O‘zbekiston AQSh HHKning "zaxira aerodromi"ga aylanadimi?

Xorijiy qo‘shinlar Afg‘onistondan chiqarilganidan so‘ng O‘zbekiston AQSh Harbiy havo kuchlarining "zaxira aerodromi"ga aylanadimi?
Sputnik
Qo‘shma Shtatlar Afg‘onistondan qo‘shinlarni chiqargach O‘zbekistonni Afg‘oniston uchun "kuch to‘plash markazi"ga aylantirishda eng qulay joylardan biri sifatida qabul qilishda davom etmoqda. Qobulning amaldagi hukumatini "ufq ortidan qo‘llab-quvvatlash" maqsadida AQSh Harbiy-havo kuchlarini O‘zbekistondagi Qarshi-Xonobod aviabazasida joylashtirish to‘g‘risida ikki tomonlama muzokaralar davom etmoqda. Stavkalar oshirilmoqda. Ijobiy qaror amerika tomoni bildiradigan takliflar jozibadorligi darajasiga, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi ta’qiqlarni yengib o‘tish shakliga hamda KXShT va Rossiya pozitsiyalariga bog‘liq.
Afg‘oniston amirlikka aylanyapti: Rossiya va AQShning bunga munosabati farq qilmoqda
Afg‘onistondan xorijiy qo‘shinlarning olib chiqarilganidan so‘ng "Tolibon"*ning yirik muvaffaqiyatlari fonida Toshkent va Vashington o‘rtasidagi harbiy hamkorlik mustahkamlanmoqda. O‘zbekiston hukumatining rasmiy vakili 12-avgust kuni amerikaning Air Force Magazine nashriga AQSh HHKning O‘zbekistondagi bazada joylashtirilishiga doir muzokaralar davom etayotganini aytdi.
2001 yilda AQShning Afg‘onistonda aksilterror operatsiyasi boshlanganidan so‘ng, amerika aviatsiyasi 2005-yilgacha O‘zbekiston janubi-sharqidagi Qarshi-Xonobod aviabazasidan muvaffaqiyatli foydalanib kelgan. Undan tashqari, Pentagon maxsus operatsiyalar kuchlari, 10-tog‘-o‘qchi diviziyasidan 1000ga yaqin odamlar xuddi shu yerda joylashtirildi. Amerikaliklar ijara uchun yiliga 10 million dollar to‘lashgan.
Air Force Magazine ma’lumotlariga ko‘ra, bugun Qarshi-Xonobodda O‘zbekiston HHKning 60-alohida aralash aviatsiya brigadasi joylashgan. Ya’ni parvozlar uchun zarur bo‘lgan barcha infratuzilma mavjud. Afg‘onistongacha bo‘lgan – 140 kmga yaqin masofa – yetarli darajada xavfsiz zonani ta’minlab, toliblar pozitsiyalari bo‘ylab (Qatardan amalga oshiriladigan parvozlarga nisbatan) aviazarbalarni amalga oshirish uchun vaqt va yoqilg‘i (mablag‘larni) kamroq sarflash imkonini beradi.
Xonobod aerodromida o‘quv-mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi
Biroq, AQSh jangovar aviatsiyasining O‘zbekistonga qaytishi oson bo‘lmaydi. 2005-yilning 12-13 mayidagi yuz bergan unutilmas Andijon voqealari, bir qator amerikalik senatorlar va harbiy-havo kuchlarining mustaqil mamlakat ishlariga shaxsiy aralashuvi (o‘zbek qurollangan jangarilari va diniy ekstremistlarni Qirg‘izistonga va so‘ngra Ruminiyaga evakuatsiya qilish va h.k.) tufayligina emas.
Konstitutsiya va harbiy doktrina chet el qo‘shinlari O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashtirilishiga ruxsat bermaydi. Bundan tashqari, Markaziy Osiyoda ma’lum bir xavfsizlik tizimi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda har bir davlat o‘z ittifoqchilari va strategik sheriklari, jumladan Rossiya oldida mas’uliyat va majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi. 2030-yilgacha Rossiya Federatsiyasini asosiy raqib sifatida tayinlagan Qo‘shma Shtatlarning mintaqadagi harbiy mavjudligi Rossiya, KXShTga a’zo Markaziy Osiyo mamlakatlari, O‘zbekiston va Turkmaniston milliy xavfsizlik manfaatlariga javob bermaydi.

