi bugungi kunda eng samarali integratsiya birlashmasi hisoblanadi. Insoniyat feodal tarqoqlik sharoitida yashashga mahkum emasligi, asrlar davomida bir-biri bilan urush qilgan davlatlar yuksak maqsadlar uchun birlasha olishining ramzi hisoblanadi.
AQSh bir paytlar demokratiya va muvaffaqiyatli rivojlanishning namunasi bo‘lgandi, lekin bugungi kunda u demokratiya va inson huquqlarini himoya qilish tamoyillari qonun va maqsadga muvofiqlik bilan cheklanmagan bo‘lsa, nimaga aylanishi mumkinligiga misol bo‘la oldi. BLM va MeToo kabi harakatlar bunday tubanlashishning namunasidir va amerika jamiyatini ichidan vayron qilmoqda.
Defolt, ishsizlik, bankrotlik: Rossiyaga qarshi siyosat Ukrainani qayerga olib keldi
Rossiyaning vazifasi boshqa. U (Xitoy va qisman Turkiya bilan birgalikda) G‘arb modelidagi demokratiya muvaffaqiyatli siyosiy tizimning yagona modeli emasligiga misol bo‘la oldi. Har bir davlat o‘z an’analari, geografiyasi, turmush darajasi va aholining ehtiyojlariga asoslanib, o‘ziga xos bunday tizimga ega bo‘lishi kerak.
Ukraina ham yorqin misol bo‘la oldi. Hech kimga sir emaski, AQSh (bu mamlakatni tashqaridan boshqaruvni amalga oshiradi) Kiyevga nisbatan katta rejalari bor edi.
Vashington uzoq vaqtdan beri sobiq sovet ittifoqi hududida o‘ziga xos "taraqqiyot va demokratiya mash’ali"ni paydo qilish g‘oyasini o‘ylab yurgandi. G‘arbga yuz qaratib, demokratik va liberal islohotlar masalasida uning barcha maslahatlarini itoatkorlik bilan qabul qilish hisobiga, ona mamlakatni avtoritar davlatdan zamonaviy farovon jamiyatga aylantirishning namunali misol sifatida ko‘rishgan.
Ukrainani Afg‘onistonning taqdiri kutmoqda - Patrushev
Bu "mash’al" Rossiya jamiyatini hokimiyatdan xuddi shu yo‘ldan borishni talab qilishga undashi kerak edi va shu bilan AQShga Moskvada rangli inqilob bo‘lmasada, hech bo‘lmaganda Vashingtonga itoatsiz Kremlning hozirgi rahbariyatini jiddiy ravishda zaiflashtirishga yordam berardi.
Yana hech kimga sir emaski, AQSh postsovet hududida o‘z siyosatini asosan Rossiyani tiyib turish nuqtasidan qaraydi.

Mash’allar yoqilmadi

"Mash’al” bo‘lishga Amerikaning birinchi nomzodi – Gruziya bo‘ldi, u yerda Mixail Saakashvili "atirgul inqilobi" paytida hokimiyatga keldi, shundan so‘ng u Amerika va Yevropa pullari bilan bir qator islohotlarni amalga oshirdi. Liberallar darhol uni qalqonga ko‘tarib, "Nega Gruziya uddaladi" sarlavhasi ostida kitoblar chiqarishdi, lekin oxir-oqibat Gruziya tajribasi muvaffaqiyatsiz bo‘lib chiqdi.
Buning sabablari ko‘p - ijrochining tinchlikni buzishi (Saakashvili Janubiy Osetiyaga bostirib kirishga qaror qildi, bu bilan ruslar va gruzinlar oldida o‘zini obro‘sizlantirdi), liberalizmni haddan tashqari oshirish (masalan, don importi bo‘yicha bojlarni bekor qilish, Gruziyaning qishloq xo‘jaligiga zarba berdi), Gruziyada o‘z rivojlanish resurslarining yetishmasligi, shuningdek, gruzinlar orasida chuqur singdirilgan rusofobiyaning yo‘qligi.
