Toshkent metropoliteniga Sharof Rashidov nomini berish taklif etildi

Bundan tashqari, matbuot-anjumani ishtirokchilari tomonidan Sharof Rashidov qabrini obodonlashtirish va davlat arbobiga o‘z vaqtida yurtiga ko‘rsatgan xizmatlari uchun o‘limidan keyin “O‘zbekiston qahramoni” mukofotini berish ilgari surildi.
Sputnik
TOShKENT, 30-iyun – Sputnik. Toshkentda rossiyalik tarixchi Fodor Razzakov ishtirokida “Sharof Rashidov - davr insoni" Xalqaro, fanlararo ilmiy-amaliy konferensiyasi yakunlariga bag‘ishlangan matbuot-anjumani bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Rossiyskiy istorik Fedor Razzakov, avtor knigi "Sharaf Rashidov: Jizn i sudba".
Tarixchi Razzakov matbuot-anjumani ishtirokchilariga konferensiya yakunlari haqida so‘zlar ekan, xalqaro konferensiya qatnashchilaridan biri Saidakbar Rizayev Toshkent metropoliteniga uning asoschisi bo‘lgan davlat va jamoat arbobi, yozuvchi Sharof Rashidov nomini berish taklifini ilgari surganini va ushbu taklif rezolyutsiyaga kiritilganini aytib o‘tdi.
“Qizil o‘zbek” Sharof Rashidovning biografiyasi rossiyalik tarixchi talqinida
Shuningdek, matbuot-anjumani davomida rossiyalik tarixchi Razzakov o‘z qalamiga mansub “Sharof Rashidov: hayot va taqdir” kitobi taqdimotini o‘tkazdi.
Bundan tashqari, matbuot-anjumani ishtirokchilari tomonidan Sharof Rashidov qabrini obodonlashtirish va davlat arbobiga o‘z vaqtida yurtiga ko‘rsatgan xizmatlari uchun o‘limidan keyin “O‘zbekiston qahramoni” mukofotini berish ilgari surildi.
Shavkat Mirziyoyev: Sharof Rashidov oddiy xalq orasidan chiqqan, haqiqiy yurtparvar rahbar edi
Tarixchi bu takliflarga munosabat bildirar ekan, Sharof Rashidov va oilasi o‘ta kamtarin insonlar bo‘lishganini ta’kidlab, mukofot ham bunda muhim rol tutmasligini, eng katta mukofot aslida – xalq xotirasi va u haqdagi yuzaga chiqadigan haqiqat ekanligini qo‘shimcha qildi.
“Sharof Rashidovich haqida kitob yozayotganimda men juda ko‘p ma’lumotlarni o‘zim uchun kashf qildim – u kishi juda serqirra shaxs bo‘lganlar”. – dedi kitob muallifi.