TOShKENT, 23 apr — Sputnik. Mudofaa vazirligi navigatsiya va okeanografiya bulletenlariga ko‘ra, Rossiya shanba oqshomidan boshlab chet el harbiy kemalari va boshqa davlat kemalari uchun Qora dengizning uchta hududida tinch maqsadlarda o‘tish huquqini vaqtincha to‘xtatmoqda.
Qayd etilishicha, ushbu cheklovlar 24-aprel 21.00dan boshlab, 31-oktabr 21.00ga qadar davom etadi.
Yopilishi rejalashtirilayotgan zonalar Kerch bo‘g‘ozi bo‘ylab kemalar harakatlanishiga to‘sqinlik qilmaydi, ularning barchasi Rossiya hududiy suvlari ichida joylashgan.
Ukraina Tashqi ishlar vazirligi ushbu qaror tufayli Moskvaga protest bildirdi. Yopilishi rejalashtirilayotgan tumanlarning barchasi Rossiya Federatsiyasi hududiy dengizi tashqi chegarasiga qadar bo‘lsa-da, Kiyev qaror harbiy o‘quv-mashg‘ulotlarni o‘tkazish bahonasida qabul qilinganligini iddao qilib o‘tgan.
G‘arb munosabati
AQSh Davlat departamenti Qora dengizning qator hududlarida chet el kemalariga kirishni ta’qiqlash qarorini Rossiya tomonidan sodir etilayotgan “ataydan uyushtirilmagan eskalatsiya”, - deya baholadi.
Tashqi siyosiy idora vakili Ned Prays yozma arizasida ta’qiq munosabati bilan “chuqur tashvish” bildirgan, shuningdek, Moskvani “Azovdagi Ukraina portlari ishida to‘sqinlik yaratganlikda” aybladi.
O‘z navbatida, YeI Rossiya tomonidan Qora dengizning alohida hududlari yopilishini “holatni yanada ko‘proq notinchlantirmoqda”, deb hisoblaydi.
Yevropa Ittifoqining tashqi siyosiy xizmati vakili Piter Stano ushbu qarorni bekor qilishga chaqirdi.
Rossiya javobi
Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari Sergey Rabkov g‘arb siyosatchilari reaksiyasiga izoh berar ekan, Rossiya xalqaro kelishuvlarga muvofiq ish tutayotganligini qayd etdi.
Rossiyalik diplomat gap kemalarning Kerch bo‘g‘ozi orqali o‘tishi haqida borayotganini tushuntirdi.
"Men sizning e’tiboringizni shunga qaratmoqchimanki, savdo kemalariga Azov dengizidagi Ukraina portlaridan foydalanish uchun hech qanday cheklovlar kiritilmagan", - dedi Rabkov.
U shuningdek, mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tayotgan u yoki bu zonalar uchun kiritilgan cheklovlarni umumtan olingan xalqaro amaliyot, - deb atadi.
Rabkovning so‘zlariga ko‘ra, ushbu nuqtayi nazardan Rossiya ko‘pqirrali kelishuvlar asosida harakat qilmoqda.