“Uy sotib olaman”: Qirg‘izistonda xorijlik talabalardan pora olayotgan xodim videoga olindi

CC BY 2.0 / Chris Potter / The Pay OffAmerikanskaya valyuta v konverte
Amerikanskaya valyuta v konverte - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.06.2021
Obuna bo‘lish
Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasida ta’kidlanishicha, pora olishda universitetning ayrim mansabdor shaxslari aloqadorligi aniqlangan.
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi J. Balasag‘in nomidagi Qirg‘iziston milliy universiteti O‘sh filiali mansabdor shaxsi pora olayotgani aks etgan yashirin videoni taqdim etdi. Sputnik Qirg‘iziston xabariga asosan.
Videoda ayol talabalardan pul olayotgani, faqat dollar olib kelishini talab qilishi, "uy sotib olaman" deb ish stolida bozordagi sotuvchilarga o‘xshab "irim" qilayotgani aks etgan.
Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi ta’kidlashicha, pora olishda universitetning ayrim mansabdor shaxslari aloqadorligi aniqlangan.
"Universitet rahbariyati o‘qituvchilar bilan birgalikda chet ellik talabalardan imtihon sessiyasi va davlat imtihonlariga qo‘yish evaziga pora olish sxemasi yo‘lga qo‘yishgan", - deyilgan xabarda.
Korrupsiya sxemasiga aloqador barcha shaxslar aniqlangan. Gumonlanuvchilardan biri qo‘lga olingan.
Yangiliklar lentasi
0