Afg‘oniston amirlikka aylanyapti: Rossiya va AQShning bunga munosabati farq qilmoqda

© Sputnik / Andrey SolomonovAfganskie bejensi
Afganskie bejensi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.08.2021
Obuna bo‘lish
Markaziy Osiyo chegaralarida, Afg‘oniston hududida, qariyb terrorchi mamlakat yaratilmoqda, u tashqi chegaralar (narkotrafik)ni va o‘nta provinsiyani ma’muriy markazlari bilan birgalikda to‘liq nazorat qiladi.
AQSh va NATO qo‘shinlarining Afg‘onistondan shoshilinch ravishda chiqarilishi mamlakatdagi vaziyat keskin yomonlashishiga va terrorchilik faolligining oshishiga olib keldi. Oxirgi besh kun ichida toliblar 13 provinsiya – G‘azni, Nimro‘z, Juzjon, Sari--Pul, Qunduz, Toxar, Samangan, Farah, Baglan, Badaxshon, Hirot, Qandahor va Hilmand ma’muriy markazlarini egallab olishdi. Ulardan yettitasi shimoliy provinsiyalar.
Voorujennie lyudi v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.08.2021
Toliblar* Qandahordagi qamoqxonani egallab olishganini ma’lum qilishdi
Umuman olganda, "Tolibon"* Afg‘onistonning barcha 34 provinsiyalarida ustunlik qilmoqda. Ma’muriy markazlar, jumladan Qobul ham, deyarli qamalda turibdi.
Hukumat armiyalari arsenallari, jumladan, og‘ir artilleriya, bronetexnika va jangovar aviatsiya ham sekin-asta toliblar qo‘liga o‘tmoqda. Ushbu xatarli fonda RF mudofaa vaziri Sergey Shoygu seshanba kuni KXShTni Afg‘onistondan jangarilar hujumiga tayyorlagrlik ko‘rishga chaqirdi. Shoygu, Tojikiston va O‘zbekiston qurolli kuchlarining jangovar tayyorgarligi "Tolibon"ning chegarani kesib o‘tmaslik va qo‘shni davlatlarga hujum qilmaslik to‘g‘risida berayotgan va’dalariga bog‘liq bo‘lishi kerak emasligini qayd etdi.
Payg‘ambar Muhammad (S.A.V.): "Urush – bu yolg‘on" degan. Toliblar provokatsiyasi ehtimolga yaqin va kutilgandir. Markaziy Osiyo mintaqasi xavfsizligini ta’minlash maqsadida RF Mudofaa vazirligi ittifoqdoshlar bilan birgalikda Afg‘oniston chegarasi yaqinida qator manyovrlarni davom ettiradi.
Etnicheskiy uzbekskiy voyenachalnik Abdul Rashid Dustum vo vremya intervyu agentstvu Frans Press v Kabule 24-dekabrya 2001 goda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.08.2021
Toliblar marshal Do‘stumning o‘g‘lini asir olgani haqida aytishmoqda
RF Qurolli Kuchlari Bosh shtabi avgust oyining boshlarida O‘zbekiston va Tojikiston hududida o‘tkazilgan ikkita qo‘shma mashg‘ulotlar natijalarini, qo‘shinlar tomonidan keng ko‘lamda qo‘llangan aviatsiya, razvedka-o‘t ochish majmualari va desantlar harakatlarini ijobiy baholadi.
Amerika prezidenti Jozef Bayden ham Afg‘onistondagi voqealarning halokatli rivojlanishiga munosabat bildirdi va 11-avgust kuni son jihatdan ustunlik qiluvchi Afg‘oniston Islom Respublikasi hukumat kuchlarini o‘z mamlakati uchun toliblarga qarshi mustaqil kurashishga chaqirdi.
Bundan tashqari, Bayden afg‘on mudofaa vaziri Bismilloh Xon Muhammadiyni "jiddiy jangchi", deb atab: "Yigirma yil davomida biz trillion dollardan ko‘p mablag‘ sarfladik. Biz 300 mingdan ortiq afg‘on harbiy xizmatchilarini o‘qitdik va zamonaviy uskunalar bilan ta’minladik… Biz halok bo‘lgan va jarohat olgan minglab amerika fuqarolarini yo‘qotdik".
Ya’ni, biz ketdik, demokratiyaning so‘nayotgan chirog‘i esa - bizning muammoimiz emas.

Qarama-qarshilik zaxiralari

AQSh urushni tugatdi va Vashingtonda yigirma yillikning sharmandali va fojiali yakunlariga qaramay, bundan afsuslanishmayapti. Islom Respublikasiga Amerika tomonidan ko‘rsatiladigan keyingi yordam ahamiyatsiz bo‘ladi. AQSh HHKning toliblar pozitsiyalari bo‘ylab "ufqdan" yo‘llanayotgan aviazarbalari ko‘p narsani o‘zgartirishga qodir emas, ular faqat tinch aholi orasidagi qurbonlar sonini oshirishga xizmat qiladi, xolos.
Tanki T-72 vo vremya komandno-shtabnix ucheniy Kavkaz-2020 na poligone Rayevskiy v Novorossiyske - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2021
"RF va XXR strategik mashqlari-2021" – amerikaliklar va toliblarga katta salom
Pentagon Qobul uch oy ichida qulashini bashorat qilmoqda. Vashington AQShning Afg‘oniston poytaxtidagi elchixonasini yopish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda va avgust oyi oxirigacha amerikalik diplomatlarni tezlikda evakuatsiya qilish ustida ish olib bormoqda. Pentagon diplomatlarni xavfsiz olib chiqish uchun 3 ming harbiy xizmatchilarini Afg‘oniston Islom Respublikasiga yubordi.

Buyog‘i nima bo‘ladi?

AIR prezidenti Ashraf G‘ani 11-avgust kuni Mozori-Sharifda (shimoliy Balx provinsiyasi poytaxti) nufuzli siyosatchilar Abdul Rashid Do‘stum va Atta Muhammad Nur bilan xalq ko‘ngilli qo‘shinlari otradlarining hukumat xavfsizlik kuchlari rahbarligi ostida muvofiqlashtirilishi, jihozlanishi, mobilizatsiyasi borasida muzokaralar o‘tkazdi. Xuddi shu kuni G‘ani shu kungacha maxsus kuchlarga qo‘mondonlik qilgan general Xaybatulla Alizayni Afg‘oniston armiyasi bosh shtabining yangi rahbari etib tayinladi.
O‘zbek-afg‘on chegarasidagi hayot - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.07.2021
Termizdagi Afg‘oniston bilan chegaradosh Oxunboboyev qishlog‘idan reportaj
Afsonaviy marshal Do‘stum Afg‘oniston shimolida xalq qarshiligiga rahbarlik qilish uchun ataylab qamal qilingan Mozori Sharifga uchib keldi. "Toliblar shimoldan tirik chiqib ketishi oson bo‘lmaydi", deya bayonot qildi u. Qobul va boshqa jang qilayotgan provinsiyalardan "uzib qo‘yilgan" Mozori Sharifda qarshi hujumlarni amalga oshirish uchun kuchlar yetarmikin?
Toliblar hamma joyda ham kuchli qarshilikka duch kelmagan. Tarinkot (janubiy Uruzgan provinsiyasi) ma’muriy markazi tumanlarining aksariyati 12-avgust kuni jangsiz taslim bo‘lgan. Sharqiy G‘azni provinsiyasi gubernatori Daud Lagmani provinsiyani toliblarga topshirganlikda ayblanib hibsga olingan.
OAVlarning xabar berishicha, g‘arbiy Farah viloyatining gubernatori va bir qancha amaldorlari "Tolibon"* harakatiga taslim bo‘lishgan. Islom Respublikasi odamlar ko‘z o‘ngida barbod bo‘lmoqda. Urush bilan qamrab olingan provinsiyalardan minglab qochqinlar Qobul masjidlariga joylashtirilmoqda. Toliblar xujumini faqat mo‘’jiza to‘xtata olishi mumkin.
Voorujennie lyudi v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2021
Toliblar shimoliy provinsiyalar poytaxtlarini egallamoqda: Qobul va AQSh javobi qanday bo‘ladi
Shu yerda, NATOning qudratli davlatlari mo‘’jiza va’da qilmayotganini esga olishni istardim.
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an 11-avgust kuni Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatilishiga ko‘maklashishga va’da berdi. Turkiya Mudofaa vazirligi "yaqin kelajakda" Kobuldagi Hamid Karzay nomidagi xalqaro aeroportning xavfsizlik muammosini hal qilish niyatida - albatta, qator shartlarga amal qilinganda, AQSh ko‘magi shular jumlasidan.
Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles AQShning "Tolibon"* bilan kelishuvini ulkan xato, aniqroq qilib aytganda "chirik bitim" deb hisoblaydi va NATOning "10 yoki 20-yildan keyin" Afg‘onistonga qaytishini prognoz qiladi. Hozircha bularning hammasi quruq gap, xolos.

