Yelena Karayeva
Kecha qirq sakkiz soat davom etgan va birinchi qismi ishchi deb nom olgan kechki ovqatdan iborat Yevropa Ittifoqi sammiti bo‘lib o‘tdi. Bugun esa yalpi majlis bo‘lishi kutilmoqda.
Rasmiy kun tartibi: "demokratiya va taraqqiyot dushmanlari" xatti-harakatlarini muhokama qilish etib belgilangan. YeI a’zo-mamlakatlari Rossiya va Belarusni shunday deb hisoblashadi.
Belarusga qarshi sanksiyalar paketi tasdiqlanadi, bu cheklovlar - kutilishicha - Yevropaga belarus kaliysi eksportiga ta’qiqdan iborat bo‘ladi (bu yevropa fermerlari tomonidan iste’mol qilinadigan xom-ashyoning to‘rtdan bir qismi bo‘lib, yetishmayotgan qismini kimdan xarid qilishlari hozircha noma’lumligicha qolmoqda).
21 Iyun 2021, 14:51
Rossiya xatti-harakatlarini esa bu yangi rusumdagi yevropa "partkomi" so‘nggi yetti yil davomida biror kuni ham "Sharqdan tahdidsiz" kechmagan yevropaning yorug‘uzli jamoatchiligini tahlikaga tushirish uchun bandlar bo‘yicha muhokama qiladi.
Agar vaziyatni "g‘arblik sheriklar" tomonidan taklif etilgan harbiy atamalarda izohlasak, u holda razvedkada bunday turdagi xatti-harakat "arzimas nishon bilan chalg‘itish" deb ataladi, nega deganda, YeI uchun haqiqiy tahdid mavjud bo‘lgan taqdirda ham, u aslo Sharqdan emas, balki Janubdan bo‘ladi.
Bu tahdid shu qadar ayonki, shu tufayli uni hech kim ochiq muhokama qilishni istamaydi. Chunki qo‘rqishadi.
Axir so‘nggi yillarda nolegal migratsiya - istalgan soniyada alanga olib ketadigan olov o‘tkazuvchi shnurdan boshqa narsamas.
O‘zingiz o‘ylang: sammit davomida yevropaliklar e’tibor qaratadigan Turkiya o‘z hududida Yevropaga kirib borishni istaydigan uch million potensial qochoqlarni ushlab turibdi. Shunday ekan, Brussel bilan kelishuvlarga amal qilishda davom etish yoki etmaslik faqat Anqara irodasiga bog‘liqdir.
Agar O‘rta yer dengizi akvatoriyasida noqonuniy muhojirlarni qutqaruvchi notijorat tashkilotlar va Shimoliy Afrika qirg‘og‘idagi omonat qayiqlarga boshpana izlovchilarni joylaydigan (va Yevropaning oliyhimmat ijtimoiy paketi ehtimoliy oluvchilari) o‘rtasida aloqalar yuridik o‘rnatilgan bir vaqtda YeI mamlakatlari huquqni muhofaza qilish idoralari odam savdosida gumon qilinganlarni javobgarlikka tortish uchun hech qanday choralar ko‘rmayaptilar.
Italiya prokuraturasi matbuot ruxsat berganidan so‘ra, sal chuqurroq kavlashtirgan edi, Shimoliy Afrikadan puflanib ishiriladigan qayiqchalarni yuboruvchilar bilan kimning pullariga kelgani noma’lum ijaraga olinadigan dengiz transportlariga nolegallarni qabul qiluvchilar o‘rtasida kuchli va iliq munosabatlar o‘rnatilgani, telekommunikatsiya texnologiyalarining barcha yutuqlari esa - har ikki tomonning xizmatlariga tegishliligi aniqlandi.
Bu haqda (va birinchi marotaba emas) Yevropol ham o‘z dokladida bayon etgan.
O‘sha dokladning o‘zida raqamlar ham keltiriladi.
"Yevropa jannatiga" erishishni istovchi bitta nolegal migrantni yuborish uyushgan jinoyatchilik cho‘ntagiga o‘rtacha yetti ming yevro olib keladi.
Asosiy marshrutlar:
— sharqiy — Gretsiya, undan so‘ng Bolqonlar orqali va rumin, bolgar hamda xorvat dalnoboyshchiklari yordamida Germaniya va Fransiyaga;
— g‘arbiy — cherez ispanskie porti i opat s pomoshyu dalnoboyshikov i/ili sochuvstvuyushix vo Fransiyu;
— o‘rta (va eng ommabop) — italiya portlari orqali; va bu yerda ham yo‘nalishning oxir nuqtasi Fransiya (kamdan kam hollarda Germaniya"dir.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, har yili u yoki bu usulda har yili Fransiyaga kamida 350-400 ming nafar odam kirib boradi (taqqoslash uchun: bu Nissa aholisiga teng). Agar mamlakatda nolegallarning yarmi yoki uchdan bir qismi qoladi, deb taxmin qilinsa, bu bir tomondan va nazariy jihatdan hukumatni muammoni hal etishga, boshqa tomondan esa - jamoatchilikni ko‘zni ochishga undashi lozim.
Fransiya shaharlari ko‘chalari endi fransuzlarga tegishli emas. Endi kunduz kuni ham bu ko‘chalar bo‘ylab yurish xavfsiz emas. Hatto obod va hashamatli hisoblangan kvartallarda ham ayollar bo‘ynidan zanjirni shunchaki yulib ketishlari yoki qo‘llaridan ushlab, bilaguzugini yechib ketishlari mumkin. Svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtash, agar haydovchi tomonidagi oyna mahkam yopilmagan bo‘lsa, talonchilik - soat, pullar yoki kredit karta o‘g‘irlanishi bilan yakunlanishi mumkin.
Metroda yurish - mobil telefondan judo bo‘lish xavfi bilan. Ushbu mayda, politsiya svodkalaridagi "huquqbuzarliklar" deyarli hech qachon matbuot yoki axborot portallari sahifalariga tushmaydi - Beshinchi respublika jurnalistlari bu singari xabarlar "ojiz va himoyasizlarga nisbatan nafratni avj olidirishi mumkinligiga" qattiq ishonishadi.
Ammo mamlakatda ro‘y berayotgan voqealar haqida gapirishga jazm qilganlarga muntazam va yaxshigina adolatli nafrat o‘qlari yog‘ilib turadi.
Eng so‘nggi misol — Mari Le Penning "Milliy birlashma"ga qarshi ko‘psonli davolar (shu jumladan, Fransiya Advokatlar palatasi tomonidan ham): uning partiyasi saylovoldi materiallarida bir nafar voyaga yetmagan migrantning yillik xarajatlari davlat g‘aznasiga taxminan 50 ming yevroga tushayotgani aytilgan edi.
Ushbu raqamlar - rasmiy maqomga ega va Senat Komissiyasining hisobotidan olingan, ularni rad etish qiyin, "Milliy birlashma" qo‘l urgan birgina gunoh, u ushbu raqamlarni oshkor qilganidir.
Tok-shoulardan boshi chiqmaydigan, yaxshiliklar uchun tashviqot olib borib, yomonliklarga qarshi turadigan, millatchilarni (aslida - vatanparvarlarni) ksenofobiyada ayblaydigan, "lang ochiq eshiklar siyosati"ni chek-chegarasiz qo‘llab-quvvatlovchilar Yevropolning yanada tashvishli hisobotlarini yoki kriminalistlarning noqonuniy migratsiya bilan jamiyatdagi zo‘ravonlik darajasi o‘sib borishida bog‘liqlik ko‘rayotgan kriminolok-mutaxassislarning ogohlantirishini e’tiborsiz qoldirmoqdalar.
Katta yoshdagi o‘smirlar va yoshlarda zo‘ravonlik muammosi bilan shug‘ullanuvchi mashhur vrach-psixiatr Moris Berje "Figaro"ga bergan intervyusida: "Nazoratsiz nolegal migratsiyani bir necha yilga, to yangi kelganlar yashab turgan mamlakat qonunlariga amal qilish kerakligiga ko‘nikmaguniga qadar to‘xtatish lozim. Ha, kimdir bunday qarorni adolatsiz, deb hisoblashi mumkin, ammo bizning boshqa choramiz yo‘q".
Nazoratsiz nolegal migratsiya — YeI ichida ham kuchli ziddiyatlarni keltirib chiqarayotgan yagona omildir.
Yangi kelgan "bo‘lajak yevropaliklarni joylab, zarbani birinchi bo‘lib o‘ziga qabul qiladigan davlatlar bor, Brussel ularni mablag‘siz va sezilarli yordamsiz qoldirmoqda, bu esa o‘z navbatida ittifoq ichida noqonuniy muhojirlar harakatlanishi ustidan hech qanday nazorat bo‘lmasligiga olib keladi. Gretsiya hukumati allaqachon bu haqda ochiqchasiga gapirmoqda.
Italiyaning ovozi tobora balandlashmoqda: sammitdan bir kun avval Rim migratsiya mavzusi kun tartibiga o‘zgartirish kiritilishi va "yevropalik" bo‘lishni xohlovchilarning qabuli, hisobga olinishi va nazorati jarayonini qisman bo‘lsa ham qayta ko‘rib chiqilishini talab qilishini aytdi.
Ammo pragmatik Mario Dragining ushbu so‘zlari "eshitilishdan boshqa" hech qanday munosabatni keltirib chiqarmadi.
Yana Vengriya va Polsha bor: Budapesht va Varshava, xuddi o‘sha Parij, Nissa, Avinon va etnik getto maqomini olgan shaharga yaqin joylarda nimalar ro‘y berayotganini ko‘rib, na "yevropa birdamligi" doirasida, na ehtimoliy moliyaviy bonuslar evaziga ushbu holatni o‘z mamlakatlarida yuzaga keltirishni xohlamaydi.
Axir, Orban va Moraveskiyning (tarafdorlari umuman bo‘lmagan Makrondan farqli o‘laroq) jamoatchilik orasida aynan shunday siyosatni amalga oshirishga mandati bor.
Shu tariqa, agar nazoratsiz nolegal migratsiya ularni qabul qilayotgan davlatlarni sirtdan parchalab tashlamasa, u holda Yevropa ittifoqi ustida garchi tashqi tomondan farovon bo‘lsada, ichkarida mavjud bo‘lgan doimiy notinchlik singari ittifoqni ichkaridan parchalab tashlashga qodir. Bunday abssessni payqamaslikning imkoni yo‘q.
Bu holatni yoki yuz berayotgan voqea haqida to‘g‘risini aytib, oshkor qilishga to‘g‘ri keladi, bu holda "yaxshi hayot izlashlar" odam savdosi tusini oladi, notijorat tashkilotlari, "ushbu hayotlar qutqaruvchilari" esa mafiya sheriklariga aylanadi, g‘azna tomonidan sarflanayotgan mablag‘lar esa maxfiylikni yo‘qotib, har bir yevropalik soliq to‘lovchining bundan xabari bo‘ladi.
Aks holda, gapni oxirigacha aytmaslik, yashirish va senzura - mantiqiy yakuniga qadar davom etaveradi. Yevropa organizmining umumiy zaharlanishi, to fuqarolik urushi boshlanmaguniga qadar holat shunday kechadi.
Bu haqda Makronni harbiylar ogohlantirgan edi. Uch marta.
Ammo bugungi kunda Fransiya prezidenti ham, boshqa rahbarlar ham intellektual ojizlik, g‘oyaviy uyg‘otish va mayda saylov konyunkturasi tufayli noqonuniy nazoratsiz migratsiyani emas, balki Rossiyani Yevropa birligining dushmani deb bilishadi.
Shunday ekan vektor almashinuvi ro‘y bermaydi. Brusselda shu tarzda umumevropa peritonitini kutishga qaror qilishdi, aytganday, u ham kesiladi, axir.