Stoltenberg: NATOning barcha a’zolari mudofaa sarflarini oshirishlari shart

© REUTERS / Yves HermanGeneralniy sekretar NATO Yens Stoltenberg
Generalniy sekretar NATO Yens Stoltenberg - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tramp va Stoltenberg barcha ittifoqdoshlar yalpi ichki mahsulotning 2 foizini mudofaa sarflariga ajratishlari kerak, degan xulosaga kelishgan.

TOShKENT, 16 noya - Sputnik. NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg payshanba kuni AQSh prezidenti Donald Tramp bilan alyans ishtirokchilari mudofaa harajatlarini hamda o‘ta muhim infratuzilma himoyasini muhokama qildi, deyiladi Oq uy bayonotida.

Proyekt shtab-kvartiri NATO v Brussele  - Sputnik O‘zbekiston
NATO o‘z ajalini qanday yashirish to‘g‘risida kelishmoqda

"Kecha (payshanba kuni) prezident Donald Tramp NATO yetakchilarining 2019-yil Londonda o‘tkaziladigan uchrashuvi oldidan ustuvor vazifalarni muhokama qilish uchun Shimoliy atlantika alyansi tashkiloti (NATO) bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan uchrashdi", - deyilgan Oq uy xabarida.

Xabardan xulosa qilsa bo‘ladiki, AQSh prezidenti NATO bosh kotibini alyansga kiruvchi mamlakatlar mudofaa uchun harajatlarini oshirishlari shartligiga ko‘ndira olgan.

Aniq raqamlar ham keltirib o‘tilgan. Xabarga ko‘ra, "Tramp va Stoltenberg barcha ittifoqdoshlar yalpi ichki mahsulotning 2 foizini mudofaa sarflariga ajratishlari kerak, degan xulosaga kelishgan".

AQSh endi Yevropani qo‘riqlamaydi - Yunker bayonoti >>>

Amerika prezidenti Donald Tramp ilgarigi chiqishlarida ham ko‘plab marotaba NATO bo‘yicha ittifoqdoshlarga murojaat qilib ularga harbiy budjet miqdori oshirilishini kutayotganini ma’lum qilgan.

Putin G‘arbga qizil chiziqdan o‘tmaslikni maslahat berdi >>>

Yangiliklar lentasi
0