Yevropa ittifoqi Qrimga qarshi sanksiyalarni uzaytirdi

Obuna bo‘lish
YeIdagi jismoniy shaxslar va tashkilotlarga Qrim va Sevastopoldan mahsulotni import qilish ta’qiqlangan. Cheklovlar savdo, turistik sektor, regionning qator iqtisodiy sektorlariga investitsiyalar kiritilishiga ham ta’sir etadi.
TOShKENT, 21-iyun – Sputnik. Yevropa ittifoqi "Qrim va Sevastopolning noqonuniy anneksiyasi uchun" sanksiyalarni yana bir yilga, ya’ni 2022-yilning 23-iyuniga qadar uzaytirdi, deyiladi YeI tomonidan tarqatilgan bayonotda. RIA Novosti xabari asosida.
"Bugun YeI kengashi Rossiya tomonidan Qrim va Sevastopolning noqonuniy anneksiyasiga javoban kiritilgan sanksiyalarni yana bir yilga yangilashga qaror qildi", - deyiladi hujjatda.
Flagi  Rossii i Yevrosoyuza - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.02.2021
Rossiya va Yevropa Ittifoqi: ajrashish muqarrarmi?
Sanksiyalar Yevropa ittifoqi Rossiyaning ushbu regionlari bilan iqtisodiy aloqalarni cheklashini nazarda tutadi. Sanksiyalar so‘nggi marotaba bir yil avval 2021-yilning 23-iyuniga qadar uzaytirilgan edi.
YeIdagi jismoniy shaxslar va tashkilotlarga Qrim va Sevastopoldan mahsulotni import qilish ta’qiqlangan. Cheklovlar savdo, turistik sektor, regionning qator iqtisodiy sektorlariga investitsiyalar kiritilishiga ham ta’sir etadi.
2014 yilning mart oyida Ukrainada amalga oshirilgan davlat to‘ntarishidan so‘ng o‘tkazilgan referendum yakunlariga ko‘ra Qrim Rossiya regioniga aylandi. Rossiya bilan birlashish uchun Qrim Respublikasidagi saylovchilarning 96,77 %i va Sevastopol aholisining 95,6 %i ovoz bergan. Ukraina yarimorolni o‘ziniki, faqat vaqtincha okkupatsiya qilingan deb hisoblaydi. Moskva yarimorol aholisi xalqaro huquq va BMT nizomiga to‘la mos ravishda Rossiyaga demokratik yo‘l bilan qaytishga qaror qilganliklarini bir necha bor ta’kidlagan. Vladimir Putinga ko‘ra, Qrim masalasi butunlay yopilgan.
Glava Respubliki Krim Sergey Aksenov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.03.2021
Sergey Aksenov: Qrim tiz cho‘kmaydi
Yevropa ittifoqi ko‘plab marotaba Qrim va Sevastopolning Rossiya tarkibiga kirishini oqlamasligi haqida bayonotlar berib keladi.
Moskvaning Kiyev va G‘arb bilan munosabatlari Donbassdagi voqealar fonida keskinlashgan: Kiyev 2014-yil o‘z o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk va Donbass hamda referendum o‘tkazilishi natijasida RF bilan qo‘shilishga qaror qilgan Qrim yarimoroliga qarshi harbiy operatsiyalarni boshlagan.
Moskva barcha ayblovlarni rad etdi va RF Ukraina ichidagi mojarolarda tarafkashlik qilmasligini ma’lum qildi. RF import o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarish qarorini qabul qilib, Moskva bilan sanksiyalar tilida gaplashish samara bermasligini bildirdi.
Ayni vaqtda Rossiya Davlat dumasining Qrim regionidan deputati Mixail Sheremet Yevropa ittifoqi tomonidan Qrimga nisbatan sanksiyalar uzaytirilishini - xavfli o‘yin deb atadi. Sheremetga ko‘ra, ushbu qaror to‘laligicha Rossiya bilan munosabatlarni ziddiylashtirishga qaratilgan.
Yangiliklar lentasi
0