Putinning Federatsiya kengashiga murojaati - asosiy tezislar

Konstitutsiyaga muvofiq, davlat rahbari har yili an’anaviy tarzda mamlakatdagi vaziyat va ichki hamda tashqi siyosatning asosiy yo‘nalishlari haqida Federal kengashga murojaat yo‘llaydi.
Sputnik
TOShKENT, 21 apr – Sputnik. Bugun, 21-aprel kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin 17-bor Federal kengashga murojaat yo‘llamoqda.
Joriy yilda tadbir "Manej" markaziy ko‘rgazma zalida bo‘lib o‘tmoqda.
Konstitutsiyaga muvofiq, davlat rahbari har yili an’anaviy tarzda mamlakatdagi vaziyat va ichki hamda tashqi siyosatning asosiy yo‘nalishlari haqida Federal kengashga murojaat yo‘llaydi.
Vladimir Putin bugun Federal kengashga murojaat yo‘llaydi
Putin o‘z chiqishi avvalida murojaat asosan ichki masalalarga: sog‘liqni saqlash, ijtimoiy siyosat, iqtisod, shuningdek, tashqi siyosat va xavfsizlik masalalariga bag‘ishlanishini ma’lum qildi.

Pandemiya va vaksinatsiya masalalari

Putin o‘z murojaatini o‘tgan yilda ro‘y bergan voqealar bilan boshladi, xususan, u butun dunyo pandemiya bilan to‘qnash kelganini qayd etdi.
Putin Rossiya xalqiga pandemiya vaqtidagi mashaqqatli mehnati va uni yengib o‘tishdagi ulkan hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.
O‘zbekistonda "Sputnik V" ishlab chiqarish uchun maydoncha qidirilmoqda
"Qisqa chora-tadbirlar ro‘yxati ortida Rossiya Federatsiyasining barcha regionlarida millionlab odamlarning ulkan mehnati turibdi. Buning uchun barchangizga minnatdorlik bildirmoqchiman. Barcha tezlikda, samarali va vijdonan mehnat qildi", - deya qayd etdi Putin.
Rossiya yetakchisining fikricha, koronavirus hali batamom yengib o‘tilmagan, u hamon tahdidligicha qolmoqda. Infeksiya chetdan kirib kelib, tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha chegaralarni qat’iy nazoratda ushlash kerak. Vaksinatsiya masalasiga to‘xtalar ekan, Putin ushbu jarayon tez kunlarda yanada kengroq tus olishini aytib, rosiyaliklarning barchasini emlanishga chorladi.
"Boshqa yo‘li yo‘q", - dedi u.

Demografiya masalasi

Rossiyada demografiya sohasida favqulodda holat yuzaga kelgan.
Aholi soni barqaror oshishi holatiga qaytish va 2030-yilga borib o‘rtacha umr davomiyligini 78 yoshga chiqarish lozim, deb aytgan prezident.
Xususan, hukumat o‘lim yuzaga kelishining asosiy sabablaridan biri bo‘lgan kasalliklarning oldini olish bo‘yicha, jumladan yurak-qon tomir kasalliklari bo‘yicha qo‘shimcha choralarni hayotga tatbiq etishi lozim.
Karantindan so‘ng rossiyaliklar avvalgi hayot tarziga qaytmoqda - foto
Birinchi iyul sanasidan barcha yoshdagi rossiyaliklar uchun dispanserizatsiya va profko‘rik dasturini ishga tushirish kerak.
Shuningdek, Rossiya bo‘ylab turistik sayohatlar uchun keshbek dasturini yil oxiriga qadar uzaytirish lozim. Farzandlarini yozgi oromgohlarga yuboradigan ota-onalarga yo‘llanma narxining yarmini qoplab berish kerak. Talaba tsrizmi tizimini tashkil etish lozim.
Putin oila masalasiga alohida to‘xtaldi.
Rossiya rahbarining ta’kidlashicha, to‘liqsiz oilada farzandni tarbiyalash juda og‘ir. U jamiyatning shunday yacheykalarini alohida qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.
Chinakam oila – bu ota va ona: o‘zbekistonliklar Putin pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlaydi
Putin hukumatga farzandlari bor oilalarda qashshoqlik darajasini kamaytirish uchun kompleks dasturni tayyorlash vazifasini berdi.
Alimentlar masalasida alohida to‘xtalindi. Qo‘lida farzandi bor ona sarson bo‘lmasligi kerak, bu jarayon masofadan turib, jabr chekkan tomon manfaatini ko‘zlagan holda hal etilishi, davlat bola huquqlarini himoyalashi kerak, dedi prezident.

