Ukraina armiyasi – 2021: qurollanish va jangovarlik qobiliyati

Ukraina 24-avgust kuni o‘zining o‘ttiz yillik mustaqilligini katta tantana, quruqlik va dengizdagi harbiy paradlar bilan nishonlaydi.
Sputnik
TOShKENT, 18 avg – Sputnik. O‘ttizdan ziyod mamlakatdan kelgan mehmonlar ukrain harbiy qurilishiga baho berishi mumkin.
Ukraina davlati va Ukraina armiyasini deyarli o‘ttiz yilki Rossiya va Rossiya Qurolli kuchlariga qarshi qilishga urinishmoqda. Ukraina davlatchiligi va harbiy qurilishning boshqa ma’nosi G‘arb jamoasi ko‘rmaydi, Kiyevni esa AQSh va NATOning geosiyosiy o‘yinlarida Rossiyaga qarshi qo‘g‘irchoq destruktiv rolini o‘ynash to‘liq qoniqtiradi.
Ukraina Mustaqilligining 30-yilligiga asosan o‘z hududida va uchinchi dunyo mamlakatlarida politsiya, jazo berish operatsiyalari uchun mo‘ljallangan 255 minglik Qurolli kuchlari bilan yetib keldi.
G‘arbning “Global Firepower ” harbiy qudrat reytingi Ukrainaga dunyodagi 25 o‘rinni bergan – Vyetnam va Tailand o‘rtasida, lekin voqelik Ukraina Qurolli kuchlarini (UQK) AQSh va NATOning izmidagi razradga uloqtiradi.
Kimning loyihasi edi — Ukrainadagi davlat to‘ntarishi sababi Yanukovich nigohida
UQKning ko‘p yillik uzlukchiz Donbass konchilari bilan otishmalari, ukrain mutaxassislarining NATO harbiylari ustalaridan ta’lim olishi qo‘shinlarning o‘sib borayotgan qudrati va hatto mamlakatning alyansga qo‘shilishiga yaqinligi xom xayollarini keltirib chiqaradi.
Shu bilan birga ukrain qurolli kuchlari samarali va jangovar qudratli harbiy-dengiz kuchlari va harbiy-havo kuchlariga ega emas, quruqlikdagi qo‘shinlar esa qurollanish va shaxsiy tarkibning tayyorgarlik ko‘rish darajasi bo‘yicha xalqning norozilik namoyishlarini muvaffaqiyatsiz bostirishga urinishga yaraydi, xolos.
Oliy harbiy qo‘mondonlik qaror qabul qilish va strategik rejalashtirishda mustaqil emas – UQK Vashington va Brussel nazorati ostida. NATO ukrain hududidan xalqaro mashg‘ulotlar va alohida bo‘linmalarning Rossiya chegarasi yaqinida “ilg‘or bo‘lishi” yo‘lidan faol foydalanmoqda, biroq Ukrainani a’zolikka qabul qilishga shoshilishmayapti. Hatto aniq mezon yoki muhlatlarni belgilashmayapti.
Ukraina, 2014-yildan buyon urinib kelishiga qaramasdan, AQShning NATOdan tashqari asosiy ittifoqchisi maqomini olishdan ham uzoq.
Aftidan, “asosiy ittifoqchi” maqomi moliyaviy nafni va’da qiladi, Kiyevga dunyodagi eng qo‘rqinchli “Rossiya tahdididan” amerikacha himoyani kafolat beradi.
Kimning loyihasi edi — Ukrainadagi davlat to‘ntarishi sababi Yanukovich nigohida
Ammo Afg‘onistonning yangi misoli (2012 yildan AQShning NATOdan tashqari asosiy ittifoqchisi) ishonchli ravishda isbotlaydiki, amerikaliklar va alyans, 300 ming kishilik milliy armiyani qurollantirish va tayyorlashnng g‘arbcha standartlari, katta pul – hech narsani kafolatlamaydi. Qo‘shma Shtatlar ittifoqdoshlarini og‘ir damlarda sotishga tayyor.
Chunonchi, 12 ukrain harbiy xizmatchilarini toliblar tomonidan Afg‘oniston poytaxti egallab olingandan keyin Kobuldagi bazalardan birida shoshilinch evakuatsiya vaqtida tashlab (unutib) ketib bo‘lishdi. u yerda yana bir necha gruzin, bolgar va rumin harbiylari tashlab ketilgan.

