Pentagon Afg‘onistondagi vaziyatni baholadi

Obuna bo‘lish
"Tolibon"* Afg‘onistonda 200dan ziyod okrug markazlarini nazorat qilmoqda, deya bayonot berdi Pentagon
TOShKENT, 22-iyul - Sputnik. "Tolibon"* radikal harakati Afg‘onistondagi okrug markazlarining taxminan teng yarmini egallab oldi va strategik jihatdan ustunlik qilmoqda, deb xabar qildi AQSh Qurolli kuchlari shtablar rahbarlarining birlashgan qo‘mitasi rahbari general Mark Milli.
"Hozir biz aytapmizki, voqealar chindan shunday rivojlanmoqda - "Tolibon"*ning qo‘li ustun kelyapti. Ha, chindan ham shunday bo‘lyapti. Ular o‘zlarining g‘alabasi muqarrar ekanligini e’lon qilishmoqda", - dedi Milli Pentagonda bo‘lib o‘tgan brifingda.
Voorujennie lyudi v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.07.2021
Afg‘oniston. Hatto urush ham jaholat bilan olib borilmasligi kerak
Uning so‘zlariga ko‘ra, "Tolibon"* ustun kelmoqda va Afg‘onistondagi 200dan ortiq - teng yarmiga yaqin okrug markazlarini nazorat qilmoqda. Respublikaning 34 ta yirik shaharlari bugungi kunda "Tolibon"* tomonidan bosib olinmagan, deya tushuntirdi Milli. Ammo harakat ularning yarmiga bosim o‘tkazmoqda, "aholisi eng ko‘p bo‘lgan hududlarni izolyatsiya qilmoqda va Qobul bilan ham xuddi shunday yo‘l tutishga urinmoqda".
"Qo‘pol qilib aytganda, oxirgi olti-o‘n oylar davomida "Tolibon"* tomonidan ahamiyatli territoriyalar bosib olingan. Strategik ustunlik "Tolibon"* tomonida ko‘rinadi", - degan Milli.
Voyennoslujashie vo vremya sovmestnix antiterroristicheskix ucheniy kollektivnix sil bistrogo reagirovaniya gosudarstv-chlenov ODKB na poligone Xalkayer v Tadjikistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.07.2021
Rossiya, O‘zbekiston va Tojikiston afg‘on chegarasi yaqinida harbiy mashq o‘tkazadi
Millining aytishicha, afg‘on armiyasi o‘z kuchlarini birlashtirish va yirik shaharlar hamda Qobul aholisini himoyalash uchun okrug markazlarini harakatga topshirmoqda.
Uning aytishicha, Pentagon barcha ssenariylarni ko‘rib chiqmoqda, shu jumladan, respublikaning to‘liq "Tolibon"* tomonidan bosib olinishini ham.
"Hali o‘yin tugagani yo‘q", - deya ta’kidlagan oliy martabali harbiy.
* Rossiyada ta’qiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0