Chegara oldi sovuti

Rossiya, O‘zbekiston va Tojikiston Qurolli kuchlari avgust oyining birinchi dekadasida Termiz va Xarb-Maydon poligonida Afg‘oniston bilan chegara yaqinida qator qo‘shma manyovrlarni amalga oshirdilar (https://www.youtube.com/watch?v=Qh4XI-19ugs&t=27s) – mashqlarga maxsus qo‘shinlar, zirhlangan texnikalar, artilleriya, zarba aviatsiyasi jalb etildi. Davlatlar Janubiy strategik yo‘nalishda jangovar integrallashuvni o‘stirib borishga tayyor.
Kuch birlikdadir: MOda harbiy o‘quv-mashqlar
Qayd etish joizki, O‘zbekiston KXShTga qaytishga shoshilmayapti, ammo bu ishni istalgan vaqtda amalga oshirishi mumkin.
Deyarli bir vaqtning o‘zida va Markaziy Osiyodagi vaziyatga alohida urg‘u bergan holda, 10-12 avgust kunlari Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston chegara qo‘shinlarining "Hamdo‘stlik-2021" qo‘shma qo‘mondonlik-shtab mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar havodan parashutsiz desant tashlash, jangovar o‘q otish taktik mashqlari, dronlardan foydalanish va boshqa tezkor harakatlarni muvaffaqiyatli mashq qildilar. "Hamdo‘stlik-2021" tashqi chegaralarni himoya qilishning yaxlit tizimini mustahkamlashga, MDH mamlakatlari xavfsizligini oshirishga xizmat qiladi.
Avvalroq, rossiyalik instruktorlar (Suriya harbiy tajribasiga ega bo‘lgan Markaziy harbiy okrugning eng yaxshi ofitserlari) Termiz va Sazagan poligonlarida O‘zbekiston QQ 300 dan ortiq harbiy xizmatchilarini o‘qitishgan. Dastur motoo‘qchilar bo‘linmalari tarkibida kunduzi va kechki taktik mashg‘ulotlarni, modernizatsiya qilingan BTR-82 qurollari yordamida o‘t ochish tayyorgarligi, granatadan kontrol o‘qlarni otish mashqlari, o‘q otish va artilleriya orqali o‘t ochishni dronlar yordamida boshqarish mashqlarini o‘z ichiga olgandi.
RF harbiylari "Termiz" poligoniga keldi – ilk suratlar
O‘zbekiston va Rossiya har yili 70 dan ortiq qo‘shinlarning tezkor va jangovar tayyorgarligi qo‘shma tadbirlarini o‘tkazadi. Toshkent va Moskva o‘rtasidagi harbiy hamkorlik - mintaqaviy barqarorlikni saqlashda eng muhim omil hisoblanadi.
Afg‘oniston Islom Respublikasidagi jangovar harakatlarning shiddati, toliblarning yangi "amirlikni" qurish rejalari - O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi tashqi siyosiy pozitsiyalarini yaqinlashtiradi. Ikki mamlakat mudofaa vazirliklari 28-aprel kuni birinchi marta 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan harbiy sohada strategik sheriklik dasturini imzoladilar. Harbiy xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha ikkitomonlama tadbirlar, xalqaro terrorizmga qarshi birgalikdagi kurash, O‘zbekiston armiyasining jangovar salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha ikki tomonlama chora -tadbirlar dasturning ustuvor vazifalariga kiradi.
Toshkent Rossiya qurollarining keng spektrida o‘zi uchun zamonaviy zarba samolyotlarini, dunyodagi eng yaxshi havodan hujumga qarshi mudofaa tizimlarini, samarali va ishonchli zirhli mashinalarni tanlaydi.
Qo‘shma Shtatlar-chi, O‘zbekistonga nima taklif qila oladi?

Ehtimoliy ssenariylar

AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin va O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 1-iyul kuni bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida terrorizmga qarshi kurashdagi hamkorlikni muhokama qildilar va ikki davlat o‘rtasida xavfsizlik sohasida strategik sheriklikni tasdiqladilar. Shu bilan birga, Ostin Qo‘shma Shtatlar "umumiy xavfsizlik muammolarini hal qilish uchun" Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan ishlashda davom etishini ta’kidladi.
Umumiy muammo - Afg‘oniston. 12-avgust kuni Air Force Magazine nashriga ma’lumot bergan o‘zbek harbiy amaldorining ta’kidlashicha, Ostin va Komilov 1-iyul kuni shuningdek, toliblarni jilovlab turish uchun AQSh jangovar aviatsiyasini O‘zbekistonda joylashtirish istiqboli mavzusini ham muhokama qilishgan.
Markaziy Osiyoda hech kim o‘z hududida AQSh harbiy bazalarini joylashtirmoqchi emas – RF TIV
Garchi ilgariroq Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining rasmiy vakili: "Mudofaa sohasidagi asosiy hujjatlarda bu savollarga aniq va aniq javoblar bor: mamlakat hududiga xorijiy harbiy bazalar va obyektlar joylashtirilishi mumkin emas", deya ta’kidlagan bo‘lsa-da.
Ya’ni, may oyida salbiy javob olgan amerikaliklar, O‘zbekiston rahbariyatiga rad etish qiyin bo‘lgan variantlar va yechimlarni izlab topishda davom etmoqda. Missisipi shtati Milliy gvardiyasi bilan sheriklik, o‘zbek uchuvchilari ishtirokidagi Southern Strike qo‘shma mashg‘ulotlari va O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida harbiy ta’lim sohasidagi hamkorlikning katta afzalliklari ta’kidlanmoqda. Qolaversa, Amerika O‘zbekistonga mustaqillik yillaridan buyon islohotlarga yo‘naltirilgan katta miqdordagi yordamni ko‘rsatgan va o‘z "sarmoyalari"ning qaytarilishini kutishga haqli.
Pentagon Afg‘onistondagi vaziyatni baholadi
Zarurat tug‘ilsa, xorijiy harbiy obyektni qo‘shma o‘quv yoki logistika markazi deb atash mumkin. Shunga qaramay, Markaziy Osiyoda Pentagon bazalarining mavjudligi destruktiv (halokatli), bu Afg‘oniston, Iroq va Suriyadagi o‘nlab yillar davom etgan sharmandali jangovar harakatlarda o‘z isbotini topgan.
AQSh harbiy aerodromlari va boshqa obyektlarini Afg‘onistondan Tojikiston, O‘zbekiston, Qozog‘iston yoki Qirg‘izistonga ko‘chirib o‘tkazish Afg‘onistondagi harbiy harakatlar mantig‘ini o‘zgartirmaydi va mavjud mintaqaviy xavfsizlik tizimini yo‘q qilish bilan tahdid soladi.
Madomiki, Pentagon va ittifoqdoshlar 20-yil ichida toliblar bilan bevosita Afg‘oniston hududida kechgan urushda muvaffaqiyatlarga erisha olishmagan ekan, amerika qo‘shinlarining Markaziy Osiyoga "ko‘chib o‘tishi"dan keyin ham hech narsa o‘zarmaydi.
Shoygu KXShTni Afg‘onistondan jangarilar hujumiga shay bo‘lib turishga chaqirdi
Balki, Afg‘oniston shunchaki bahonadir, balki bu harakatlar Rossiya va Xitoyni "tiyib turish" uchun mintaqada qolishga bahona bo‘lsa kerak - bunday siyosat esa Markaziy Osiyo davlatlari uchun ikki chandon xavflidir.
Konstitutsiyaviy "tabu" va KXShT pozitsiyasi Pentagonning O‘zbekistondagi "ufq orti" rejalarini tiyib turgani aniq, ammo Afg‘onistondagi vaziyatning keyingi keskinlashuvi harbiy-siyosiy murosa zonasini yaratishi mumkin. Buning uchun Vashington eng avvalo Moskva bilan muloqot ohangini o‘zgartirishi, qarama -qarshilik strategiyasi va konsepsiyasiga tuzatishlar kiritishi kerak bo‘ladi.
Yana bir kuchli mintaqaviy o‘yinchi - XXR pozitsiyasini hisobga olmagan soddalashtirilgan koordinatalar tizimi hozircha shunday.
* – RFda ta’qiqlangan terrorchi uyushma.
Aleksandr Xrolenkoning Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘ling - https://t.me/AKhrolenko