Ukraina armiyasi – 2021: qurollanish va jangovarlik qobiliyati
Nigoh Ukrainaga qaratildi. Ko‘p sonli aholisi bo‘lgan, resurslarga boy mamlakat, elita ko‘p yillar davomida o‘z davlati va jamiyatini "Rossiyasiz"ga aylantirish siyosatini olib bordi. Rus xalqining bir qismini ajratib qo‘yish, ularni "haqiqiy ukrainaliklarga" aylantirish va Rossiya bo‘lmagan alohida tarixi, o‘z tili va milliy qahramonlari siyosati olib borildi.
Amerika qo‘lning yengil harakati bilan "Rossiyasiz" 2014-yilda batamom "AntiRossiya"ga aylandi, Maydan keyingi hukumat esa amerikalik kuratorlar nazorati ostida liberal va demokratik islohotlar jarayonini boshladi.
Natijada Ukraina haqiqatan ham namunaga aylandi, lekin amerikaliklar xohlagandek bo‘lmadi.
Kimning loyihasi edi — Ukrainadagi davlat to‘ntarishi sababi Yanukovich nigohida
U mamlakatning agressiv rusofobiyaning namunasi bo‘ldi, katta qismi rus tilida gapiradi, ruscha o‘ylaydi va o‘zini rus deb biladigan mamlakatda barqaror va farovon jamiyat yaratilishiga olib kelmaydi. Aksincha, ixtilof, fuqarolar o‘rtasida mojaro va hatto fuqarolar urushini qo‘zg‘atadi.
U Rossiya bilan chegaradosh va ko‘p jihatdan unga bog‘liq bo‘lgan mamlakatda agressiv rusofobiya davlatning xavfsizligi va rivojlanishiga olib kelmasligiga misol bo‘la oldi.
Ukraina Rossiya bozoriga bojsiz kirishni yo‘qotdi va faqat Kremlning vazminligi va yumshoq pozitsiyasi tufayli (buning uchun Vladimir Putin bir qator rossiyalik ekspertlari tomonidan tanqid qilingan) vizasiz rejim, gastarbayterlarga Rossiyada ishlashi uchun imkonini yo‘qotmadi, shuningdek, jiddiy iqtisodiy sanksiyalar olmadi.
Yanukovich Ukrainaning 30-yil mustaqillikdagi asosiy xatosini aytdi
U G‘arbning Rossiyaga qarshi istehkom rolini ixtiyoriy ravishda qabul qilish katta dividend keltirmasligiga misol bo‘la oldi. Axir Ukrainada ular Vashington va Brussel (Kiyevning aqlli kishilarining fikriga ko‘ra, Moskva bilan ekzistensial ziddiyatda) o‘z istehkomini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashiga ishonishgan. Unga pul quyish, siyosiy sarmoya kiritish va hatto uni G‘arb integratsion bloklariga qo‘shish (agar Yevropa Ittifoqi bo‘lmasa, hech bo‘lmaganda NATO).
Biroq, bularning hech biri yuz bermadi - aksincha, G‘arb asta-sekin Ukrainani tashlashmoqda. YeIda Rossiya bilan ziddiyat ma’nosiz ekanligini tushunishmoqda va unda g‘alaba qozonish imkoniyati yo‘q, AQShda esa bu tushuncha alohida odamlar orasida paydo bo‘lmoqda - natijada G‘arb Moskva bilan kelishishga urinmoqda.
Ukraina rusofobiyasi bilan tarixiy jarayonning chetida (aksincha, ular qanchalik aksi haqida qattiq baqirishmasin), va istiqbolda esa - Rossiya bilan yuzma-yuz (ma’lum bo‘lganidek, u mehribon, lekin uning xotirasi yaxshi) qolib ketmoqda. Axir AQShning ittifoqchilik majburiyatlari (nafaqat mamlakatlar, balki mahalliy xoinlar (kollaborantlar) oldida) o‘z ishonchliligini bir qancha joylarda ko‘rsatdi, oxirgisi Afg‘oniston bo‘ldi. Ayniqsa, Kobul aeroportida.
Shuning uchun barcha davlatlar Ukraina tajribasini sinchiklab o‘rganishi va uni takrorlamasligi kerak. Bu postsovet hududidagi davlatlar uchun ayniqsa tegishli, ular Rossiya bilan yashaydi, aslini olib qaraganda, Rossiya ularni qashshoqlikdan ham, tashqi tahdidlardan ham qutqarmoqda.