Ilmiy salohiyat va ekologiya

Vladimir Putin Rossiyada 2021-yil Ilm-fan yili, deb e’lon qilinganini eslatib o‘tdi. Putinning aytishicha, Rossiya ilmiy maqsadlarga trillion rubldan ortiq mablag‘ni yo‘naltiradi.
Rossiya vaksinalar va dori-darmon ishlab chiqarishning to‘liq sikliga ega bo‘lmog‘i lozim, dedi u.
Putin iqlim masalalari bo‘yicha sammitda ishtirok etadi - uni Bayden taklif qildi
Putin muhim ilmiy loyihalar haqida gapirdi. Birinchidan kuchli sanitar qalqon kerak. Rossiya xavfli kasalliklar paydo bo‘lgan taqdirda 2030-yilga kelib to‘rt kun davomida infeksiyalarga qarshi test-tizimlarni ishlab chiqishga tayyor bo‘lishi kerak. Ikkinchidan, energetikani rivojlantirishning yangi kompleks yondashuvlarini yaratish kerak.
Uchinchidan, iqlim masalalariga e’tiborni kuchaytirish juda muhim. Bug‘ gazlari chiqarib yuborilishi YeIga nisbatan pastroq bo‘lishi kerak, dedi Putin.
Davlat OTMlarida yana 45 mingta budjet o‘rinlari paydo bo‘ladi, ulardan kamida 70 foizi regionlar uchun ajratiladi.
Putinning ta’kidlashicha, yangi energetika, farmatsevtika va klimatik o‘zgarishlar mamlakat sanoatini modernizatsiya qilish uchun lokomotivga aylanishi muqarrar.
Markaziy vazifa - rossiyaliklar hayot tarzi sifatini ko‘tarish ekan, yuqoridagi uchta maqsad butun mamlakatni modernizatsiyalashga stimul bo‘la oladi, deb hisoblaydi Rossiya yetakchisi.

Xalqaro kun tartibi va qurol aslaha

Putin barcha cheklovlar epidemik holat shunga yo‘l qo‘yishi bilan bekor qilinishini aytdi.
Putin rossiyaliklar uchun tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash zarurati haqida gapirdi.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, boshqa davlatlar o‘zini katta olib, muloqot qilishni istamasa, Rossiya baribir o‘z manfaatlarini himoya qilish imkonini topadi.
Bunaqasi dunyoda hech kimda yo‘q - Putin yangi qurol haqida
Dunyoda boshqalarga o‘z irodasini xiralik bilan yopishtirish amaliyoti boshqacha ko‘rinish olmoqda. Bugungi kunda prezidentni o‘ldirishgacha bo‘lgan misli ko‘rilmagan hatti-harakatlar va Belarusda to‘ntarish uyushtirish singari holatlar kollektiv G‘arbda qoralanmayapti, hatto.
Ish Belarusda to‘ntarish uyushtirishgacha bordi, hech kim qancha odam jabr chekishi haqida o‘ylamadi, o‘z vaqtida Ukraina haqida o‘ylamagandek.
Shu bilan birga yangicha sport turi paydo bo‘ldi: Rossiyaga ilmoqli gaplar qilish, u haqida kim yanada balandroq ovozda nimadir deyishi borasida kimo‘zarlar tashkil qilish. Putinning aytishicha, Rossiya atrofida bugun Sher-xon atrofida kabi ko‘plab shoqollar to‘plangan. Istalgan provokatsiyalar tashkilotchilari shunday pushaymon bo‘lishadiki, shu paytgacha ular bunday afsuslanish nimaligini bilshmagan hatto", - dedi Putin.
O‘ylaymanki, RF bilan munosabatlarda "qizil chiziq"ni kesib o‘tish hech kimning xayoliga kelmaydi, aks holda Rossiya javobi assmetrik, tezkor va o‘ta keskin bo‘ladi, dedi Putin.
Rossiya “Sarmat” ballistik raketa xususiyatlarini ochiqladi
Prezident Rossiya o‘z armiyasi harbiy texnikasini, jumladan yadroviy qurollarini yangilayotganini eslatib o‘tdi.
"Avangard" va "Peresvet" allaqachon qurollar safida. "Kinjal", "Kalibr" va "Sirkon" raketalari bilan qo‘shimcha tarzda qurollantirish davom etmoqda. Hozirda "Burevestnik" va "Poseydon" ustida ishlar olib borilmoqda, dedi Putin.
Zamonaviy harbiy komplekslar ustidan ish reja asosida bormoqda. Xususan, 2024-yilda qo‘shinlarda zamonaviy texnika ulushi 76%ni tashkil etadi.
Rossiya yadroviy triadasida joriy yilda zamonaviy qurol-aslaha ulushi 88 %ni tashkil qiladi. Og‘ir kontinentlararo "Sarmat" raketasi 2022-yilda qurollar safiga qabul qilinadi.
“Sirkon” raketasi Rossiya qirg‘oqlaridan g‘arb kemalarini haydab yubordi
Putin yangi xavfsizlik tizimini tashkil etish zarurligi haqida to‘xtaldi.
Prezident "yadroviy beshlik" davlatlarining alohida o‘rnini qayd etib, BMT XK doimiy a’zolarining uchrashuvini yana tashkil etish zaruratini aytdi.
Rossiya hamisha strategik va global stabillik masalasini muhokama qilish va urushsiz hayot muhitini yaratish takliflarini ilgari surgan va ilgari suradi, deya qayd etgan Putin.
Putinning Federal kengashga murojaati 1 soatu 19 daqiqa davom etdi.
Murojaat yakunida Putin hukumatga iyul oyiga qadar Rossiyaning milliy rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish bo‘yicha choralarni taqdim etishni so‘radi.