"Islom amirligi" istiqbollari

Ehtimol, toliblarda yangi afg‘on davlatini yaratishga kuch va vaqt bordir, ammo bu yangi davlat hali butkul unutilmagan eski davlat bo‘lib chiqishi ham ehtimoldan holi emas.
Eslatib o‘taman, mujohidlar (partizanlar) Sovet qo‘shinlari Afg‘onistonni tark etganidan atigi uch yil o‘tib - 1992-yilda Qobulga kirgan edilar. Ko‘p o‘tmay ular o‘rtasida janjal yuzaga keldi va 1994-yilda sobiq mujohid mulla Umar (Qandahorda) "Tolibon"*ga asos soldi.
Toliblar 1996-yilda hukumatga keldilar, ammo bu pokiston maxsus xizmatlari yordami va arab monarxiyasi moliyaviy ko‘magisiz (qurol-aslahaga) kechgan emas.
Voyennoslujashiy Afganistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2021
OAV: Qunduzda yuzlab afg‘on harbiylari toliblarga* taslim bo‘ldi
Ulkan xalqaro terrorizm 2001-yil sentabrida amerikaning "egizak binolari" yo‘q qilinishidan emas, balki 1995-yilning avgustida Qozonning "Aerostan" aviakompaniyasiga tegishli Rossiya Il-76TD yuk samolyotining majburiy qo‘ndirilishi bilan boshlangan (o‘sha paytda "Tolibon" qiruvchi aviatsiyasi ishlagan, ushbu voqea "Qandahor" badiiy filmida aks ettirilgan).
Afg‘oniston Islom Amirligi rejimida juda qisqa vaqtda jumladan, "Al-Qoida", "ID" va boshqa terrorchilik tashkilotlari Makkasiga aylandi. "Tolibon"ning xalqaro maqomini hisobga olgan holda aytish mumkinki, bugungi kunda Markaziy Osiyo chegaralari yaqinida dinni o‘z ehtiyojlariga moslashtiradigan terrorchi davlat yaratilmoqda.
Ma’lumki, toliblar mafkurasining asosi - sunniy islomdir, bunda Qur’on va sunnat turli masalalarni aniq oyatlar va hadislar asosida, yoki o‘z ongi dalillariga asoslanib hal qilishga imkon beradigan asosiy manbalardir. So‘nggi asos juda xavflidir.
Masalan, islom insonni tasvirlashni taqiqlaydi. Harakat asoschisi mulla Umarning irodasi bilan toliblar bir necha kun ichida Qobul, Hirot, G‘azni, Qandahor shaharlaridagi muzey eksponatlarini, jumladan, tog‘da bundan bir yarim ming yillar ilgari Bomiyan shahri yaqinida yo‘nilgan Buddaning ikkita ulkan haykalini (37 m va 53 m) yo‘q qilishdi. Bundan tashqari teatrlar va kinoteatrlar vayron qilindi.
Povsednevnaya jizn v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2021
Mashhur afg‘on dala qo‘mondoni Ahmad Shoh Mas’ud "Tolibon"* haqida nima degan edi
1996 yildan beri toliblar nazorati ostida bo‘lgan Afg‘onistonda "yangi tartib" shariat qonunlariga (ong dalillarini esa olamiz) va sodir etilgan jinoyatlar uchun o‘rta asr jazolarini qo‘llash (qiynoqlar)ga asoslangan edi. Bunda o‘g‘rilarning qo‘li chopilar, o‘quvchi qizlarning burunlari kesilardi (qizlarga o‘qish taqiqlangan). Ko‘p sonli taqiqlarni buzish, jumladan jinsi kiyish yoki ko‘chada erkakning soqolsiz yurishi - qamchi bilan urish, qamoq va og‘ir holatlarda hatto o‘lim bilan tahdid solardi.
Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari, shubha yo‘q-ki, Afg‘oniston bilan tinch qo‘shnichilikdan manfaatdor. Shunday bo‘lsa -da, chegaralarni izchil mustahkamlash, mudofaani kuchaytirish va Panj darosining shimolidagi qo‘shni hududlarda o‘rta asrlar jaholatparastligi tarqalishining oldini olish kerak. Toliblar hokimiyat tepasiga kelib, Afg‘onistonni o‘zlariga mos "formatlagach", ular, albatta, tashqi dunyoni "mukammallashtirish"ni boshlab yuboradilar. O‘shanda tayyorgarlik ko‘rmagan yoki tayyorgarligi sust bo‘lgan qo‘shni davlatlar uchun juda yomon kunlar boshlanadi.
* – RFda ta’qiqlangan terrorchi uyushma
Yangiliklar lentasi
0