O‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan Chirchiq pedagogika instituti o‘qituvchisi ushlandi

U ikki fuqaroni Chirchiq yoki Toshkent davlat pedagogika universitetiga tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 6 ming dollar so‘ragan.
Sputnik
TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Toshkentda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati xabar bermoqda.
Idora xabariga ko‘ra, pedagogika instituti o‘qituvchisi Sh.E. fuqaro B.T. va E.J.larga Chirchiq yoki Toshkent davlat pedagogika universitetiga tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan. Buning evaziga esa 6 ming dollar talab qilgan.
“Uy sotib olaman”: Qirg‘izistonda xorijlik talabalardan pora olayotgan xodim videoga olindi
U bu pullarni olayotgan vaqtda Departament hamda DXXning Shayxontohur tuman bo‘limlari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 28, 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.