TOSHKENT, 28 iyun – Sputnik. Rossiya harbiylari yangi “Sarmat” ballistik raketa yaratuvchilari ilk bor uning taktik-texnik xususiyatlari haqida maʼlumotni ochiqladi.
Raketa haqida maʼlumot “Armiya-2019” forumida maʼlum qilindi.
Raketaning otish uzoqligi 18 ming kilometr, boshlangʻich ogʻirligi – 208,1 tonna. Yonilgʻi ogʻirligi - 178 tonna, raketaning uzunligi – 35,5 metr, diametri – 3 metr.
Ushbu forumda mehmonlar eʼtiboriga raketaning maketi havola qilingan.
“Sarmat” raketasi “Voyevoda” nomli dunyoda eng ogʻir boʻlgan strategik raketani almashtiradi. Tajriba-muhandislik ishlari 2011 yilda boshlandi.
Oʻtgan yili Vladimir Putin “Sarmat” raketasini sinovdan oʻtkazish faol bosqichi boshlanganini eʼlon qilgandi. Birinchi raketalar 2021 yilda topshiriladi.