NATO sammitining qo‘rqinchli yakuni: alyans RF va MDHga soxta "ayblar" uchun tahdid qilmoqda

Shimoliy atlantika alyansining iyun oyidagi sammiti boshqalaridan ustuvor va mutlaqo yolg‘on tahdidlarning alohida "tizib chiqilishi" bilan ajraladi.
Sputnik
NATO yakuniy kommunikesidagi buzib ko‘rsatilgan koordinatlar tizimida Rossiya, kutilganidek, "dunyo uchun asosiy tahdid" sifatida ko‘rsatildi, ikkinchi o‘rinda katta farq bilan Shimoliy Koreya va Eron kelmoqda, tinch Belarus Respublikasi xavfsizlikka tahdid ro‘yxatida uchinchilikni "egallagan" bo‘lsa, Xitoy to‘rtinchi o‘rinda yodga olingan. Dunyoda hech kim NATOga teng huquqli, mustaqil davlatlarni "sortlarga" qarab ajratishga vakolat bermagan. Shu bilan bir vaqtning o‘zida sayyoraning atigi 10 foiz aholisi manfaatlarini ifodalovchi ushbu ittifoqning bu singari "ayblov" argumentlari ham o‘ta g‘alati tuyulmoqda.
NATO uchun "ta’qiq zonasi": Rossiya "Iskanderlari" yangi raketalarga ega bo‘ldi
Brussel sammitining 14-iyundagi kommunikesini Rossiyaga qarshi "manifest" deb atash mumkin - ortiqcha ezmalikka yo‘l qo‘yilgan, u bema’ni hamda MDH davlatlari va, umuman, insoniyat uchun xavflidir. "Ayblov xulosasi"ning o‘ndan ortiq moddalari "Rossiya tahdidi"ga bag‘ishlangan (9-15, 25, 46, 50, 54). Taqqoslash uchun, KXDR va Eronga atigi bittadan punkt nasib qilgan bo‘lsa (51 va 52), "Xitoy tahdidi" ikki punkt bilan belgilangan (55-56). Hujjat nihoyatda paradoksal.
Alyans so‘nggi chorak asr davomida Eron, Afg‘oniston, Liviya, Yugoslaviya, Suriyani faol ravishda bombardimon qilmoqda va shunday ekan, u tomondan bo‘layotgan "Rossiyaning tajovuzkor harakatlari Yevroatlantik xavfsizligiga tahdid solmoqda" singari bayonotlar qanchalik haqli? Shu bilan birga, kommunikeda blok 25-yildan ortiq vaqt mobaynida Rossiya Federatsiyasi bilan sheriklik aloqalarini o‘rnatib, xalqaro majburiyatlarini bajarib kelayotgani, Rossiya esa "qadriyatlar, tamoyillar, ishonch va majburiyatlarni buzishda davom etayotgani" ta’kidlangan.
“Ularga kim bosh ekanligini ko‘rsatib qo‘yamiz”: NATO qo‘shinlarini Ukrainaga olib kelmoqda
"Sheriklar" real dunyoga qaytishni istashmaydi. AQSh va Yevropa Ittifoqi tomonidan Kiyevda uyushtirilgan davlat to‘ntarishi, Qrimning Rossiya Federatsiyasiga qaytarilishi va 2014-yilda Uelsda bo‘lib o‘tgan NATO sammitidan so‘ng alyans tomonidan Rossiya bilan barcha amaldagi fuqarolik va harbiy hamkorliklar to‘xtatilgan. Shu bilan birga Moskva go‘yoki "tavba qilishi shart" va "odatdagi ishlariga qaytmog‘i lozim". Bu "okkupatsiya qilingan hududlar" qaytarilishini nazarda tutadi: Qrim - Ukrainaga, Abxaziya va Janubiy Osetiya - Gruziyaga, Pridnestrovye - Moldovaga.
Aks holda, Brussel, "xavfsizlik sohasida yomonlashib borayotgan vaziyatga, jumladan, shimoliy atlantika alyansining sharqiy qismida peshqadamlik qilish orqali javob qaytarish"ga va’da bermoqda. Ushbu dalillar dunyoni anglash buzilganini aks ettiradi va shu asnoda yaqinda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron tomonidan aytilgan NATO "miyasining o‘limi" haqidagi xulosasi bexosdan yodga tushadi. Tinchlik va xavfsizlik haqidagi so‘zlarni niqob qilish orqali Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilari qo‘shni davlatlar va xalqlar taqdiriga befarq holda, Rossiya bilan jangga tayyorlanishmoqda.

Asossiz ayblovlar

Shimoliy Atlantika alyansini Rossiya tomonining turli sohalarda harbiy qudratni oshirayotgani xavotirga solmoqda. Yangi harbiy salohiyat, "ig‘vogarlik harakatlari, shu jumladan, NATO chegaralari yaqinida ham", ogohlantirmasdan, kutilmaganda o‘tkazilgan keng ko‘lamli mashqlar, Qrimda harbiy kuchlar jamlanishining davom etishi, Kaliningrad viloyatida zamonaviy ikki vazifali raketalarni joylashtirish, Belarus bilan harbiy integrallashuv.
Putin Qrimdagi referendum bo‘yicha qarorni qanday qabul qilgani haqida gapirdi
Bu yerda shuni yodga solish lozimki, Rossiya alyans chegaralariga yaqinlashgan emas, NATO esa Rossiya chegaralariga qadar kengaygan. Qolaversa, MDH maydonida "rangli inqiloblar" formatida gibrid urushlar amaliyoti allaqachon yo‘lga qo‘yilgan.
NATO gumanitar tashkilot emas va RF xavfsizligi uchun potensial xavfni tashkil qiladi. Bu yerda Moskva va Minskning reaksiyasini tushunsa bo‘ladi, ular alyansning Yevropa(Yugoslaviya), Yaqin Sharq (Iroq, Afg‘oniston, Suriya), Afrika (Liviya) va boshqa ko‘plab joylardagi geosiyosiy "tuzatishlarini" unutishmagan.
Real "dalillar" yo‘qligi bois, NATO Rossiya zimmasiga "ittifoqdoshlar saylovlari va demokratik jarayonlarga aralashishga urinish" holatlari, "keng ko‘lamli dezinformatsiya kampaniyalari", "Rossiya maxsus xizmatlarining alyans hududida noqonuniy va destruktiv harakatlari"ni yuklamoqda va Rossiyadan Chexiya Respublikasi hamda Qo‘shma Shtatlarga "nodo‘stona mamlakatlar" deya berilgan ta’rifni bekor qilishni talab qilmoqda.
Go‘yoki Rossiya "NATOni majburlash maqsadida" o‘rta va kichik masofaga uchadigan qator majmualarni keng yoygan holda o‘z yadroviy arsenalini diversifikatsiya qilmoqda. Nimaga majburlash? "Strategik qo‘rqitishning tajovuzkor siyosati" singari ahmoqona jumlalar nimani anglatadi, axir NATO davlatlarining o‘zlari Yevropada RSMDni joylashtirishga moratoriy to‘g‘risida Rossiyaning aniq taklifini qo‘llab-quvvatlashmagan edi-ku.
"Ruslarning nozik joyiga uramiz": NATO nimani rejalashtirgan
"Rossiya oddiy qurolli kuchlarning nostabillashtiruvchi mashg‘ulotlariga katta e’tibor qaratib, agressiv va mas’uliyatsiz yadroviy ritorikadan foydalanishda davom etmoqda". Kechirasiz, harbiy manyovlar dunyoning barcha davlatlarida o‘tkaziladi, va faqatgina NATO a’zolari aksariyat mashg‘ulotlarni xorijiy hududlarda - mas’uliyatsiz va tajovuzkor ravishda amalga oshiradilar.
Axir Moskva yadroviy qurolni qo‘llash bilan kimgadir bevosita tahdid qilyaptimi? Yoki Meksika shimoli, Kanada janubida harbiy manyovrlarni o‘tkazish uchun o‘z qo‘shinlarini okean ortidan ko‘chiraptimi? Bular Pentagon Yevropada amalga oshirayotgan ishlar bilan teng. Rossiyaning mashqlari "o‘ta" ko‘lamdormi? Shunga yarasha RF hududi ham dunyoda tengsiz (AQShdan ikki karra ko‘p), mudofaa qobiliyatini ta’minlash uchun shunga monand instrumentlar darkor. Ko‘rinib turibdiki, Rossiyani "barcha gunohlarda aybdor qilish" AQSh va NATOning RFga va uning ittifoqdoshlariga qarshi jangovar harakatlariga real tayyorgarlikni niqoblash yoki oqlashga urinishdan boshqasimas.
Stoltenberg: NATOning barcha a’zolari mudofaa sarflarini oshirishlari shart
Peshqadam harbiy infratuzilma va chet el alyansining Ruminiya hamda Boltiq mamlakatlarida kengayib borishi - bu tinch region va dengizlarning qurollangan mojaro zonasiga aylantirilishining yorqin namunasidir. Maqsad esa keyinchalik ularni demontaj qilib, sharqroqda joylashgan sobiq ittifoq mamlakatlarini talon-taroj qilishdir. Bu yerda amerikaliklar tomonidan eron, iroq va suriya neftining qazib olinishi (o‘g‘riligi) xususiyatlariga chuqur berilmaymiz, ammo sibir uglevodorodlari va Markaziy Osiyodagi foydali qazilmalar konlari ulardan kam "o‘lja" emasligi aniq.

Tinch MDHning buzilishi

NATO kommunikesida shunday deyilgan: "Ukraina va uning atrofidagi ziddiyat hozirgi sharoitda bizning kun tartibimizning asosiy mavzusidir". Moskvaning "xatolari" ro‘yxati ilova qilingan. Ammo Rossiya Ukrainada yuz bergan fuqarolar urushida o‘zini mojaro tomoni sifatida ko‘rmayapti. Axir AQSh va YeIning 2014-yilda Ukrainadagi saylov jarayoniga qo‘pol tarzda aralashuvi Donbassda qurollangan mojaroga va Qrimning Rossiya tarkibiga qaytarilishiga sabab sifatida xizmat qilmaganmidi? Bu faktlarni tan olmaslik mumkin, ehtimol yangicha izohlar aytish mumkindir, ammo ularni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Qrim referendum yakunlari bo‘yicha – tinch va qonuniy tarzda RF tarkibiga kirdi, va bu tarixiy voqeaning ortga qaytarilmasligi Rossiya Konstitutsiyasida mustahkamlab qo‘yilgan. Rossiyaga aksini agressiv tarzda isbotlashni istovchilar "musht yeydi", ammo bu tahdid emas, balki majburiy reaksiyadir.
Rossiya qiruvchilari “raqib” aerodromini yakson qildi – video
Alyans Ukraina, Gruziya va Moldova Respublikasining hududiy yaxlitligi va suverenitetini "xalqaro miqyosda tan olingan chegaralar doirasida" qo‘llab-quvvatlashini qayta va qayta ta’kidlab, Rossiyani "har uchala davlatga ularning roziligisiz joylashtirilgan qo‘shinlarini olib chiqib ketishga" chaqiradi. Dunyo o‘zgardi. Xaritada SSSR ham GDR ham yo‘q. NATOning faol ishtiroki oqibatida Yugoslaviya ham g‘oyib bo‘ldi. G‘arbparast "atirgul inqilobi"ning aks-sadosi sifatida Gruziyada amalda mustaqil Abxaziya va Janubiy Osetiya paydo bo‘ldi va Rossiya ularni 12-yildan ko‘proq vaqt oldin tan olgan. Kun keladi Gruziya va uning "sheriklari" ham yangi voqelikni adekvat tan olishadi. Ushbu fonda "vaqtincha bosib olish" yoki qo‘shib olish to‘g‘risida har qanday gap xuddiki, 2008-yil 8-avgusti singari nokonstruktiv va xavflidir.
Chegaralarning daxlsizligi to‘g‘risida. Moldovadagi qurolli to‘qnashuv Pridnestrovye rus tilida so‘zlashadigan aholisining butun respublika bilan Ruminiya tarkibiga integrallashishni istamasligi tufayli yuzaga kelgan edi. O‘shanda, 1992-yilda Rossiya Pridnestrovyega BMTning tinchlikparvar kontingentini yuborishni taklif qilgan edi, ammo G‘arb bu taklifni juda qimmat deb hisobladi. Bunday "konsalting"dan so‘ng rus qo‘shinlari xalqaro tinchlikparvar maqomini olishdi va Pridnestrovyeda otishma to‘xtadi. Insoniyatning zamonaviy tarixda bu tinchlik o‘rnatishning yagona muvaffaqiyatli tajribasidir.
Bu yerda, MDH maydonida, Shimoliy atlantika alyansi "Gruziya - Moldova - Ukraina" turidagi virtual harbiy bloklarni konstruksiya qilmasdan, balki mojarolarni real va samarali hal etishga o‘rgansa bo‘lardi.
Makron umumiy Yevropa armiyasini tuzishni taklif qildi
Kommunikedagi e’tiborni jalb qiladigan yana bir punkt: "NATOga a’zo-davlatlar Belarusda 2020-yilning avgustida avj olayotgan voqealar rivojidan avvalgidek xavotirda. Belarus siyosati va harakatlari regional stabillikka ta’sir ko‘rsatadi". Bu aql bovar qilmas siyosiy riyokorlik namunasidir. Regionni nostabillashtiruvchi qanday voqealar haqida bormoqda gap? Negadir alyansni Fransiyada ro‘y berib uzoq vaqt davom etgan "sariq nimchalar" aksiyasi yoki Kapitoliyda ro‘y bergan va AQShning norozilik bildirgan fuqarolari hibsi bilan yakun topgan shturm ko‘pam xavotirga solayotgani yo‘q - bu nima boshqa mavzumi?
NATO minglab raketa va jangovar sputniklar tayyorladi – Rossiya nima bilan javob beradi?
NATOning 14-iyundagi yig‘ilishi kommunikesining hajmdor matni rasmiy saytda uchta tilda e’lon qilingan, barcha xohlovchilar unda yanada ko‘proq reallikga mos kelmaydigan nomuvofiqliklarni aniqlashlari mumkin. Maqola yakunida shuni qayd etmoqchimanki: 20-yillik urushdan va AQSh va NATO uchun sharmandali bo‘lgan terrorchi-toliblar bilan tuzilgan tinchlik bitimi va xorijiy qo‘shinlarning Afg‘onistondan deyarli qochib ketayotganidan so‘ng "sheriklar"ga Yevropa yoki Arktikada bu qadar faollik bilan "dubinka" o‘ynatish yaramaydi. Aks holda rikoshet javobi bo‘lishi mumkin, axir yuqori texnologiyali va yirik yadroviy derjava bilan faraziy mojaroda ular mag‘lubiyatga yuz tutishi aniq.
Teng huquqli tomonlar o‘rtasida kechadigan muzokara orqaligina oqilona murosaga kelish va keyinchalik tinch hayot kechirish mumkin.