Jangovar ojizlik

Ukraina Harbiy-havo kuchlari Sovet armiyamidan qolgan 42 ta qiruvchi va 34 ta zarba beruvchi vertolotga ega. Uchuvchilarning tayyorgarlik darajasi va uchar qurilmalarning texnik tayyorligi ularga, masalan, Donbass osmonida paydo bo‘lishga imkon bermaydi. Ukrain harbiy uchuvchilar jangovar tajribaga ega emas.
UQK quruqlikdagi qo‘shinlari parklarda sezilarli zihrli texnika va artilleriyaga ega: 2430 ta tank, 11 400 dan ziyod zihrli transportor, 3000 ga yaqin o‘ziyurar va shatakchi artilleriya qurilmalari, 550 ta zalp bilan otadigan reaktiv tizim.
Bu texnikalarning aksariyati o‘tgan asrniki va ularni ukrain korxonalarida modernizatsiya qilishga urinishmoqda.
Ukraina mudofaa qudratining eng zaif bo‘g‘ini – Harbiy-dengiz kuchlari – o‘ntacha patrul va artilleriya kater, “jajji flot”dan tashkil topgan. Xorijlik suzish vositalari deyarli qurolsiz holatda yotibdi.
Ukraina endi jim bo‘ladi. Bayden va Merkel “Shimoliy oqim” haqida kelishib olishdi
Shu bilan birga ayrim ekspertlar aytishapdiki: “O‘lik narsaning o‘lishi mumkin emas”, “chivin chaqishlar”, diversiya, provokatsiya va janjallar uchun katerlar yaraydi. Asosiysi, harbiy-dngiz “antikvariat” uni albatta tutib oladigan yoki “yomon ruslar” cho‘ktirib yuboradigan yerlarga yetib borishida.
Ehtimol, bundan keyin Yevropa “Shimoliy oqim-2”ni o‘chirib qo‘yadi va “tajovuzkor mamlakat” ustidan “zafar” quchiladi. Ta’kidlash joizki, Qora dengizdagi Rossiyaning faqat bitta “Moskva” raketa kreyseri bir zalp bilan butun Ukraina harbiy-dengiz kuchlarini cho‘ktirib yuborishi mumkin, NATo flotini ham uning ortidan ravona qilishi mumkin. Qora dengizda Rossiyaning harbiy-dengiz ustuvorligi ravshan va shubhaga hojat yo‘q.
Bu yerda shuni ta’kidlash kerakki, Ukrainadagi sovet harbiy-dengiz merosi sotib bo‘lingan yoki 2014-yilgacha “o‘ldirilgan”.
Ukrainaning ochiq-oydin harbiy ojizligi ko‘rinib turganda Oliy Rada 2014-yil dekabrida davlatning blokdan tashqari maqomidan voz kechib, ikki qonunga o‘zgartirish kiritdi. 2019-yilda esa ukrain parlamenti mamlakatning NATO sari borishini konstitutsion ravishda ma’qulladi. Mustaqil Ukraina alyansning kengaytirilgan imkoniyatlarga ega oltinchi hamkor davlatga aylandi.

Hammasi sotuvga qo‘yilgan

Ukraina SSSRdan meros sifatida yaxshi qo‘shnilar hamda milliy mudofaa qurilishi uchun boshlang‘ich imkoniyatlarni oldi: 980 ming nafargacha harbiy xizmatchilar, 10 mingta zirhli transportor va BMP, 20 mingta turli artilleriya tizimlari, 1100 dan ziyod jangovar samolyot va 400 ta vertolot, 350 tagacha Qora dengiz flotining kemalari.
14 ta motoo‘qchi diviziyasi, to‘rtta tank va uchta artilleriya diviziyasi, bitta maxsus bo‘linma brigadasi, sakkizta artilleriya brigadasi, alohida armiya va to‘qqizta PVO brigadasi, uchta havo armiyasi, yettita vertolot polki. Bari qurib bo‘lingandi, asosiysi – yo‘qotmaslik.
“Qo‘rqinchli ssenariy bor”: G‘arb nega Ukrainaga qo‘shin tortib kelmoqda
Avvaliga UQK soni besh baravarga qisqardi. Milliy armiyada xizmatni o‘tashga xohish bildirganlardan 1990-yillar boshilarida Rossiya bilan jang qilishga tayyorliklari haqida so‘rashgan (UQKni “ishonchsiz” zobitlardan tozalashgan).
Mustaqillikning birinchi o‘n yilligida Kiyev sovet qurollarini Osiyo va Afrika mamlakatlariga pulladi. Natijada aviatsiya, raketa qo‘shinlarini to‘liq qo‘ldan boy berishga bir bahya qoldi.
2005 yilda Ukraina qurol-yaroq eksporti bo‘yicha dunyo yetakchilaridan biri bo‘ldi. Ukrainaning minglarcha jangovar texnikasi izsiz yo‘qoldi va Stokgolm dunyo muammolarini o‘rganish instituti va Strategik tadqiqotlar xalqaro institutining hisobotlaridan o‘rin olmadi.
UQK 2010-yilga kelib tanklarning uchdan ikki qismi, zihrli mashinalar va artilleriya tizimining yarmini yo‘qotdi. Pullar qayoqqa ketdi – ma’lum emas. Ukraina 1991-yildan 2015-yilgacha 75 ta Saxon zirhli mashinalari, sakkizta Spartan bronevik va qurib bitkazilmagan korvet 58250 loyihasi uchun qurollanishga ega bo‘ldi, xolos.
2014 yilgi galdagi “maydanni” Ukraina safdagi 700 ta tank va saqlash bazalaridagi 1445 ta tank, 2189 ta jangovar mashina, 1421 ta artilleriya tizimi, 206 ta vertolot va 326 ta samolyot bilan kutib oldi.
Keyin Donbassda UQK 300 ta tank, zirhli mashinalarning yarmidan ko‘pa, artilleriya tizimlarining deyarli 50 foizini yo‘qotdi. Bu faqat rasmiy ma’lumotlar. International Institute for Strategic Studies Military Balance tahliliy agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, yo‘qotishdan bundan juda ko‘p.
O‘ttiz yillik sust ketayotgan harbiy-siyosiy falokatni mustaqil Ukrainaga qarshi “Rossiya agressiyasi” bilan tushuntirishning imkoni yo‘q. Zotan bu davlatchilik inqirozi.
Ukrain mudofaa-sanoat majmuasining darajasidan to‘liq yo‘q qilingan harbiy kemasozlik dalolat beradi. Sovet davri vaqtida Nikolay zavodida muntazam aviatashuvchi kreyserlar qurilardi. Artilleriya tizimlari, vertolotlar, qiruvchilar, hujumchi samolyot, PVO tizimlari va aloqa bilan bog‘liq muammolar hal qilinmayapti.
Ukraina jangovar samolyotlarni “minib ado qilmoqda”, kelajakda esa faqat NATO mamlakatlarining “sekon xendida” uchishni niyat qilmoqda. Mustaqil Ukrainaning harbiy sanoati hatto sovetcha o‘qotar qurol o‘qlarini ishlab chiqishni o‘rgana olmadi, yangi jiddiy ishlamalar haqida gapirishga yo‘l bo‘lsin.
“Bu “Javelin”lardan jiddiyroq”: AQSh Ukrainaga yangi qurol beradi
NATO investitsiyalari yomg‘ir yog‘dira olmaydi. 2014-yildan so‘ng bir necha yil Ukraina yashirincha va maxfiy ravishda xorijiy hamkorlaridan “UQKni mustahkamlash uchun” bir dunyo qurol va milliard dollarlar oldi. Qurollar qandaydir Ukrainani tranzit bilan chetlab o‘tdi, savdo-sotiqning eski sxemasiga ko‘ra Osiyo va Afrika mamlakatlarida yangi egalarini topdi. Naqd pullar gum bo‘ldi.
Kiyev rahbariyatining 2021-yil 24-avgust kuni “mutlaqo yangi armiya” tuzilgani haqidagi ehtimoliy bayramona bayonotlari raqamlar yoki faktlar bilan isbotlanmaydi. Shodiyona “Yevropani Rossiya agressiyasidan himoya qilish” haqidagi shomonlik qilish galdagi kulguga sabab bo‘ladi – UQK “har qanday tajovuzkorga qarshi turishga” qodir emas. Eng asosiysi esa bunday xalqqa qarshi va antirus armiyada xizmat qilishni xohlovchi Ukraina fuqarolari kamaygandan kamayib bormoqda.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti