https://oz.sputniknews.uz/20210423/nima-uchun-aqsh-barcha-urushlarda-maglub-bolmoqda-18472019.html
Nima uchun AQSh barcha urushlarda mag‘lub bo‘lmoqda
Nima uchun AQSh barcha urushlarda mag‘lub bo‘lmoqda
Sputnik O‘zbekiston
AQSh Hisob palatasi mamlakat qurolli kuchlarining jangovar tayyorgarligi pasayganligini tan oldi. 23.04.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-04-23T19:08+0500
2021-04-23T19:08+0500
2023-04-05T18:33+0500
kolumnistlar
aqsh
ukraina
afg‘oniston
tolibon
nato
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/13/16043499_0:92:1201:767_1920x0_80_0_0_6e2d8375b2abe734fffdd2359230c7d9.jpg
G‘arb Pentagonning "keti uzilmaydigan" urushlarda - Afg‘oniston, Iroq va boshqa rivojlanayotgan davlatlarda mag‘lub bo‘lish sabablarini aniqlashga harakat qilmoqda. Paradoks shundaki, AQSh harbiy budjeti yiliga 700 milliard dollardan oshib ketishi muvaffaqiyat keltirmayapti. Pul "armiya mushaklari" deb aytiladi, ammo dollarlarga harbiy g‘alabani xarid qilib bo‘lmaydi.AQSh Hisob palatasi so‘nggi 20-yil ichida bir nechta mintaqaviy mojarolarda ishtirok etganligi sababli Amerika qurolli kuchlarining jangovar tayyorgarligi pasayganligini qayd etdi, so‘nggi 75-yil ichida Pentagon uchinchi dunyo davlatlarida olib borgan barcha urushlari (1945 yil may oyida fashistlar Germaniyasi ustidan umumiy g‘alaba) muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi, deb hisoblash mumkin.Nazorat idorasi mutaxassislari ta’kilashicha, potensial raqiblarning kuchayishi tufayli AQShning shubhasiz harbiy ustunligi yo‘qoldi. Amerikaning "hukmronligi" deyarli har qanday jangovar o‘lchovda - dengiz, havo hududi va kosmosda putur yetkazilgan. Aytilishicha, "yerda" ishlar yaxshiroq, lekin Amerika qo‘shinlarining Afg‘onistondan sharmandali chiqib ketishi (“Tolibon”* bosimi ostida) mutlaqo boshqa narsadan dalolat beradi.Amerika HDKning yuqori jangovar tayyorgarligini tiklash yo‘lidagi asosiy to‘siqlari - sayyoraning turli burchaklarida kuchlarni joylashtirish qobiliyatining pasayishi va texnik xizmat ko‘rsatish qiyinliklar, deb hisoblaydi tahlilchilar. Go‘yoki dunyoning o‘nlab davlatlarida yuzlab Pentagon bazalaridan iborat ulkan tarmoq barcha turdagi qo‘shin va harbiy texnikani joylashtirish uchun ideal sharoit yaratmaydi.Ehtimol, jangovar tayyorgarlikka bir qator kichik urushlar, ya’ni Pentagonning jangovar, (yuqori texnologik raqib bo‘lmagan) muhitga bosqichma-bosqich moslashishiga zarar yetkazadi. Bu degradatsiya.Amerikalik siyosatchilar Qo‘shma Shtatlarning buyuk davlatlar orasida global yetakchiligini saqlab qolish uchun qurolli kuchlarning imkoniyatlarini oshirishga muntazam chorlaydilar.Ancha burun Pentagon budjeti yiliga 700 milliard dollardan oshdi, ammo bu fakt natijani kafolatlamaydi. Buning yana bir isboti - rasmiy ravishda urushga tayyor emas deb topilgan - superqimmat (1,5 trillion dollar) F-35 qiruvchisi.Rossiya va Xitoyni tiyib turish uchun qo‘shimcha 715 milliard dollar - arzimagan narsa, chunki Moskva va Pekin o‘z mudofaa salohiyatini oqilona yetarlilik tamoyillari asosida qurmoqda, qurollarning sifatli ustunligiga intilmoqda.SIPRI hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiya harbiy xarajatlari eng ko‘p bo‘lgan davlatlar ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinda turadi. Nima bo‘lganda ham, Moskva mudofaaga Vashingtonga qaraganda 10 baravar kam mablag‘ sarflaydi. Xitoy harbiy budjeti Amerikanikidan deyarli 4 baravar kam.Afg‘on sindromi“Tolibon”* bilan tuzilgan sharmandali tinchlik kelishuvining shartlariga (2020 yil 29-fevral) asosan AQSh va NATO harbiy kontingenti Afg‘onistonni tark etmoqda. Shu o‘rinda Afg‘oniston - sayyoradagi terrorchilar va jihodchilarning asosiy xalqaro bazasiga aylantirish xavfi saqlanib qolmoqda. Pentagon sarosima bilan qandaydir kompensatsiya choralarini ixtiro qilmoqda va The New York Times nashri yozishicha, "ittifoqchilar bilan qo‘shni Tojikiston, Qozog‘iston va O‘zbekistonga kontingentni ko‘chirish masalasini muhokama qilmoqda". Agar tegishli davlatlararo kelishuvlarga erishilsa (bu ehtimoldan yiroq bo‘lsa ham), voqealarning keyingi rivojini bemalol bashorat qilish mumkin.Agar amerikaliklar va ularning ittifoqchilari Markaziy Osiyo davlatlari hududidan Afg‘onistondagi “Tolibon”* va “Al-Qoida”* jangari guruhlarini “jilovlab” turish, ya’ni vaqti-vaqti bilan "bomba yog‘dirish"ni boshlashsa, afg‘on jangarilari Markaziy Osiyo davlatlarida joylashgan AQSh va NATO aviabazalarida "jihod" uyushtirishi aniq.Afg‘onistonda tug‘ilgan, avstraliyalik professor Amin Saykal 21-aprel kuni ASPI Strategist saytida qiziqarli fikrlarni joylashtirdi: “Ikkinchi Jahon Urushidan so‘ng Qo‘shma Shtatlar rivojlanayotgan davlatlarda olib borgan deyarli barcha urushlarda mag‘lub bo‘ldi. Bu fiyasko (to‘liq barbod bo‘lish) jahon derjavasining assimetrik mojarolarni hal qila olmaslik fojiasini aks ettiradi. Afg‘onistondagi 20-yillik mojaro - o‘zining dastlabki maqsadlariga erishmasdan, hozir AQSh buni rad etib kelayotgan - oxirgi urush hisoblanadi. Bu qadamlar Afg‘oniston, mintaqa va NATO obro‘siga qanchalik halokatli oqibatlarni olib keldi?”.Darhaqiqat, amerikaliklar “Tolibon” terrorchilarini mag‘lub eta olmadilar, Afg‘onistonni 2001-yilda va’da qilinganidek barqaror, xavfsiz va gullab-yashnayotgan demokratiyaga aylantira olmadilar. O‘zlaridan keyin Janubiy Vyetnam va Iroq singari, vayron bo‘lgan mamlakatni qoldirib ketmoqda. Professor Saykal AQSh va uning ittifoqchilari 3 502 askarini yo‘qotdi (ulardan 2 300 nafari amerikaliklar), minglab odamlar yaralandi va urushga 2 trillion dollar sarflandi. Afg‘oniston xalqining yo‘qotishlari bundan ham kattaroq - 20-yil ichida halok bo‘lgan tinch aholi, askarlar va politsiya xodimlarining soni 100 ming kishidan oshdi. Biroq tarix hech narsaga o‘rgatmayapti, Vashington bugun ham Moskva va Pekinni harbiy yo‘l bilan "jilovlash"ga intilmoqda. Bu bilan AQSh hududini o‘ziga xos Afg‘oniston Registon cho‘liga aylantirish xavf ostiga solmoqda.“Ahmoqona” siyosatAvvalroq Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu AQSh va NATO Rossiyaning Yevropa qismi chegaralari yaqiniga faol ravishda harbiy kuchlarni olib kelmoqda, deb bayonot berdi - asosiy kuchlar Qora dengiz va Boltiqbo‘yi mintaqalarida, jami 40 mingga yaqin xorijiy harbiy xizmatchi va 15 ming dona qurol va harbiy texnika, shu jumladan strategik bombardimonchilar to‘plandi.Rossiyaga nisbatan bu kabi qo‘pol qiliqlardan "sheriklar" qanday natijani kutmoqda? Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, bu "ahmoqona" siyosat. Natijada Pentagon va uning ittifoqchilariga yana bir bor Sharqiy Yevropada "qizil chiziq" qat’iy ko‘rsatildi. Bu yerda Rossiya Federatsiyasi faqat mayda yomon hatti-harakatlarni kechirishi mumkin.Olim va prezident Ronald Reyganning tashqi siyosat bo‘yicha sobiq yordamchisi Dug Bendou 20-aprel kuni nufuzli The American Spectator jurnalida shunday yozgan edi: "AQSh bir nechta "cheksiz urushlarda" ishtirok etdi, ularning hech biri mamlakat uchun o‘ta keskin xavf tug‘dirmagandi. Bu Amerikaning raqiblaridan birortasi ham Rossiya singari, yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan qurolli kuchlarga, keng yadro salohiyatiga ega jiddiy harbiy derjava bo‘lmaganda sodir bo‘ldi". Amerika va Yevropa rasmiy vakillari "o‘ylamay ish qildilar, ayniqsa bu Gruziya va Ukrainani NATOga qabul qilish rejalariga tegishli" degan fikrga qo‘shilamiz.G‘arbiy yarim sharda (Kanada yoki Meksikaning Varshava shartnomasi yoki KXShTga a’zo bo‘lishi) o‘z milliy manfaatlari yo‘lida AQSh bunday tarixiy voqealarga hech qachon yo‘l qo‘ymaydi. Moskva Rossiya chegaralarida, postsovet hududida adovatli davlatlarning "ekzistensial" mavjudligiga hech qachon murosa qilmaydi (Boltiqbo‘yi davlatlari qo‘rqmasliklari kerak, tashqi siyosatini korrektirovka qilishi kerak). Rossiya harbiy tahdidlarni zararsizlantirish uchun samarali vositalarga ega.Bugungi kunda Ukraina bilan chegara yaqinida "Rossiya umumiy kelishilgan harbiy bo‘linmalari – 100 ming harbiy xizmatchi, 1300 dona tank va artilleriya qurollari, 380 ta raketa uchirish va 3700 ta pilotsiz uchar qurilmalari" mashqlarda jamlanganligi bejiz emas.The American Spectator ning raqamlari biroz bo‘rttirilgan ko‘rinishga ega, ammo ularning mohiyatini to‘g‘ri aks etadi - Ukrainada yuqori texnologiyali Rossiya qo‘shinlari bilan faraziy (gipotetik) mojaroda Pentagon va NATO qaqshatkich mag‘lubiyatga uchraydi.Bu Afg‘onistonda qaraganda ancha tezroq bo‘ladi. Agar "sheriklar" taktik yadro qurolini qo‘llasa (Amerika armiyasining taktik darsliklarida shunday boblar mavjud), gipertovushli tezlik bilan "salom" javobi AQSh va mojaro boshqa ishtirokchilari hududlariga uchib keladi. "Buyuk Amerika" o‘z jonini saqlashga intilish tuyg‘usiga ega bo‘lishi va "ustuvor yo‘nalishlarni to‘g‘ri belgilashi" kerak.The American Spectator nashri quvonchli xulosani beradi: agar Shimoliy Atlantika alyansining asosiy maqsadi - ezgulik emas, xavfsizlik bo‘lsa, unda yadroviy derjava bilan ziddiyatga ega bo‘lgan mamlakatlar bo‘lmasligi kerak: “Ukraina shunchaki uning uchun qatyatli yadroviy derjava bilan urush xavfiga arzimaydi”.* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot
https://oz.sputniknews.uz/20210421/rus-tojik-qoshma-harbiy-mashqlar--afgonistondagi-jihodchilarga-ogohlantirish-18432232.html
https://oz.sputniknews.uz/20210419/tolibon-qanday-qilib-afgonistondan-aqsh-qoshinlarini-haydab-chiqarmoqda-18400950.html
https://oz.sputniknews.uz/20210411/pentagon-delegatsiyasi-toshkentda-ozbekiston-amerikalik-harbiylarga-nega-kerak-18267594.html
https://oz.sputniknews.uz/20210416/bu-nato-ishi-rossiya-chegarasi-yaqinida-nimalar-boshlanmoqda-18372723.html
https://oz.sputniknews.uz/20210423/tarixning-uqilmgan-darslari---dmitriy-medvedev-18467411.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/13/16043499_28:0:1171:857_1920x0_80_0_0_e656c90d8a25125caf3ab9d7071ff3ea.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
kolumnistlar, aqsh, ukraina, afg‘oniston, tolibon, nato, rossiya
kolumnistlar, aqsh, ukraina, afg‘oniston, tolibon, nato, rossiya
Nima uchun AQSh barcha urushlarda mag‘lub bo‘lmoqda
19:08 23.04.2021 (yangilandi: 18:33 05.04.2023) AQSh Hisob palatasi mamlakat qurolli kuchlarining jangovar tayyorgarligi pasayganligini tan oldi.
G‘arb Pentagonning "keti uzilmaydigan" urushlarda - Afg‘oniston, Iroq va boshqa rivojlanayotgan davlatlarda mag‘lub bo‘lish sabablarini aniqlashga harakat qilmoqda. Paradoks shundaki, AQSh harbiy budjeti yiliga 700 milliard dollardan oshib ketishi muvaffaqiyat keltirmayapti. Pul "armiya mushaklari" deb aytiladi, ammo dollarlarga harbiy g‘alabani xarid qilib bo‘lmaydi.
AQSh Hisob palatasi so‘nggi 20-yil ichida bir nechta mintaqaviy mojarolarda ishtirok etganligi sababli Amerika qurolli kuchlarining jangovar tayyorgarligi pasayganligini qayd etdi, so‘nggi 75-yil ichida Pentagon uchinchi dunyo davlatlarida olib borgan barcha urushlari (1945 yil may oyida fashistlar Germaniyasi ustidan umumiy g‘alaba) muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi, deb hisoblash mumkin.
Nazorat idorasi mutaxassislari ta’kilashicha, potensial raqiblarning kuchayishi tufayli AQShning shubhasiz harbiy ustunligi yo‘qoldi. Amerikaning "hukmronligi" deyarli har qanday jangovar o‘lchovda - dengiz, havo hududi va kosmosda putur yetkazilgan. Aytilishicha, "yerda" ishlar yaxshiroq, lekin Amerika qo‘shinlarining Afg‘onistondan sharmandali chiqib ketishi (“Tolibon”* bosimi ostida) mutlaqo boshqa narsadan dalolat beradi.
Amerika HDKning yuqori jangovar tayyorgarligini tiklash yo‘lidagi asosiy to‘siqlari - sayyoraning turli burchaklarida kuchlarni joylashtirish qobiliyatining pasayishi va texnik xizmat ko‘rsatish qiyinliklar, deb hisoblaydi tahlilchilar. Go‘yoki dunyoning o‘nlab davlatlarida yuzlab Pentagon bazalaridan iborat ulkan tarmoq barcha turdagi qo‘shin va harbiy texnikani joylashtirish uchun ideal sharoit yaratmaydi.
Ehtimol, jangovar tayyorgarlikka bir qator kichik urushlar, ya’ni Pentagonning jangovar, (yuqori texnologik raqib bo‘lmagan) muhitga bosqichma-bosqich moslashishiga zarar yetkazadi. Bu degradatsiya.
Amerikalik siyosatchilar Qo‘shma Shtatlarning buyuk davlatlar orasida global yetakchiligini saqlab qolish uchun qurolli kuchlarning imkoniyatlarini oshirishga muntazam chorlaydilar.
Ancha burun Pentagon budjeti yiliga 700 milliard dollardan oshdi, ammo bu fakt natijani kafolatlamaydi. Buning yana bir isboti - rasmiy ravishda urushga tayyor emas deb topilgan - superqimmat (1,5 trillion dollar) F-35 qiruvchisi.
Rossiya va Xitoyni tiyib turish uchun qo‘shimcha 715 milliard dollar - arzimagan narsa, chunki Moskva va Pekin o‘z mudofaa salohiyatini oqilona yetarlilik tamoyillari asosida qurmoqda, qurollarning sifatli ustunligiga intilmoqda.
SIPRI hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiya harbiy xarajatlari eng ko‘p bo‘lgan davlatlar ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinda turadi. Nima bo‘lganda ham, Moskva mudofaaga Vashingtonga qaraganda 10 baravar kam mablag‘ sarflaydi. Xitoy harbiy budjeti Amerikanikidan deyarli 4 baravar kam.
“Tolibon”* bilan tuzilgan sharmandali tinchlik kelishuvining shartlariga (2020 yil 29-fevral) asosan AQSh va NATO harbiy kontingenti Afg‘onistonni tark etmoqda.
Shu o‘rinda Afg‘oniston - sayyoradagi terrorchilar va jihodchilarning asosiy xalqaro bazasiga aylantirish xavfi saqlanib qolmoqda. Pentagon sarosima bilan qandaydir kompensatsiya choralarini ixtiro qilmoqda va The New York Times nashri yozishicha, "ittifoqchilar bilan qo‘shni Tojikiston, Qozog‘iston va O‘zbekistonga kontingentni ko‘chirish masalasini muhokama qilmoqda". Agar tegishli davlatlararo kelishuvlarga erishilsa (bu ehtimoldan yiroq bo‘lsa ham), voqealarning keyingi rivojini bemalol bashorat qilish mumkin.
Agar amerikaliklar va ularning ittifoqchilari Markaziy Osiyo davlatlari hududidan Afg‘onistondagi “Tolibon”* va “Al-Qoida”* jangari guruhlarini “jilovlab” turish, ya’ni vaqti-vaqti bilan "bomba yog‘dirish"ni boshlashsa, afg‘on jangarilari Markaziy Osiyo davlatlarida joylashgan AQSh va NATO aviabazalarida "jihod" uyushtirishi aniq.
Afg‘onistonda tug‘ilgan, avstraliyalik professor Amin Saykal 21-aprel kuni ASPI Strategist saytida qiziqarli fikrlarni joylashtirdi: “Ikkinchi Jahon Urushidan so‘ng Qo‘shma Shtatlar rivojlanayotgan davlatlarda olib borgan deyarli barcha urushlarda mag‘lub bo‘ldi. Bu fiyasko (to‘liq barbod bo‘lish) jahon derjavasining assimetrik mojarolarni hal qila olmaslik fojiasini aks ettiradi. Afg‘onistondagi 20-yillik mojaro - o‘zining dastlabki maqsadlariga erishmasdan, hozir AQSh buni rad etib kelayotgan - oxirgi urush hisoblanadi. Bu qadamlar Afg‘oniston, mintaqa va NATO obro‘siga qanchalik halokatli oqibatlarni olib keldi?”.
Darhaqiqat, amerikaliklar “Tolibon” terrorchilarini mag‘lub eta olmadilar, Afg‘onistonni 2001-yilda va’da qilinganidek barqaror, xavfsiz va gullab-yashnayotgan demokratiyaga aylantira olmadilar. O‘zlaridan keyin Janubiy Vyetnam va Iroq singari, vayron bo‘lgan mamlakatni qoldirib ketmoqda.
Professor Saykal AQSh va uning ittifoqchilari 3 502 askarini yo‘qotdi (ulardan 2 300 nafari amerikaliklar), minglab odamlar yaralandi va urushga 2 trillion dollar sarflandi. Afg‘oniston xalqining yo‘qotishlari bundan ham kattaroq - 20-yil ichida halok bo‘lgan tinch aholi, askarlar va politsiya xodimlarining soni 100 ming kishidan oshdi. Biroq tarix hech narsaga o‘rgatmayapti, Vashington bugun ham Moskva va Pekinni harbiy yo‘l bilan "jilovlash"ga intilmoqda. Bu bilan AQSh hududini o‘ziga xos Afg‘oniston Registon cho‘liga aylantirish xavf ostiga solmoqda.
Avvalroq Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu AQSh va NATO Rossiyaning Yevropa qismi chegaralari yaqiniga faol ravishda harbiy kuchlarni olib kelmoqda, deb bayonot berdi - asosiy kuchlar Qora dengiz va Boltiqbo‘yi mintaqalarida, jami 40 mingga yaqin xorijiy harbiy xizmatchi va 15 ming dona qurol va harbiy texnika, shu jumladan strategik bombardimonchilar to‘plandi.
Rossiyaga nisbatan bu kabi qo‘pol qiliqlardan "sheriklar" qanday natijani kutmoqda? Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, bu "ahmoqona" siyosat. Natijada Pentagon va uning ittifoqchilariga yana bir bor Sharqiy Yevropada "qizil chiziq" qat’iy ko‘rsatildi. Bu yerda Rossiya Federatsiyasi faqat mayda yomon hatti-harakatlarni kechirishi mumkin.
Olim va prezident Ronald Reyganning tashqi siyosat bo‘yicha sobiq yordamchisi Dug Bendou 20-aprel kuni nufuzli The American Spectator jurnalida shunday yozgan edi: "AQSh bir nechta "cheksiz urushlarda" ishtirok etdi, ularning hech biri mamlakat uchun o‘ta keskin xavf tug‘dirmagandi. Bu Amerikaning raqiblaridan birortasi ham Rossiya singari, yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan qurolli kuchlarga, keng yadro salohiyatiga ega jiddiy harbiy derjava bo‘lmaganda sodir bo‘ldi". Amerika va Yevropa rasmiy vakillari "o‘ylamay ish qildilar, ayniqsa bu Gruziya va Ukrainani NATOga qabul qilish rejalariga tegishli" degan fikrga qo‘shilamiz.
G‘arbiy yarim sharda (Kanada yoki Meksikaning Varshava shartnomasi yoki KXShTga a’zo bo‘lishi) o‘z milliy manfaatlari yo‘lida AQSh bunday tarixiy voqealarga hech qachon yo‘l qo‘ymaydi. Moskva Rossiya chegaralarida, postsovet hududida adovatli davlatlarning "ekzistensial" mavjudligiga hech qachon murosa qilmaydi (Boltiqbo‘yi davlatlari qo‘rqmasliklari kerak, tashqi siyosatini korrektirovka qilishi kerak). Rossiya harbiy tahdidlarni zararsizlantirish uchun samarali vositalarga ega.
Bugungi kunda Ukraina bilan chegara yaqinida "Rossiya umumiy kelishilgan harbiy bo‘linmalari – 100 ming harbiy xizmatchi, 1300 dona tank va artilleriya qurollari, 380 ta raketa uchirish va 3700 ta pilotsiz uchar qurilmalari" mashqlarda jamlanganligi bejiz emas.
The American Spectator ning raqamlari biroz bo‘rttirilgan ko‘rinishga ega, ammo ularning mohiyatini to‘g‘ri aks etadi - Ukrainada yuqori texnologiyali Rossiya qo‘shinlari bilan faraziy (gipotetik) mojaroda Pentagon va NATO qaqshatkich mag‘lubiyatga uchraydi.
Bu Afg‘onistonda qaraganda ancha tezroq bo‘ladi. Agar "sheriklar" taktik yadro qurolini qo‘llasa (Amerika armiyasining taktik darsliklarida shunday boblar mavjud), gipertovushli tezlik bilan "salom" javobi AQSh va mojaro boshqa ishtirokchilari hududlariga uchib keladi. "Buyuk Amerika" o‘z jonini saqlashga intilish tuyg‘usiga ega bo‘lishi va "ustuvor yo‘nalishlarni to‘g‘ri belgilashi" kerak.
The American Spectator nashri quvonchli xulosani beradi: agar Shimoliy Atlantika alyansining asosiy maqsadi - ezgulik emas, xavfsizlik bo‘lsa, unda yadroviy derjava bilan ziddiyatga ega bo‘lgan mamlakatlar bo‘lmasligi kerak: “Ukraina shunchaki uning uchun qatyatli yadroviy derjava bilan urush xavfiga arzimaydi”.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot