https://oz.sputniknews.uz/20210716/markaziy-osiyoda-hech-kim-oz-hududida-aqsh-harbiy-bazalarini-joylashtirmoqchi-emas--rf-tiv-19717307.html
Markaziy Osiyoda hech kim o‘z hududida AQSh harbiy bazalarini joylashtirmoqchi emas – RF TIV
Markaziy Osiyoda hech kim o‘z hududida AQSh harbiy bazalarini joylashtirmoqchi emas – RF TIV
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Markaziy va Janubiy Osiyo yuqori darajadagi xalqaro konferensiya ishida qatnashdi. Natijalari bo‘yicha u jurnalistlarning... 16.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-16T19:51+0500
2021-07-16T19:51+0500
2021-07-16T20:56+0500
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi
o‘zbekiston
pokiston
aqsh
markaziy osiyo
afg‘oniston
rossiya tiv
sergey lavrov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/10/19716482_0:0:3123:1756_1920x0_80_0_0_70dce29377b617d48e874084185028f2.jpg
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. AQShning Afg‘onistondagi missiyasi barbod bo‘ldi, deb aytdi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov. Bu haqda matbuot anjumanda qatnashgan Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qildi.RF TIV rahbarining so‘zlariga ko‘ra, missiya barbod bo‘lganini hamma tushunmoqda, bu ochiq tan olinmoqda, shu jumladan AQShning o‘zida ham, terrorchilik hech qayerga yo‘qolmadi, IShID* va Al-Qoida* bo‘linmasi Afg‘onistonda o‘z pozitsiyalarini mustahkamladi. Giyohvand moddalarni ishlab chiqarish rekord darajaga yetdi – narkotiklarning barchasi 90 % Afg‘onistondan kelib chiqadi.Rossiya TIV rahbari “AQSh Markaziy Osiyo davlatlari va Pokistonni ularning hududlarida Afg‘onistondan olib chiqib ketayotgan Amerika harbiy infratuzilmasining bir qismini joylashtirishga ko‘ndirish rejalarini yashirmayapti”, deb ta’kidladi.Vazir O‘zbekiston va Pokiston bu taklifni darhol qat’iyan rad etishgani va sherik-davlatlarning hech biri o‘z aholisini bunday xavfga duchor qilmoqchi emasligini ta’kidladi.Lavrov amerikaliklarning yana bir tashabbusi haqida to‘xtaldi: "Amerikaliklar ular bilan hamkorlik qilgan afg‘onlarni mamlakatdan olib chiqib ketish va Markaziy Osiyo davlatlari hududlariga vaqtincha yoki doimiy ravishda joylashtirishga harakat qilishmoqda". Dastlab bu 10 mingga yaqin harbiy xizmatchi edi, endi yil oxirigacha 100 ming kishi, deb aytilmoqda.Rossiyalik vazirning so‘zlariga ko‘ra, barcha Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bu niyatlardagi hamma xavf-xatarlarni yaxshi anglamoqda va o‘z manfaatlaridan kelib chiqib to‘g‘ri qaror qabul qilishadi.* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilotlari.
https://oz.sputniknews.uz/20210716/aqsh-ozbekiston-afgoniston-pokiston-yangi-maslahatlashuvlar-platformasi-19714754.html
https://oz.sputniknews.uz/20210716/rossiya-ozbekistonning-eoiiga-kuzatuvchi-sifatida-qoshilganidan-mamnun-lavrov-19713346.html
o‘zbekiston
pokiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/10/19716482_0:0:2729:2047_1920x0_80_0_0_7dc928f820c789bc7521e6af7cbda688.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi, o‘zbekiston, pokiston, aqsh, markaziy osiyo, afg‘oniston, rossiya tiv, sergey lavrov
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi, o‘zbekiston, pokiston, aqsh, markaziy osiyo, afg‘oniston, rossiya tiv, sergey lavrov
Markaziy Osiyoda hech kim o‘z hududida AQSh harbiy bazalarini joylashtirmoqchi emas – RF TIV
19:51 16.07.2021 (yangilandi: 20:56 16.07.2021) Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Markaziy va Janubiy Osiyo yuqori darajadagi xalqaro konferensiya ishida qatnashdi. Natijalari bo‘yicha u jurnalistlarning savollariga javob berdi.
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. AQShning Afg‘onistondagi missiyasi barbod bo‘ldi, deb aytdi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov. Bu haqda matbuot anjumanda qatnashgan Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qildi.
RF TIV rahbarining so‘zlariga ko‘ra, missiya barbod bo‘lganini hamma tushunmoqda, bu ochiq tan olinmoqda, shu jumladan AQShning o‘zida ham, terrorchilik hech qayerga yo‘qolmadi, IShID* va Al-Qoida* bo‘linmasi Afg‘onistonda o‘z pozitsiyalarini mustahkamladi. Giyohvand moddalarni ishlab chiqarish rekord darajaga yetdi – narkotiklarning barchasi 90 % Afg‘onistondan kelib chiqadi.
Rossiya TIV rahbari “AQSh Markaziy Osiyo davlatlari va Pokistonni ularning hududlarida Afg‘onistondan olib chiqib ketayotgan Amerika harbiy infratuzilmasining bir qismini joylashtirishga ko‘ndirish rejalarini yashirmayapti”, deb ta’kidladi.
Vazir O‘zbekiston va Pokiston bu taklifni darhol qat’iyan rad etishgani va sherik-davlatlarning hech biri o‘z aholisini bunday xavfga duchor qilmoqchi emasligini ta’kidladi.
Lavrov amerikaliklarning yana bir tashabbusi haqida to‘xtaldi: "Amerikaliklar ular bilan hamkorlik qilgan afg‘onlarni mamlakatdan olib chiqib ketish va Markaziy Osiyo davlatlari hududlariga vaqtincha yoki doimiy ravishda joylashtirishga harakat qilishmoqda". Dastlab bu 10 mingga yaqin harbiy xizmatchi edi, endi yil oxirigacha 100 ming kishi, deb aytilmoqda.
Rossiyalik vazirning so‘zlariga ko‘ra, barcha Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bu niyatlardagi hamma xavf-xatarlarni yaxshi anglamoqda va o‘z manfaatlaridan kelib chiqib to‘g‘ri qaror qabul qilishadi.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilotlari.